2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Ozodlikdan mahrum etish jazosini otayotgan, qilmishiga chin kongildan pushaymon bolgan va tuzalish yoliga qatiy otgan bir guruh shaxslarni afv etish togrisidagi farmoniga sharh

 

 

2018-yil 12-iyunda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozodlikdan mahrum etish jazosini otayotgan, qilmishiga chin kongildan pushaymon bolgan va tuzalish yoliga qatiy otgan bir guruh shaxslarni afv etish togrisidagi Farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq ilk marotaba muborak Ramazon hayiti munosabati bilan hamda Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda qilmishiga chin kongildan pushaymon bolgan va tuzalish yoliga qatiy otgan ozodlikdan mahrum etish jazosini otayotgan 226 nafar fuqaro afv etildi.

Afv etilgan shaxslarning 102 nafari jazodan toliq ozod qilinadi, 71 nafari jazoni otashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi, 39 nafariga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtiriladi, boshqacha qilib aytganda, 212 nafar shaxs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinadi. Shuningdek, 14 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi.

Afv etilganlarning 40 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar, 39 nafarini chet el fuqarolari, 37 nafarini ayollar, shuningdek, 51 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

Bu voqea yurtimizda olib borilayotgan insonparvarlik siyosatining, xalqimizga xos bagrikenglik, kechirimli bolish, olijanoblik va mehr-muruvvat korsatish kabi ezgu fazilatlarning muborak Ramazon oyida yanada yuksak namoyon bolganligining amaliy ifodasidir.

Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bagriga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shugullanishlari, soglom turmush tarzini yolga qoyib, jamiyatda munosib orin topishlari uchun ularga komak berish yuzasidan masul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.

 

Manba: OzA

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018