2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Prezident davlat xizmatlarini korsatish tizimini jadal rivojlantirishga topshiriq berdi

 

 

Prezident davlat xizmatlarini korsatish jarayonlari va muddatlarini tubdan qisqartirish, blank va shakllarni sezilarli darajada optimallashtirishga topshiriq berdi.

Ozbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 apreldagi qarori bilan davlat xizmatlarini korsatish tizimini jadal rivojlantirishga topshiriq berdi. Hujjatda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Davergeodezkadastr, Ozarxiv agentligi va boshqa vazirlik hamda idoralarning faoliyati qoniqarsiz deb topildi.

Qarorda qayd etilishicha, davlat organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar togrisidagi malumotlar, kochmas mulk obektlari va boshqa hujjatlar reyestrlari alohida qogoz korinishida yuritilishi, elektron arxivlarning mavjud emasligi elektron davlat xizmatlarini korsatishda qiyinchiliklarga olib kelmoqda.

Ruxsat berish va litsenziyalash jarayonlaridan otish hamon murakkab va ortiqcha tartibga solinganligicha qolmoqda, davlat xizmatlarini olish jarayonida ortiqcha talablar va tosiqlarning mavjudligi shaffoflikning yoqolishiga, huquqni turlicha qollash amaliyotiga va oqibatda suiistemolchiliklar tez-tez sodir etilishiga va boshqa qoidabuzarliklarga olib kelmoqda, deyiladi qarorda.

Prezident davlat xizmatlarini korsatayotgan vazirlik, mahkama va boshqa vakolatli organlarga davlat xizmatlarini korsatish jarayonlarini yanada unifikatsiyalash va avtomatlashtirish maqsadida axborot tizimlari va axborot resurslarini yaratishga yagona texnologik yondashuvni taminlashni hisobga olgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadallik bilan rivojlantirish va joriy etish vazifasini topshirdi.

Yagona davlat reyestriga kiritilgan barcha davlat xizmatlari boyicha biznes jarayonlarning reinjiniringini amalga oshirish orqali davlat xizmatlarini korsatish jarayonidagi tartibotlarni va ularni korsatish muddatlarini tubdan qisqartirish, blank va shakllarni sezilarli darajada optimallashtirish rejalashtirilmoqda.

Ayni paytda mamlakat boyicha 201 ta davlat xizmatlari markazi faoliyat korsatmoqda. Yagona reyestrga jami 444 turdagi davlat xizmatlari kiritilgan. Yaqinda bolib otgan majlisda davlat rahbari yangi xizmat turlarini joriy etishni topshirgan edi.

1 iyundan ilovadagi royxat boyicha davlat xizmatlari markazlari tomonidan tajriba tariqasida 70−100 turdagi talab yuqori bolgan davlat xizmatlari korsatiladi. Tajriba tariqasida joriy etiladigan davlat xizmatlari boyicha vaqtinchalik mamuriy reglamentlar qabul qilinadi.

Tajriba tariqasida joriy etiladigan davlat xizmatlari royxati aholining dolzarb ehtiyojlari asosida shakllantiriladi va Adliya vazirligining taklifiga asosan Ozbekiston Prezidenti devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati tomonidan tasdiqlanadi.

Tajriba tariqasida joriy etiladigan davlat xizmatlari royxatiga kiritilgan davlat xizmatlari faqat davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladi. Bunda davlat xizmatlarini korsatish tajriba tariqasida joriy etilgan kundan boshlab vakolatli organ tomonidan davlat xizmatlarini korsatish haqidagi arizalarni bevosita arizachilardan qabul qilish taqiqlanadi.

2019 yilning 1 iyuniga qadar davlat xizmatlarini tajriba tariqasida korsatish natijalariga kora, mazkur davlat xizmatlarini korsatishni respublikaning barcha hududlarida joriy etish va davlat xizmatlari markazlarining faoliyatini takomillashtirish boyicha takliflar tayyorlanadi.

Davlat xizmatlari markazlarini tuman (shahar)ning transport kesishuvlari fuqarolar uchun qulay bolgan markaziy qismida joylashgan binolarga joylashtirish topshirildi. Yangi binolar faqat byudjetdan tashqari manbalardan, ayniqsa, davlat-xususiy sherikchilik asosida barpo etiladi.

2019 yil 1 yanvardan boshlab elektron davlat xizmatlarini korsatish doirasida idoralararo elektron hamkorlik amalga oshirilayotganda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, soliq tolovchining identifikatsiya raqami hamda kochmas mulk obektlarining kadastr raqamidan foydalanish majburiy hisoblanadi.

1 iyulgacha Davlat soliq qomitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi" DUKning elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari ushbu qarorning ilovasida korsatilgan davlat xizmatlari markazlari tomonidan fuqarolarga bepul beriladi.

Moliya vazirligi, Markaziy bank Adliya vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 yanvargacha bolgan muddatda elektron davlat xizmatlarini korsatganlik uchun boj, yigim va boshqa tolovlarni onlayn tarzda amalga oshirish mexanizmini joriy etishi lozim.

2018 yil 1 dekabrga qadar talab yuqori bolgan elektron davlat xizmatlarini korsatish uchun ixtisoslashgan mobil ilovaning ishlab chiqiladi.

Adliya vazirligi qoshida Axborot-tahlil multimedia markazi tashkil etilmoqda. Uning asosiy vazifalari aholi, ayniqsa, yoshlarning, shuningdek, qishloq joylarida huquqiy targibot va huquqiy madaniyatni oshirish boyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish, zamonaviy texnologiyalar va ijodiy yondashuvlardan foydalangan holda davlat xizmatlarini korsatish sohasida mamuriy tartib-taomillarni soddalashtirish boyicha innovatsiyalarning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka, tadbirkorlik subektlariga yetkazish va boshqalardan iborat.

 

Manba: gazeta.uz

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018