2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekistonning gozal goshalariga vertolyot orqali sayr qilish imkoniyati yaratildi

 

Ozbekiston havo yollari qoshidagi Maxsus aviatsiya ishlari aviakompaniyasi turoperatorlar, agentliklar va barcha xohlovchilarga Ozbekistonning gozal goshalariga vertolyotda sayr qilish xizmatidan foydalanishni taklif qilmoqda. Bu haqda MAK matbuot xizmati malum qildi.

Sayohat uchun 16 orindiqli VIP-klass va 22 orindiqqa ega bolgan ekonom-klass Mi-8 vertolyotlaridan foydalaniladi. Vertolyotda sayr qilishning oziga xos jihati shundaki, u yetib borish qiyin bolgan joylarga ham uchib borish va qonish imkonini beradi.

Biz Toshkent viloyatining solim goshalari bolgan Pskem vodiysi, Maydontol, Ixnachsoy, Ispaysoy va qaynoq suv otilib chiqadigan buloqlari bilan mashhur Angren yassi toglari, Kaptarkumush darasi, Polatxon yassi toglari, Chimyon choqqisiga vertolyotda sayr qilishni taklif etamiz. Yilning issiq kunlarida Toshkentdan bu yerga bir kunlik vertolyot orqali tabiat qoyniga sayrlar tashkil qilish mumkin.

Samarqanddan Zarafshon tog tizmalariga, Gilon, Zarmas qishlogiga, Temur goriga, Teshiktoshga bir kunlik sayohatga nima deysiz? Qoyadan turib atrofni kuzatishni sevasizmi? Unda Surxon tog tizmalaridagi Boysun, vodorod sulfid manbasiga ega Xojai Pok sizga muntazir. Buxorodan Uchquduqqa qarab uchishda qaynoq suv chiqib turadigan chashmalarga tashrif buyurish, haqiqiy Sharq ertaklaridagi ulkan qumtepalar va bepoyon qumliklarni tomosha qilishingiz mumkin. Nukusdan, Moynoqdan, Qongirotdan Orol dengizi tomonga qarab yolga chiqing va Xorazm viloyati boylab chozilgan qadimiy qalalarni korib bahra oling.

Boshni aylantiradigan balandlikdan turib changida yoki snoubordda uchishni istaysizmi? Chimyonning eng baland nuqtasidan pastga tushmoqchimisiz? Biz sizning orzularingizni royobga chiqaramiz!

Yozgi mavsumning eng issiq pallasi chillada vertolyotni Chimyon meteostansiyasi vertolyot maydonchasida, Chorvoq oromgohi dam olish zonasida qondirish va shu yerning ozida qisqa muddatli parvozlarni bajarishingiz mumkin, deyiladi xabarda.

Xizmatlar jismoniy va yuridik shaxslarga korsatiladi. Xabarda sayr qilishning narxi borasida malumotlar berilmagan.

 

Manba: Xalq sozi gazetasi veb-sayti

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018