2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston Prezidentining Sindao shahrida boladigan ShHT sammitida ishtirokiga doir

 

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 8-10-iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasida bolib, Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Sindao shahrida otadigan on sakkizinchi majlisida ishtirok etadi.

ShHTga azo davlatlar rahbarlari ilk bor Hindiston va Pokistonning tola huquqli azo sifatidagi ishtirokida yigiladilar, tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirishning istiqbolli yonalishlari, mintaqaviy xavfsizlik, iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni faollashtirish masalalari hamda kop tomonlama kooperatsiyaning boshqa jihatlarini muhokama qiladilar.

Davlat rahbarlarining majlisi yakunida Sindao deklaratsiyasi qabul qilinishi, Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish boyicha 2019-2021-yillarga moljallangan hamkorlik dasturi, Uzoq muddatli yaxshi qoshnichilik, dostlik va hamkorlik togrisidagi shartnoma qoidalarini amalga oshirish boyicha 2018-2022-yillarga moljallangan harakatlar rejasi, Yoshlarga qoshma murojaat va boshqa hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Fikr almashuvlardan song 2018-2019-yillarda tashkilotga raislik qiladigan davlat togrisida qaror qabul qilish, keyingi uch yillik davrga ShHT bosh kotibi va Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qomitasi direktori lavozimlariga nomzodlarni tasdiqlash kozda tutilmoqda.

Davlatimiz rahbari ShHT sammiti doirasida ikki tomonlama qator uchrashuv va muzokaralar otkazadi.

 

Manba: OzA

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018