2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston Qirgiziston munosabatlari rivojlanmoqda

 

Qirgiziston Respublikasining Toshkentdagi elchixonasida 28 iyun kuni joriy yil birinchi yarim yilligida mamlakatlarimizning keng qamrovli va ozaro manfaatli hamkorligi natijalariga bagishlangan brifing otkazildi.

Qirgizistonning Ozbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi vazifasini bajaruvchi Kemel Sadikov mamlakatlarimiz ortasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, bank-moliya, fan-texnika, sanoat, qishloq va suv xojaligi, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlik yildan yilga rivojlanib borayotganini takidladi.

Ikki mamlakat Prezidentlarining qatiy irodasi va azmu shifoati tufayli ozaro savdo-iqtisodiy hamkorlik sezilarli osmoqda. Xususan, shu yilning dastlabki uch oyida ikki tomonlama tovar aylanmasi hajmi 72,7 million AQSH dollarini tashkil etdi. Bu otgan yilning shu davriga nisbatan 47,12 foiz oshganini korsatadi.

Turizm sohasidagi aloqalar ham faollashdi. Erishilgan kelishuvlarga kora, Qirgiziston va Ozbekiston telekanallarida ikki mamlakat sayyohlik salohiyati togrisida videoroliklar namoyish qilinmoqda. Ayni paytda mamlakatimiz viloyatlaridagi yirik sanoat korxonalari va tashkilotlar xodimlarining Issiqkoldagi soglomlashtirish maskanlarida dam olishini tashkillashtirish boyicha Ozbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan kelishuvga erishilgan. Dam oluvchilarning dastlabki guruhi 21 iyun kuni Toshkent Bishkek Baliqchi temir yol yonalishi orqali Issiqkolga jonab ketdi. Umuman, joriy yilda 511 mingdan ziyod yurtdoshimizning Qirgizistonga sayohatini tashkil etish rejalashtirilgan.

Transport-kommunikatsiya sohasida aviareyslar sonini kopaytirish, yangi temir yol va avtobus yonalishlarini ochish hamda mamlakatlarimiz ortasida avtomobil, temir yol va aviatashuvlarni kengaytirish choralari korilmoqda. Toshkent Andijon Osh Irkishtom Qoshgar avtomobil yolagi ishga tushirildi. Toshkent Bishkek va Bishkek Toshkent aviareyslari haftasiga 3 martagacha oshirildi. Yil oxiriga qadar Osh Andijon hamda Toshkent orqali otadigan Botken Bishkek va Isfana Bishkek avtobus yonalishlarini ochish kozda tutilgan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyovning shu yil 2 apreldagi Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash togrisidagi qarori mamlakatlarimiz ortasida madaniy-gumanitar munosabatlarni rivojlantirishda muhim omil bolmoqda. Qaror ijrosi doirasida koplab tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu kunlarda viloyatlarda yozuvchining Oq kema qissasi sahnalashtirilmoqda. Ozbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda kuz oylarida Ozbekistonda Qirgiziston madaniyati va sanati kunlarini otkazish rejalashtirilgan.

 

Manba: OzA


 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018