2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Istiqbolli loyihalar aholi bandligini taminlash va yurt farovonligiga xizmat qiladi

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2018-yilning 2-may kuni Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.

Namangan viloyati mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati yuqori, boy tarix va madaniyatga ega hududlaridan biridir. Keyingi yillarda viloyat ijtimoiy-iqtisodiy hayoti tubdan yangilanib, shahar va qishloqlar qiyofasi kun sayin ozgarib bormoqda, aholi turmush farovonligi yuksalmoqda.

Davlatimiz rahbari dastlab Chust tumanidagi Baraka meva sanoat servis masuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda qishloq xojaligi mahsulotlari, xususan, meva-sabzavot yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishga yonaltirilgan loyihalarni amalga oshirishga alohida etibor qaratilmoqda. Prezidentimizning 2018 yil 29 martdagi Ozbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi farmoni eksportbop meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish hajmini kopaytirish, umuman, mazkur sohani rivojlantirishda muhim omil bolib xizmat qilmoqda.

Mazkur masuliyati cheklangan jamiyati 2015-yilda faoliyatini yongoq, mayiz va kovul eksportidan boshlagan. Jamiyat tasarrufidagi ekin maydonlarida galla, kungaboqar, loviya, kartoshka, makkajoxori, issiqxonada pomidor parvarishlanmoqda. 17 sotixli uchastkada qishloq xojaligi mahsulotlari tajribadan otkazilayotir. 32 kishining bandligi taminlangan. Mavsum paytida ishchilar soni 800 nafardan oshadi.

Loyiha doirasida 160 gektar maydonga serhosil yongoq kochatlari otqazilmoqda. Uning umumiy qiymati 9,6 milliard som bolib, yiliga ortacha 4 ming 600 tonna yongoq yetishtiriladi (OR MB kursi 03.05.2018 da, 1$= 8068.20 som). Yongoqlar toliq hosilga kirsa, bir yilda 40,2 milliard somlik mahsulot olish mumkin, uning 70 foizi eksport qilinadi.

Shu yerning ozida 2018-2019 yillarda baliqchilik, parrandachilik, chorvachilik, pillachilikni yolga qoyish, tomorqachilikni yanada rivojlantirish, issiqxonada limon yetishtirish, tutzorlar tashkil etish, ogir hududlardagi maydonlarning suv taminotini yaxshilash, paxtadan boshagan yerlarga turli ekinlar ekish va eksportbop mahsulotlar yetishtirish, viloyat eksport salohiyatini yanada oshirish boyicha loyihalar taqdimoti ham otkazildi.

Davlatimiz rahbari yongoqzorlarni kopaytirish, baliqchilik boyicha mutaxassislar tayyorlash, kartoshka urugchiligini rivojlantirish boyicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Aholi bandligini taminlash, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishda kichik sanoat zonalarining alohida orni bor.

Prezidentimizga Namangan shahridagi Orzu kichik sanoat zonasida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdim etildi.

Sanoat zonasining hududi salkam on gektarni tashkil etadi. Bu yerda yengil sanoat, oziq-ovqat, tibbiy texnika, poligrafiya, polietilen paketlar va plyonkalar, energiya tejaydigan lampalar ishlab chiqarishga oid umumiy qiymati 142 milliard somdan ziyod 22 loyihani amalga oshirish moljallangan. Loyihalar hayotga toliq tatbiq etilgach, yiliga 82,2 milliard somlik mahsulot ishlab chiqariladi, 4 mingga yaqin kishining bandligi taminlanadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning asosiy qismi eksportga yonaltiriladi.

Joriy yilning may oyi oxirigacha tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqaradigan Porloq tekstil liboslari, Nurobod sifat tekstil, Ulug-B, Bosir tekstil servis masuliyati cheklangan jamiyatlari faoliyat boshlaydi.

Sanoat zonasining zamonaviy kommunikatsiya tarmoqlari va infratuzilma obyektlariga yaqin hududda tashkil etilgani korxonalarni kelgusida energiya va boshqa resurslar bilan uzluksiz taminlash imkoniyatini yaratadi. Loyihalarda zamonaviy, energiya tejamkor chet el texnologiyalaridan foydalanish kozda tutilgan.

Davlatimiz rahbari tadbirkorlarning muammolarini hal etish, xom ashyo yetkazib berish va mahsulotini sotishga komaklashish boyicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi. Xorijiy texnologiyalarni olib kelish uchun mablag ajratish, eksportni kengaytirish uchun korxonalarga xalqaro maqom berish zarurligini takidladi.

Namangan shahrida yengil sanoatni rivojlantirish, xususan, Yuksalish, Orzu, Paxtalikol, Xonobod sanoat zonalarida amalga oshiriladigan loyihalar, Katta Fargona kanalining Uchqorgon tumani hududidan otgan qismida kichik GESlar kaskadi qurilishi, Vodiy neftgaz energiya korxonasida ishlab chiqarilgan gaz tarmogi xavfsizligini taminlaydigan innovatsion qurilma taqdimotlari otkazildi.

Prezidentimiz mazkur loyihalarni oz vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli korsatmalar berdi.

Shundan song Shavkat Mirziyoyev Norin tumanidagi Besh sada fermer xojaligi shiyponida Namangan viloyati fermerlari bilan muloqot qildi.

Besh sada fermer xojaligi 2004-yil tashkil etilgan. Dolimjon Sharipov rahbarligidagi xojalik ishchilari joriy yilda 27 gektarda galla, 21 gektardan ziyod maydonda goza parvarishlamoqda.

Malumki, Prezidentimiz tashabbusi bilan har yil dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi mamlakatimizda Qishloq xojaligi xodimlari kuni etib belgilangan. Davlatimiz rahbari shu munosabat bilan 2017-yil 9-dekabr kuni otkazilgan tantanali marosimdagi nutqida paxta maydonlarida hosildorlikni oshirish va yerdan samarali foydalanish maqsadida chigitni qoshqator va oltmishlik sxemalar asosida ekishni yolga qoyish va samarasiz bolgan toqsonlik sxemadan bosqichma-bosqich voz kechish zarurligini takidlagan edi. Bugun viloyat fermer xojaliklari mazkur korsatmalar asosida goza parvarishini zamonaviy texnologiyalar asosida yolga qoygan.

Besh sada fermer xojaligi ham gozani qoshqator sxemasi asosida ekishni joriy etdi. Buning natijasida 1 gektar yerga qoshimcha 35 ming dona chigit qadalib, hosildorlikni 40 sentnergacha oshirish imkoni paydo boldi. Galla hosildorligi 80 sentnerga chiqarilib, olinadigan sof foyda 35 million somga yetishi kutilmoqda.

Prezidentimiz mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlar haqida soz yuritar ekan, talim, sogliqni saqlash, qishloq xojaligi sohalarida qilinadigan ishlar hali kopligini takidladi.

Barcha say-harakatlarimizdan asosiy maqsad xalqimizni rozi qilish, ertangi kunga ishontirishdir, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mirishkorlar Prezidentimizga fermerlar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, davlat tomonidan qaratilayotgan alohida etibor uchun minnatdorlik bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev Uchqorgon tumanidagi Uztex Uchkurgan masuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

Otgan yil noyabr oyida Uztex guruhi tarkibida zamonaviy tipdagi toqimachilik majmuasi faoliyat boshlagan edi. Natijada bu yerda 1 ming 600 dan ortiq ish orni yaratildi. Korxona yiliga 12 ming tonna kalava-ip va 3 million dona tayyor trikotaj mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Davlatimiz rahbari topshirigiga binoan paxtani 100 foiz qayta ishlashga ixtisoslashgan korxona endi toliq klaster usuliga otadi.

Prezidentimizga korxona faoliyatini kengaytirish va klaster tizimida amalga oshiriladigan loyihalar taqdim etildi. Hozirgi kunda korxonaga yondosh hududda paxtani yuqori texnologiyalar asosida qayta ishlashga moljallangan hamda poliefir aralashgan paxta tolasi, momiq mato va tayyor tekstil ishlab chiqariladigan qoshimcha quvvatlar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda. Muhimi, yana koplab yangi ish orinlari yaratiladi. Texnologik jarayonlarga Yevropa davlatlaridan keltiriladigan uskunalar jalb etiladi. Bu mahalliy paxta xom ashyosini qayta ishlash sifatini va eksport kolamini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi. Davlatimiz rahbari korxona ish jarayonini kozdan kechirdi, paxta toqimachilik klasterini tashkil etish borasidagi ishlar bilan qiziqdi.

Bu yil tumanda 10 ming gektarga yaqin yer maydoni klaster usulida paxta yetishtirish uchun ajratildi. Tekstil finans Namangan korxonasi tomonidan xorijdan ekish texnikalari, kultivatorlar, traktorlar, paxta terish va uni qadoqlash kombayni sotib olindi.

Prezidentimiz korxona mutasaddilariga paxtaga suniy tolani aralashtirib, mahsulot hajmi va ish joyini, pirovardida byudjetga soliq tushumini kopaytirish boyicha aniq korsatmalar berdi. Shuningdek, aylanma mablaglarni oshirish hisobiga tumandagi kam taminlangan oilalarga tuxum va tovuqni lizingga berish kerakligini takidladi.

Kam taminlangan oilalarga komak berish, ularga gamxorlik korsatish Uztex Uchkurgan korxonasining brendiga aylanishi lozim, dedi Shavkat Mirziyoyev. Shu orqali aholining muhtoj qatlamini ishlashga, yaxshi yashashga orgatamiz, hayotga bolgan ishonchini oshiramiz.

Tumanda klaster tizimida chigit ekishdan to tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bolgan jarayonni sifatli tashkil etish, 2 ta yangi bogcha qurish, ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlarini barpo etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Shu kuni Norin tumani hokimligida viloyat faollari ishtirokida yigilish bolib otdi. Videoselektor shaklida otgan yigilishda viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish, talim, tibbiyot sohalarini takomillashtirish, aholi bandligini taminlash masalalari muhokama qilindi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi davom etmoqda.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018