2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Afgoniston boyicha Toshkent konferensiyasi deklaratsiyasi BMTning 6 ta tilida tarqatildi

 

BMT rasmiy hujjati sifatida tarqatildi Nyu-Yorkda Ozbekiston va Afgonistonning BMT huzuridagi doimiy vakolatxonalari tomonidan Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik mavzuidagi Afgoniston boyicha Toshkent xalqaro konferensiyasi deklaratsiyasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi hamda Xavfsizlik Kengashining rasmiy hujjati sifatida tarqatildi.

2018 yil 27 martda Toshkentda bolib otgan yuqori darajadagi konferensiyaning yakuniy hujjati BMTning rasmiy olti tiliga (rus, ingliz, arab, ispan, xitoy va fransuz tillariga) ogirildi hamda tashkilotga azo barcha davlatlar ortasida tarqatilgani barobarida, BMT rasmiy hujjatlari tizimiga joylashtirildi.

Afgoniston boyicha Toshkent xalqaro konferensiyasi deklaratsiyasining mazkur mamlakatda tinchlik va yarashuvni taminlash zarurati, terrorizm hamda narkotiklar aylanishiga qarshi kurash, shuningdek, mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash va qoshma savdo-tranzit, transport, energetika, infratuzilma hamda kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirish bilan bogliq bolgan barcha bandi beistisno BMT Bosh Assambleyasi va Xavfsizlik Kengashining rasmiy hujjatidan joy oldi.

Hujjatda Afgoniston rahbariyati hamda ushbu mamlakat xalqining tinchlik va yarashuv jarayonini qollab-quvvatlash yuzasidan xalqaro hamjamiyat say-harakatlarining davomi sifatida Toshkent konferensiyasining muhim ahamiyati takidlangan.

Bundan tashqari, Toshkent konferensiyasi Afgonistonda tinchlik jarayoni boyicha keng qamrovli masalalar boyicha ochiq hamda har tomonlama muhokamalar uchun noyob imkoniyatni taqdim qilgani, ozaro maqbul qarorlarni ishlab chiqish uchun ragbat bergani ham BMT materialida takidlangan. Unda tinchlik, xavfsizlik va mintaqaviy hamkorlik masalalari boyicha keng hamda mustahkam mintaqaviy va xalqaro murosani yaratish boyicha say-harakatlari uchun Ozbekiston rahbariyatiga minnatdorlik izhor etilgan.

 

Jahon AA

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018