2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Xavfsiz turizm dasturi ijrosi bilan tanishuv

 

Tojikiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzoda Xorazm va Toshkent viloyatlarida bolib, Xavfsiz turizm dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Ramazon Rahimzoda Xorazm viloyatiga tashrifi davomida Xiva shahridagi Nurillaboy majmuasida boldi. Mehmonga Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi tizimidagi Ezgulik patruli va otliq patrul xizmatlari faoliyati haqida malumot berildi.

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 23-noyabrdagi Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni taminlash chora-tadbirlari togrisidagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan ushbu xizmat xorijiy tillarni biladigan malakali xodimlardan tarkib topgan.

Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni taminlash boshqarmasi tarkibida faoliyat korsatuvchi ezgulik patrullari Urganch va Xiva shaharlarida jamoat tartibini saqlash, xorijiy sayyohlarga zarur xizmatlar korsatish bilan shugullanadi. Buning uchun ular zamonaviy aloqa vositalari va xizmat anjomlari bilan taminlangan.

Tojikiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Toshkent viloyati Bostonliq tumanida Xavfsiz turizm dasturi doirasida tatbiq etilgan loyihalar bilan ham tanishdi. Mehmonga yurtimizga kelgan sayyohlarning xavfsizligini taminlash, ular uchun zamonaviy sharoitlar yaratish borasidagi chora-tadbirlar haqida malumot berildi.

 

Manba: OzA

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018