2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Shavkat Mirziyoyev Yevroosiyo oldidagi xizmatlari uchun yuksak mukofotiga loyiq korildi

 

 

Turkiya poytaxtida ishbilarmon kishilarning EcoAvrasya jamoatchilik birlashmasi tomonidan tasis etilgan Yevroosiyo oldidagi xizmatlari uchun yuksak mukofotining dastlabki laureatlarini taqdirlash marosimi bolib otdi.

Tantanali tarzda tashkil etilgan marosimda ushbu davlat Prezidenti R. Erdoganning mafkura boyicha maslahatchisi Yolchin Topchi, fan, sanoat va texnologiyalar vaziri Faruk Ozli, Turkiya parlamenti azolari, xorijiy davlatlar, Anqarada akkreditatsiyadan otkazilgan diplomatik missiyalar va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Tadbirga EcoAvrasya raisi Hikmet Eren moderatorlik qildi.

X. Eren oz nutqida qayd etib otganidek, mazkur birlashma 2012 yildan buyon Turk xalqlari oldidagi xizmatlari uchun tanlovini otkazib keladi. Unda mamlakatlar ortasidagi ozaro aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashga salmoqli hissa qoshgan taniqli siyosatchilar va iqtisodiyot arboblari mukofotlanib kelinadi.

Yevroosiyo oldidagi xizmatlari uchun tanlovi esa ilk bor tasis etildi. Mazkur yuksak mukofot taqdim etilishi Yevroosiyo mamlakatlari ortasidagi ozaro foydali munosabatlarni ravnaq toptirishga sezilarli hissa qoshgan shaxslar va institutlarga korsatilgan katta hurmat hamda ehtirom namunasi hisoblanadi.

EcoAvrasya uyushmasi boshqaruvi kengashi Yevroosiyo oldidagi xizmatlari uchun tanlovining asosiy nominatsiyasi golibligi uchun turli nomzodlarni organib chiqdi va uni Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga berishga qaror qildi. Yuksak mukofot davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan va nafaqat respublika, balki keng mintaqani ozgartirayotgan, materikda iqtisodiy aloqalarni faollashtirishning asosiy omiliga aylangan chuqur hamda jadal islohotlar uchun berildi.

X. Eren Ozbekiston Markaziy Osiyo davlatlari va Afgoniston, Rossiya, Xitoy, Janubik Koreya, Turkiya bilan ozaro aloqalarda misli korilmagan osishga erishganini alohida etirof etdi. Uning sozlariga kora, komissiya azolari Ozbekistonda mazkur yonalishda qoyilayotgan tarixiy qadamlarni katta zavq-shavq bilan kuzatib borishdi va birinchi mukofotni ushbu davlat yetakchisiga topshirishga ahd qilishdi.

Uyushma rahbarining aytishicha, bu boradagi qaror bir ovozdan qabul qilingan.

Ushbu tashkilot boshqaruvi kengashi va uning barcha azolari nomidan X.Eren Ozbekistonning Turkiyadagi Favqulodda va muxtor elchisini sahnaga chaqirdi hamda mukofotni davlat rahbariga butun Yevroosiyo jamoatchiligi oldidagi misli korilmagan va tarixiy xizmatlari belgisi sifatida topshirishni soragan holda tantanali ravishda taqdim etdi.

 

Manba: Xalq sozi gazetasi

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018