2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston: OTMlarga 675 mingdan ziyod abituriyent ariza topshirdi

OTMlarga 675 mingdan ziyod abituriyent hujjat topshirdi. Bu otgan yilgidan qariyb 55 mingta kam korsatkich.

Ozbekiston oliy talim muassasalariga abituriyentlardan 675 ming 49 ta ariza qabul qilindi. Bu otgan yilgi korsatkichdan (729,94 ming) 54,89 ming yoki 7,5 foizga kam demakdir. Qabul kampaniyasi 15 iyul kuni yakunlandi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi malumotlariga kora, bir talaba orniga 8,3 nomzod togri kelmoqda. 60 ta OTM va ularning 19 ta filiali bakalavr bosqichiga qabul kvotasi 81,22 ming kishini (jumladan 11,76 ming kishi maxsus sirtqi bolimlarga) tashkil etadi.

Eng kop hujjatlar Qarshi davlat universiteti (30,9 ming ariza), Samarqand davlat universiteti (28,7 ming) va Fargona davlat universitetiga (27,7 ming) topshirilgan.

Bir oringa eng kop nomzod Toshkent tibbiyot akademiyasining Fargona filialida 23,2 kishi, Andijon mashinasozlik institutiga 18,3 kishi va Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialiga 17,6 kishini tashkil etdi.

Davlat test markazi matbuot xizmati rahbari Orziqul Boboyevning OzAga izoh berishicha, abituriyentlar sonining kamayishiga OTMlarning sirtqi va kechki bolimlari ochilgani bilan bogliq.

Ozbekiston OTMlarida (xorijiy universitetlar filiallari hisobga olinmaganda) test sinovlari joriy yilda 1−15 avgust kunlari otkaziladi. Avvallari ular bir kunda bolib otgan.

 

Manba: Gazeta.uz

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018