2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Jizzax viloyatida suv muammosi bartaraf etiladi

 

 

Jizzax viloyatidan aholi punktlarining yarmidan kopi markazlashtirilgan suv taminoti bilan qamrab olinmagan. Muammoni Zarafshon daryosi suvidan foydalanish hisobiga hal etish rejalashtirilmoqda.

Ozbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 may kuni Jizzax viloyati aholisini sifatli ichimlik suvi bilan taminlashni yaxshilash boyicha chora-tadbirlar togrisida"gi qarorni imzoladi.

Hujjatda qayd etilishicha, prezident virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar tahlili va vaziyatni joylarda organish mamlakatning koplab aholi punktlarida mazkur masala otkir ekanidan dalolat bermoqda.

Jumladan, Jizzax viloyatining qator aholi punktlarida aholini ichimlik suvi bilan taminlash juda yomon ahvolga kelib qolgan. Viloyatdagi aholi punktlarining yarmidan kopi markazlashtirilgan suv taminoti bilan qamrab olinmagan. Koplab suv inshootlari otgan asrning 70−80-yillarida qurilgan bolib, ularning eskirishi oqibatida quvvatlari 3 barobardan ziyodroqqa qisqargan.

Zararsizlantiruvchi uskunalarning yoqligi natijasida ichimlik suvining kimyoviy va bakteriologik korsatkichlari boyicha ifloslanish darajasi yuqori ekani kuzatilmoqda. Bu ayniqsa Baxmal, Gallaorol, Sharof Rashidov, Paxtakor, Dostlik, Mirzachol tumanlari va Jizzax shahrida aholining oshqozon-ichak kasalliklariga chalinish darajasi osgan, hududdagi epidemiologik vaziyat yomonlashgan.

Muammoni hal etish maqsadida 2018−2020-yillarda Zarafshon daryosi suvidan foydalanish hisobiga Jizzax viloyatini ichimlik suvi bilan taminlash tizimini yaxshilash loyihasi amalga oshiriladi.

Suv olish inshooti, suv tozalash stansiyasi, suv olish inshootidan suv tozalash stansiyasigacha suv quvuri (16 km), tozalash inshootlari uchun magistral suv quvuri (20 km), Jizzax suvini taqsimlash uzeli, magistral va tortib keluvchi suv quvurlari (146 km) barpo etiladi.

 

Manba: Gazeta.uz

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018