2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qandim gazni qayta ishlash majmuasining ishga tushirilishiga bagishlangan tantanali marosimdagi nutqi

 

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qandim gazni qayta ishlash majmuasining ishga tushirilishiga bagishlangan tantanali marosimdagi nutqi.

Hurmatli dostlar!

Xonimlar va janoblar!

Avvalo, sizlarni Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi yakunlangani va uning ishga tushirilishi munosabati bilan otkazilayotgan bugungi tantanali marosimda qutlab, ushbu muhim voqea bilan samimiy tabriklashga ijozat bergaysiz.

Birinchi navbatda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti hurmatli Vladimir Vladimirovich Putinga Ozbekiston va Rossiya ortasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini kengaytirish va mustahkamlash masalalariga doimo ahamiyat berib, katta etibor qaratib kelayotgani uchun minnatdorlik bildiraman.

Ana shunday muhim qollab-quvvatlash tufayli bunday keng kolamli loyiha atigi ikki yilda amalga oshirildi.

Qandim majmuasining ishga tushirilishi, hech shubhasiz, xalqlarimiz farovonligiga va Ozbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga xizmat qilishini alohida takidlashni istardim.

Bugungi imkoniyatdan foydalanib, Rossiya Federatsiyasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi energetika vaziri janob Aleksandr Valentinovich Novak, Lukoyl kompaniyasi boshqaruvi raisi janob Vagit Yusufovich Alekperov, Xunday Injiniring kompaniyasi prezidenti janob Song Sang Rok, Rossiya Federatsiyasi va Koreya Respublikasining Ozbekiston Respublikasidagi elchilariga va boshqa hamkorlarimiz, mamlakatimiz hamda xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillariga biz uchun goyat muhim ahamiyatga ega bolgan ushbu tadbirda ishtirok etayotgani uchun ozimning tashakkurimni izhor etaman.

Qadrlimehmonlar!

Biz Ozbekistonda qabul qilgan Harakatlar strategiyasining samarali va keng miqyosda amalga oshirilayotgani sanoatning yetakchi tarmoqlarini jadal rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Mamlakatimizga togridan-togri chet el investitsiyalari oqimi kopaymoqda, xorijiy sheriklar bilan barcha tarmoqlar, jumladan, yoqilgi-energetika majmuasi boyicha ozaro manfaatli hamkorligimiz kengaymoqda.

Ozbekistonda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish borasida sifat jihatidan yangi bosqichda amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar doirasida biz neft-gaz sanoatini rivojlantirishga alohida etibor qaratmoqdamiz.

Bugungi kunda tarmoqda amaldagi aktivlar samaradorligini oshirish, yuqori texnologiyalarga asoslanganqudratli ishlab chiqarish bazasini yaratish, uglevodorod xomashyosini qazib olish hajmini kopaytirish, uni chuqur qayta ishlash asosida yuqori qoshimcha qiymatga ega bolgan yangi turdagi tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning eksportini tashkil etishga qaratilgan siyosat izchil amalga oshirilmoqda.

Katta hajmdagi investitsiya portfeli va boy xomashyo bazasi bizga, eng ilgor bilimlar va goyat samarali texnologiyalarni joriy etishga alohida ahamiyat qaratgan holda, sohani kompleks rivojlantirishga otish imkonini berdi.

Hurmatli dostlar!

Biz Ozbekistonda ozaro ishonch va qollab-quvvatlash, ikki tomon uchun ham foydali va umumiy manfaatlarni hisobga olish tamoyillari asosida shakllangan Ozbekiston va Rossiya ortasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yuksak baholaymiz va qadrlaymiz.

Bizning oliy darajadagi uchrashuvlarimiz natijasida erishilgan kelishuvlar mamlakatlarimizning kopqirrali amaliy hamkorligini yanada rivojlantirish uchun goyat keng imkoniyatlar yaratdi va uni yangi bosqichga kotardi.

Rossiya bizning savdo va investitsiya sohasidagi eng yirik ananaviy hamkorimizdir. Hozirgi kunda ozaro savdo hajmi muttasil ortib bormoqda, birgalikda ustuvor ahamiyatga molik investitsiyaviy dastur va loyihalar amalga oshirilmoqda.

Rossiyaning yetakchi energetika kompaniyalari va banklari bilan sheriklikda hamkorligimizning lokomotiviga aylangan neft-gaz sohasida yirik loyihalarni amalga oshirmoqdamiz.

Tabiiy gaz va neft yetkazib berish boyicha kelishuvlar muvaffaqiyatli bajarilmoqda, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash borasida ozaro samarali hamkorlik yolga qoyilgan.

Bizning vaqt va hayot sinovidan otgan asosiy, strategik hamkorimiz energetika sohasida dunyoda yetakchi orin tutadigan Lukoyl kompaniyasidir.

Biz kop yillardan buyon samarali hamkorlik qilib kelmoqdamiz. Qandim guruhiga kiradigan konlar, Havuzak va Shodi, Janubi-garbiy Hisor konlarini qazish va ozlashtirish boyicha loyihalarni birgalikda amalga oshirganimiz buning yorqin misolidir.

Otgan oyda Ozbekistonda Lukoyl kompaniyasining birinchi yoqilgi quyish shoxobchasi ishga tushirildi.

Bu bizning sherikligimiz samarasining yaqqol misoli bolib, Ozbekiston va Rossiya ortasidagi kop tomonlama hamkorlikning muvaffaqiyatli rivojlanishiga xizmat qilishini alohida takidlamoqchiman.

Bizning birgalikdagi say-harakatlarimiz avvalambor mamlakatimizning tabiiy boyliklaridan oqilona va samarali foydalanishga, yuqori texnologiyalarga asoslangan va eksportga yonaltirilgan ishlab chiqarish korxonalarini ishga tushirish va yangi ish orinlari yaratishga qaratilgan.

Hurmatli tadbir ishtirokchilari!

Bundan roppa-rosa ikki yil avval, 19-aprel kuni biz siz bilan ushbu obyekt tamal toshini qoyishga bagishlangan marosimda ishtirok etib, mazkur loyiha qurilishi boshlanishiga start bergan edik.

Birgalikdagi say-harakatlarimiz va mutaxassislarning yuksak mahorati tufayli Markaziy Osiyodagi eng yirik inshootlardan biri bolgan mazkur majmua qisqa muddatda qurib bitkazildi.

Ozlashtirilgan investitsiyalar hajmi 3 milliard dollardan oshganini alohida qayd etmoqchiman.

Qurilish Xunday Injiniring, Posko va Dji-Es, Enter Injiniring kabi dunyoga mashhur kompaniyalar bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Bunda BASF, Yakobs, Xanivell va boshqa koplab xorijiy yetakchi kompaniyalarning ilgor texnologiyalari, ilmiy ishlanmalari tatbiq etildi. Mazkur qurilishga yuqori malakali xorijiy mutaxassislar ham jalb qilindi.

Sizlarning barchangizga ushbu keng kolamli loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirishga qoshgan hissangiz uchun samimiy minnatdorlik bildirmoqchiman.

Bu loyihaning ahamiyati bebaho ekanini takidlash orinlidir.

Majmuaning foydalanishga topshirilishi yiliga 8 milliard kub metrdan ortiq tabiiy gaz qazib olish va uni qayta ishlash, tozalangan tovarbop gaz hamda 130 ming tonnadan ziyod barqaror gaz kondensatini olish imkonini beradi.

Eng muhimi, 2 mingdan ortiq yangi ish orinlari, zamonaviy ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari yaratildi.

Bu borada majmua qurilishida ishtirok etgan minglab yosh mutaxassislar ilgor texnologik yechimlar va yuqori xalqaro sifat standartlari asosida eng yirik ishlab chiqarish obyektlarini jadal qurish boyicha zamonaviy usullarni ozlashtirgani, bu yerda orttirgan konikma va tajribasini kelgusida mamlakatimizda yangi loyihalarni amalga oshirishda qollash imkoniga ega bolgani muhim ahamiyat kasb etadi.

Hurmatli mehmonlar va marosim qatnashchilari!

Fursatdan foydalanib, bizning dostlarimiz va hamkorlarimizga, kop sonli mutaxassislar, muhandis va quruvchilarga, ozining fidokorona mehnati va kasb mahorati bilan ushbu zamonaviy sanoat majmuasini barpo etishga hissa qoshgan barcha insonlarga yana bir bor ozimning samimiy minnatdorligimni izhor etaman.

Hech shubhasiz, bugun ishga tushirilayotgan, ozining kolami va texnologiyalari boyicha noyob bolgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasi bizning tobora mustahkamlanib borayotgan hamkorligimiz va sherikligimizning yana bir timsoliga aylanadi, mamlakatimizning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladi.

Etiboringiz uchun rahmat.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018