2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Buxoroda turizm iqtisodiyotning muhim tarmogiga aylanadi

 

Davlatimiz rahbarining 2018-yil 3-fevraldagi Ozbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish boyicha qoshimcha tashkiliy chora-tadbirlar togrisidagi Farmoni, 7 fevraldagi Ichki turizmni jadal rivojlantirishni taminlash chora-tadbirlari togrisidagi qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosi shahar va qishloqlarimiz infratuzilmasi yaxshilanib, aholi turmush darajasi oshishiga xizmat qiladi. Ozbekiston boylab sayohat qil! ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasidagi faollashuv hamda chet ellardan sayyohlar oqimining jadal oshib borayotgani yurtimizning jozibador goshalariga dunyo ahli orasida qiziqish kuchliligini anglatadi. Ozbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi raisining maslahatchisi, turkiyalik ekspert, sayyohlik boyicha yirik mutaxassis Sodiq Badak oz chiqishlarida yevropaliklarning yurtimizdagi tarixiy va ekoturizmga qiziqishlarini, Hindiston, Malayziya, Indoneziya, Turkiya, Saudiya Arabistoni hamda Eron mamlakatlaridan keladiganlar ziyorat turizmiga, Xitoy, Yaponiya, Janubiy koreyalik sayyohlar esa madaniy va kongilochar turizmga moyilliklarini bayon etdi.

Sharq Venetsiyasi degan nom bilan turistlar orasida mashhur Buxoro shahrida sayyohlar oqimining kopayib borayotgani ham ana shundan dalolat beradi. Tarixiy malumotlarga kora, Sharqning mashhur qadimiy kenti Buxoroga miloddan avvalgi birinchi ming yillik ortalarida asos solingan. Dunyoning turli xalqlarida, xususan, qadimgi yunon, xitoy, arab manbalarida Buxoro nomi yuksak ehtirom bilan tilga olinadi. Yunon olimi Klavdiy Ptolemey Geografiya asarida, xitoylik sayyoh Syuanszan Xotiralar kitobida eslab otgan Buxoro Orta asrlar arab manbalarida Numijkat, Navmichkat, Bumichkat (Yangi qorgon), Al-Madina as-sufriyya (Mis shahar), Madinat at-tujjor (Savdogarlar shahri), Foxira Faxrli shahar, deya tariflangan. Islom dini, musulmon axloqi, madaniyati hamda huquqshunosligining Sharqdagi kuchli markazlaridan biriga aylangan Buxoro Qubbat ul-islom Islom dinining gumbazi degan sharafga ham noil bolgan.

Aytish joizki, tarixi teran Buxoro shahri bugun ham dunyo etiboridagi shaharlar reytingida yuqori pogonalarda turadi.

Har bir ishga did va etibor bilan yondashish kerak

Sayyohlikning samara keltirishi sharoitga bogliq, deydi tarix fanlari doktori, Buxoro davlat universiteti professori Shodmon Hayitov. Yetti pir Hazrat Abduxoliq oijduvoniy, Xoja Muhammad Orif ar-Revgariy, Xoja Mahmud Anjir Fagnaviy, Xoja Ali Romitaniy, Xoja Muhammad Boboyi Samosiy, Sayyid Amir Kulol, Hazrat Bahouddin Naqshband maqbara hamda majmualari ziyorati uchun shakllanayotgan infratuzilma, yollarning sozlanishi ichki va tashqi turizm rivojiga ijobiy tasir korsatadi. Memoriy obidalarni qadimda qanday bolgan bolsa, shu holicha saqlab qolish yoki ularni tamirlashda qadimiylikka amal qilish lozim. Mavjud tarixiy yodgorliklar hali toliq royxatga olinmagani rost. Royxatga olib, ular haqida mufassal malumotlar tayyorlash uchun hozir olimlar hamda magistr talabalardan iborat guruhni jalb etganmiz. Mana shu ishlar amalga oshirilsa, bu tarixiy yodgorliklarning sayyohlikdagi ahamiyati aniq namoyon boladi. Buxoroda 300 dan ortiq madrasalar, 30 ta hovuz bolgan. Ularning hozirgi ahvoli qanaqa, qanchasi qay darajada saqlanib qolgan, oz holicha qoldirilishi zarur bolganlariyu tamirga muhtojlari qancha bu vazifalar mutasaddi tashkilotlardan tortib, mutaxassislarning zimmasiga ham katta masuliyat yuklaydi.

Buxoroga dunyo sayyohlarini jalb qilish uchun mavjud imkoniyatlarning qanchasi ishga solinganu yana qanchasi kozdan panada yotgani kabi muammolar hali-hanuz toliq organib chiqilgani yoq.

Otgan yili ichki turizm boyicha 1 milliondan ortiq, tashqi turizm yonalishida esa 200 ming nafar sayyoh shahrimizda boldi, deydi Buxoro davlat universiteti Turizm fakulteti dekani, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Abror Jorayev. Bu yil xorijdan 350 ming nafar atrofida turistlar kelishi kutilayapti.

1993 yilda YuNESKOning madaniy meros obektlari royxatiga kiritilgan Eski shaharning tashqarisidagi 339 gektarlik maydonda joylashgan tarixiy obidalar hali-hanuz etibordan chetda. Bu joylar YUNESKO royxatida ham yondosh hudud sifatida qayd etilgan. Labi Hovuzdan Arkkacha bolgan asosiy joyga sayyohlar shu yerdan otib borishadi. Bir joyni obod qilib qoyib, ikkinchi joyga etiborsizlik bilan qarash ularning nazaridan chetda qolmaydi. Yondosh hududda chet elliklar izlab keladigan tarixiy obidalar bor, ularning did-tablariga qarshi borolmaymiz, Uyoqni qoy, buyoqqa yur, deb bolmaydi. Aholining tarixiy obektlarga munosabati hali talab darajasida emas. Umumtalim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda Turizm asoslari fanini yolga qoyib, yoshlar ongiga tarixiy yodgorliklarda ajdodlarimiz ruhi borligi haqidagi goyani singdirishimiz kerak. Shundagina ularning qalbida faxr-iftixor uygonadi, ozligini tanib, bunday joylarni koz qorachigidek asrashga intiladi. Buxoro zaminining har qadamida muqaddas tarixiy obidalar, madaniy meros obektlari bor. Ulardan bahramandlik esa hozircha 20 foizdan ortgani yoq. Tartibsiz qurilishlar, xususiy hovlilar, xonadonlar orasida qolib ketgan madrasa-masjidlarning ahvoli jiddiy organilishi, bu borada zarur choralar korilishi kerak. Bunday inshootlarni tamirlash ishlariga kocha ustalari emas, mutaxassislar jalb qilinishi lozim. Mazkur jarayonda esa tamirda ishlatiladigan loyning kimyoviy tarkibidan tortib, ustaning mahoratigacha katta ahamiyatga ega. Tegishli tashkilotlar tamirlash yumushlariga pul ajratib, mablagni sarflash maqsadida shosha-pisha, bilib-bilmay harakat qilsalar, qosh qoyaman deb koz chiqarib qoyishlari hech gap emas. Masalan, bazi joylarda chiroyli korsataman, deb gipsokarton qoqib qoyishadi, bundan kora teginmay qoya qolgan maqul.

Qadimiy obidalarni tamirlash juda nozik sanat, deydi Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi ekskursovodi, sanatshunoslik fanlari nomzodi Baxtiyor Boronov. Bazan qadimiy madrasa yoki masjidlarning kochib tushgan peshtoqlarini oddiy loy bilan yamab chiqishga urinilganini korib, yurak orqaga tortib ketadi. Bunday ishlarni ajdodlarimizga munosib bolib, ularning bebaho meroslari ahamiyatini anglab amalga oshirishimiz maqsadga muvofiq. Ilgari Usta Shirin nomidagi tamirlash ustaxonasi bolar edi, hozir osha ananalarni tiklash payti keldi. Yoqsa, pul ajratiladi-yu, ish sifatli bajarilmaydi.

Milliy hunarmandchilik sinoati

Kochalarning kengaytirilishi, yollarning sozlanishi, binolarning tamirlanishi kabi ishlar tigiz davom etayotgani bois Buxoro shahri shu kunlarda qurilish maydonidan aslo qolishmaydi. Sayyohlar hamisha gavjum boladigan Ark va Minorai Kalon maydonlari ortasidagi Shahriston bozorining qurilishi ham ulkan bunyodkorliklar sirasiga kiradi. Qurilish boshlanishiga shay qilinib, tevarak-atrofi orab qoyilgan 15500 kvadrat metr ochiq maydonning har tomonida dastlabki qiymati 18,5 milliard somni tashkil etadigan obyekt joriy yilning sentyabrida topshirilishi haqida malumot yozilgan plakatlarga kozingiz tushadi (OR MB kursi 18.05.2018 da, 1$= 8025.83 som). Bu plakatlarda loyiha tashkilotchisidan tortib, buyurtmachiyu pudratchilarning nomlarigacha aniq qilib yozib qoyilgan.

Mana shu qurilajak bozorning ort tomonida, sayyohlar gavjum boladigan Minorai Kalon maydoni tomon chiqib boradigan yolning chap tarafida joylashgan Buxoro ipak gilam toqish markazida 120 ta oila ish bilan taminlangan.

Qadimiy hamda zamonaviy dizaynlar biz ishlab chiqarayotgan gilamlarimizning oziga xosligini taminlaydi, deydi markaz ish yurituvchisi Abdurauf Razzoqov. Fransiya, Italiya, Yaponiya singari mamlakatlardan kelgan sayyohlar shuning uchun mahsulotlarimizni juda qadrlashadi. Bizda kozboyamachilikka yol qoyilmaydi, toza ipak ishlatamiz.

Margilondan tayyor holda keltirilgan kalavalardan korxona qoshida faoliyat yuritayotgan adras sexida milliy matolar toqilmoqda.

Aslida sayyohlarning talab-ehtiyojlariga qarab savdogarlar Margilondan tayyor adrasning ozini keltirib sotishlari arzonga tushishi mumkin, deydi toquvchi Zarina Soliyeva. Ammo aksariyat xorijliklarni uni ishlab chiqarish jarayoni ham qiziqtiradi. Ular seximizga kirib kelishlari bilan ozlarini xuddi ertaklar olamiga tushib qolgandek his etib, har bitta ishimizdan hayratlanishlarining sababi shunda, deb bilaman. Bu qalbimizda faxr uygotadi. Imkoniyatlarimiz juda kengligini, ulardan unumli foydalanishimiz lozimligini his qilamiz.

Hunarmand uyushmasi Buxoro viloyati boshqarmasi azosi Oysara Roziyeva Shofirkon tumani, Bogiafzal qishloq fuqarolar yiginidagi ehtiyojmand, nogironligi bolgan 300 nafarga yaqin ayollarni ish bilan taminlagan. Yakka tartibdagi bu tadbirkor Ulugbek madrasasi hovlisidagi dokonida ular tayyorlagan sozana, palak, oyna va ziravorlar solinadigan xaltachalar bilan savdo qiladi.

Tikayotgan matolarimiz ipagini Margilondan keltiramiz, deydi u tevarak-atrofini qurshab olgan sayyohlar qiziqish bilan korayotgan qolidagi palakka ishora qilib. Bizga alohida bino bolsa, pillani ham ozimiz yetishtirib, barcha jarayonni shu yerning ozida yolga qoysak, sayyohlar uchun ham juda qiziqarli bolar edi.

Sankt-Peterburgdan kelgan sayyoh Vladimir Bedarev iplarni boyashda piyoz postlogi ishlatilishi haqida eshitgan ekan, buning togrimi-yoqligi, qanday amalga oshirilishi haqida Oysara Roziyevani savolga tuta ketdi. U bu jarayon haqida sayyohlarga erinmay sozlaydi, qizi Nigora buni ingliz tilida xorijliklarga ham aytib berdi. Bir zumda ularning choqqina dokoni oldiga turli mamlakatlardan kelgan turistlar guruhlari toplanib kelishdi. Oysara Roziyeva aytayotgan hunarmandlik sehri dunyo kezgan sayyohlarni ham lol qilib qoygandi.

Zamonaviy hostel

Olimjon qarvonsaroyida taniqli fotograf Shavkat Boltayev tashkil etgan fotogalereya, yosh tadbirkor Jamshid Kenjayevning shaxmat klubi har qanday sayyohda katta qiziqish uygotadi. Ammo karvonsaroy chetda va qarovsiz bolgani uchun ularning yoli bu joylarga uncha tushavermaydi.

Jamshid Kenjayev shaxmat klubiga kelganlarga darhol shirin choy uzatadi. Xohishiga qarab, qahva damlab beradi.

Bu joy tarixan olib qaraganda, mehmonlar qonib otadigan karvonsaroy bolgan, deydi Jamshid. Shu yilning boshida Bukhara travel Drive masuliyati cheklangan jamiyatini tashkil qilgandim. Maqsadim bu joyda narxi hammabop bolgan zamonaviy karvonsaroy hostel (umumiy yotoqxona) ochish. Turkiyadan investorlar ham topganman, ular mening loyihamni korib chiqib, maqullashdi. Maqom yolida kuylaydigan musiqa guruhini tuzmoqchiman. Axir, milliy cholgularimizni korishning ozi ham sayyohlar uchun qiziqarli-da...

Bundoq qaraganda, avtostopshchiklar ham sayyohlik sohasini reklama qilishda katta rol oynaydi, deya sozida davom etadi Jamshid. Ular Buxoroga ham kop kelishadi. Hostel ochishga erishsam, ular qancha kop kelishsayam bepul yotoq bilan taminlashni yolga qoyardim. Turli avtoklublar ham sayyohlik sohasiga xizmat qiladi. Men Rossiyadagi Gaz-69 avtoklubi azosiman. Indoneziya, Ozarbayjon, Ukraina, Belarus singari mamlakatlardagi barcha azolarimiz 30 nafardan ziyod. Shahar chetida Kemping ochish niyatim amalga oshsa, ularni bu yerga taklif etmoqchiman. Avtostopshchik darveshlar ham, avtoklub azolari ham butun dunyo boylab yurishadi, qayerda bolishmasin, borgan joylari haqida gapirib berishadi. Demak, bularning barchasi sayyohlik sohasini rivojlantirishda muhim orin tutadi. Prezidentimizning hayotga yangicha qarash, dunyodagi ozgarishlar bilan hamqadam bolish, innovatsion goyalarni qollab-quvvatlash haqidagi korsatmalarini tinglaganimda, qalbim tolqinlanib ketib, turli loyihalar miyamga kelaveradi. Bu goyalar yerdan uzilgan xayoliy narsalar emas, men ozimizning shart-sharoitimizdan, imkoniyatlarimizdan, chet ellik investorlar bilan olib borgan muzokaralarimdan kelib chiqib ish tutaman. Imkon berilsa, hozir qarovsiz holda yotgan Olimjon karvonsaroyini aslida qanday bolsa, shunday tamirlab, osha qadimiy qiyofasini qaytargan bolardim.

Jamshid Kenjayev chet tillarni ham biladigan, oz ustida ishlab, dunyo sayyohligi tajribalarini yaxshigina ozlashtirgan yigit ekan. Uning orzu-istagi qadimiy milliy ananalarimizga suyangan holda sayyohlarga xizmat korsatishdan iborat.

Usta Nikolayning orzusi

Nikolay Anisimov milliy hunarmandchiligimizning qadimiy turlaridan bolgan miskarlik, rextagarlik, kandakorlik sohalarida birdek kamolot kasb etgani tufayli nafaqat Buxoroda, balki respublikamizda ham yuksak hurmat-etibor qozongan. Bu sohalarning qadriga yetadigan mutaxassislar, kolleksionerlar uni birgina soz bilan Usta deb tariflashadi. Bu oz kasbini sevgan inson uchun eng yuksak unvon. U yasagan miskarlik, kandakorlik buyumlari YUNESKOning Parijdagi qarorgohini, dunyoning koplab mamlakatlaridagi shaxsiy kolleksiyalarni, Buxorodagi Abduxoliq G`ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, poytaxtimizning Hastimom memoriy majmualarini bezab turibdi. Farzandlari Dmitriy, Vladimir ham ota kasbini davom ettirishmoqda. Hunarmandlar ortasida otkaziladigan korgazmalarning viloyat va respublika bosqichlarida ularning ishlari yuksak baholangan.

Modarixon madrasasining bir-ikki hujrasini hunarmandlik ustaxonasiga aylantirib, otgan asrning toqsoninchi yillari boshidan shu yerda faoliyat yuritib kelayapman, deydi Nikolay aka sof ozbek tilida. Allohga shukr, musulmon bolganimga 20 yildan oshdi. Madrasaning onlab hujralari bosh yotgani afsuslanarli, qaniydi, hunarmandlar bu joylarni toldirib, ajdodlarining kasbu korlarini davom ettirishsa, deyman.

Malumotlarga qaraganda, Buxoro XVIII asrdan XX asr boshlariga qadar miskarlik, kandakorlik boyicha Markaziy Osiyoning asosiy markazi hisoblangan. XX asr boshlarida bu yerda 100 nafar miskar faoliyat yuritib, ularning 50 nafari hunarmandchilik buyumlarini yuqori sifat bilan yasash iqtidoriga ega bolgan. Otgan asrning ortalarida miskarlik, kandakorlik bu yerda tanazzulga uchrab, haqiqiy ustalar qolmadi. Ammo bundan ottiz yillar muqaddam Nikolay Anisimov milliy hunarmandchilikning bu qadimiy turlarini qaytadan tiklashga qaror qildi hamda sohaga doir kitoblar, albomlar, kataloglardan choynak, chilim, dastshoy singari buyumlarni qanday yasash kerakligini mustaqil organa boshladi. Bu yolda unga sulolaviy miskar usta Said Fayozovning tasiri ham katta boldi.

Qadimiy masjidu madrasalarning har bir gishti ruhiy quvvat, manaviy nur tarata olishini his etgan hunarmandgina muvaffaqiyat qozona oladi, deydi usta Nikolay komil ishonch bilan. Dunyoning turli chekkalaridan bu yerga sayyohlar shuning uchun oqib kelishadi.

Modarixon madrasasiga hamma sayyohlar ham kelaverishmaydi, milliy hunarmandchilik buyumlari oshuftasi, usta Nikolayning muxlisi Sulaymon Muhsinov madrasa hovlisida sochilib yotgan stol-stullarga ishora qiladi. Avvaldan qiziqib, malum malumotlarga ega bolib, atay qidirib keladigan chet ellik sayyohlar uchun har bir gisht, devorlardagi qadimiy naqshlar mojiza bolib korinadi, soatlab tikilib ham toyishmaydi. Mahalliy sayyohlar esa bu yerda osh pishiradigan doshqozon borligini eshitib kelishadi bunday munosabat har qanday kishini afsuslantirmasdan qolmaydi...

Hunarmandchilikning metall bilan bogliq turlari yoqolib borayotgani juda achinarli, deydi Nikolay Anisimov. Qozogiston kinoijodkorlari katta mablag yonaltirilgan Kochmanchilar badiiy filmini suratga olishayotganda, askarlar dubulgasini yasaydigan ustani ozlarida topolmay, menga kelishgandi. Farzandlarim bilan ishlab, ularga 16 ta dubulga yasab berganmiz. Men oz kasbimni yoshlarga orgatish uchun hamisha tayyorman. Oquv dargohi ochib berishsa ham, mayli, ozim oqitib, ozim tarbiyalayman, ustaxona ochib berishsa ham roziman gap nomda emas, amaliy natijada.

2018 yil 10 yanvar kuni Ozbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga komaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qomitasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi huzuridagi Buxoro viloyati Davlat mulkini ijaraga berish markazi davlat unitar korxonasi direktori v.v.b. A. Polatov imzosi bilan Nikolay Anisimovga ogohlantirish xati yuborilib, unga Modarixon majmuasidan 36,57 kv.m. bino-inshoot ijaraga berilgani qayd etilgan hamda maktub davomida turli hujjatlar rokach qilinib, ustadan bu yerdagi joylar endi tanlov asosida ijaraga berilishi, xohlasa, tanlovda qatnashishi mumkinligi, aks holda esa, joyni boshatib qoyish talab etilgan.

Madrasada onlab hujralar bosh, qarovsiz yotgani holda, tarixiy obidalar jonkuyari usta Nikolay Anisimov ijaraga olib turgan arzimas joy, bir-ikkita hujra uchun bunday iddaolar ortiqcha ekanligi oz-ozidan ayon. Holbuki, ustaning yoshlarni yoqolib borayotgan milliy hunarmandchilikka orgatish orzusini amalga oshirish uchun unga amaliy yordam korsatish kerakligi kop ham bosh qotiradigan muammo emasligi oz-ozidan oydinlashadi.

Koshinpazlik hunari ham bir mahallar Buxoroda paydo bolib, keyin Eronga kochgan, deydi Buxoro viloyati bosh imom-xatibi Mansur Nurullayev. Endi u yerda bu hunar rivojlanib, ozimizda yoqolib ketdi. Biz yonalishni togri olishimiz kerak: vaqtni boy bermay, qadimiy hunarmadchiligimizni, buyuk ajdodlarimizning ananalarini davom ettirishni istaganlarni har tomonlama qollab-quvvatlasak, ularga komaklashsak, ertaga bu ozimizga katta investitsiya olib keladi. Usta Nikolay aytmoqchi, madaniy meros obektlari bolgan qadimiy madrasa hamda masjidlarni oshxona, kafe, restoran yoki savdo dokoniga emas, osha qadimiy yonalishiga qarab ijaraga berish kerak. Bugun tushadigan arzimas ijara pullariga qiziqish bunday ishlarni on yillab orqaga surib yuboradi. Endi kozimizni ochishimiz kerak. Azaliy ananalarga qarab ish tutsak, bu bugun ham, ertaga ham nafaqat moddiy, balki manaviy-marifiy daromad ham olib keladi. Prezidentimizning bu borada olib borayotgan siyosatlari hayotga mana shunday munosabatda bolishni talab etmoqda, buni togri anglab, togri yol tutishimiz kerak. Qadimiy inshootlar hunarmandlarga berilsa, Ustoz shogird ananalari yana tiklanadi, izzat-hurmat, madaniyat shakllanadi.

Ozaro muloqotning qulay vositasi

Turizm xalq farovonligi omili ekanligidan tashqari, ozaro muloqotning eng qulay vositasi hamdir, deydi Buxoro shahridagi Kitob olami masuliyati cheklangan jamiyati xodimi Nazira Mansurova. Mehmonxonalarga yaqin yerda joylashgani uchun kitob dokonimizga chet ellik sayyohlar juda kop kirishadi. Ularni bizning hozirgi zamon adiblarimizning asarlari koproq qiziqtiradi, chet tillarda bunday kitoblarni topolmay afsuslanib chiqib ketishadi.

Toshkentdan yolga chiqqan tezyurar poyezd Buxoroga 3,5 soatda, Boing samolyoti 50 daqiqada yetib keladi, deydi Buxoroturist MChJ Grand Buxoro mehmonxonasi boshqaruvi raisi Ahmad Husainov. Ammo na poyezdda, na samolyotda mamlakatimizda chop etiladigan yetakchi gazeta-jurnallarni korasiz. Samolyot monitorlarida namoyish etiladigan bachkana korsatuvlar orniga esa shaharlarimiz haqida qanchadan-qancha malumotlar bersa boladi.

Sayyohlar orindiqlar yetishmasligidan, ayrim joylarda ularning umuman yoqligidan, hojatxonalarning talabga javob bermasligidan yozgirishadi, deya oz fikrini bildiradi buxorolik Mirzo Rajabov. Arzimasdek koringani bilan hayotiy ehtiyojdan kelib chiqadigan bunday omillarga ham jiddiy etibor qaratish lozim.

Xorijlik sayyohlar nima deydi?

Buxoroga ilk bor kelishim, deydi shveysariyalik fotograf Yogan Safoich. Juda ajoyib taassurotlar oldim, turizm xizmati yaxshi yolga qoyilayotganiga guvoh boldim. Mehmonxonada xizmat turlarini kopaytirish kerak. Transport xizmatini ham rivojlantirish zarur.

Avstraliyalik huquqshunos Ros Sanesning aytishicha, Buxoro shahrining tarixiyligi, odamlarning samimiyati unda yorqin taassurot qoldirgan. U har bir sayyohga individual yondashuv lozimligini takidlaydi.

Malayziyalik transport kompaniyasi xodimi Suxari bin Mezaki yollarning ahvolidan qoniqmaganini bildirsa, Avstraliyaning Melburn shahridan kelgan muhandis-maslahatchi xizmat korsatish markazlarini kopaytirish, katta yollar yoqasidagi servisni yaxshilash taklifini kiritadi. Soha mutaxassislari, xorijlik sayyohlar, hamyurtlarimizning fikr-mulohazalari ekskursovod-gidlar, sayyohlik yonalishini belgilashda muzeylar hamda boshqa ilmiy muassasalarning ahamiyati singari dolzarb mavzular doirasida hali koplab izlanishlar olib borilishi kerakligini korsatadi. Ana shundagina Sharq Venetsiyasi Buxoro oz sayyohlik salohiyatini olamga toliq namoyon eta olish imkoniga ega boladi.

 

Manba: Xalq sozi gazetasi

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018