2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ikki kun ichida qariyb 200 xorijlik elektron viza uchun ariza topshirdi

Ozbekistonga kirish uchun elektron vizalar tizimining ikki kunlik faoliyati davomida xorijiy fuqarolardan qariyb 200 ta murojaat kelib tushdi, 31 ta viza berildi.

Ozbekistonga kirish uchun elektron vizalar tizimi e-visa.gov.uz ishga tushganidan boshlab ikki kunlik faoliyati davomida 28 davlatning 196 nafar fuqarosidan murojaat kelib tushdi. Bu haqda Gazeta.uz"ga bosh vazir orinbosari Aziz Abduhakimov malum qildi.

Tizim 15 iyulda ishga tushirilgan bolib, vizani rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi belgilangan mamlakatlarning fuqarolari sayyohlik maqsadida Ozbekistonga kelishlari mumkin.

Arizani korib chiqish muddati ikki kun. 17 iyul kuni kechgacha bolgan holatda 31 ta elektron viza berildi.

Eng kop arizalari AQSH (33), Buyuk Britaniya (30) va Xitoy (26) fuqarolaridan kelib tushgan. Shuningdek, Polsha va Hindiston fuqarolari 14 ta ariza bergan.

Shu bilan bir qatorda Ispaniya (9), Kanada (8), Fransiya va Niderlandiya (7 tadan), Germaniya, Irlandiya va Italiya (5 tadan), Belgiya va Portugaliya (4 tadan), Vengriya, Shveysariya va Avstraliya (3 tadan), Avstriya, Bolgariya, Daniya, Xorvatiya va BAA (2 tadan), shuningdek, Latviya, Litva, Makedoniya, Norvegiya, Shvetsiya va Saudiya Arabistoni (1 tadan) davlatlarining fuqarolari ariza bilan murojaat qilgan.

Elektron viza Ozbekiston hududida bir marotaba 30 kun bolish huquqini beradi. U 90 kun davomida amalda boladi.

Elektron viza elektron pochta manziliga jonatiladi. Chegarani kesib otayotganda vizani elektron yoki qogozda chop etilgan holatda korsatish yetarli.

 

Manba: Gazeta.uz

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018