2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik korish va uni otkazish chora-tadbirlari togrisida

 

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini, milliy ananalarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarimizning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarini davom ettirish bizga tinchlik, omonlik kerak, deb yashaydigan bagrikeng xalqimizga xos azaliy qadriyatdir.

Butun dunyoda millionlab insonlar halok bolishiga sabab bolgan, mislsiz yoqotishlar, talafot va musibatlar olib kelgan Ikkinchi jahon urushi insoniyat tarixidagi eng dahshatli, eng qonli qirgin bolganini hech kim unutmaydi. Ushbu beshafqat urushda qatnashgan 1,5 milliondan ortiq ozbekistonliklarning yarim milliondan ziyodi halok bolganini xalqimiz hech qachon yodidan chiqarmaydi. Urush boshlanishi bilan front hududlaridan Ozbekistonga kochirilgan bir millionga yaqin oila va bolalarni qabul qilib, oxirgi bir burda nonini ular bilan baham korgan, Sen yetim emassan deb oz bagriga olgani xalqimizning naqadar olijanobligini, mehr-muruvvatini, yuksak manaviyatini yaqqol namoyon etdi.

Mamlakatimizda 9-may umumxalq bayrami Xotira va Qadrlash kunini keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashishga hissa qoshgan, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogida halok bolgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasini abadiylashtirish, barcha faxriylarga hurmat korsatish maqsadida:

1. Xotira va Qadrlash kuniga bagishlangan tadbirlarga tayyorgarlik korish va ularni otkazish dasturi (keyingi orinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq maqullansin.

Xotira va Qadrlash kunining keng nishonlanishini taminlash davlat va nodavlat tashkilotlarining birinchi galdagi vazifasi, barcha Ozbekiston fuqarolarining vijdoniy ishi va ananaviy burchi deb belgilansin.

2. Xotira va Qadrlash kuniga bagishlangan tadbirlarga tayyorgarlik korish va ularni otkazish boyicha ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Ishchi guruh (A.Aripov):

Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning Inson qadri ulug, xotira muqaddas, Mardlik, burch va sadoqat shiorlari ostida yuqori saviyada otkazilishini tashkil etsin;

Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning sifatli otkazilishini taminlasin va joylarga borib, Xotira va Qadrlash kuniga bagishlangan tadbirlarga tayyorgarlik korish va ularni otkazishga amaliy yordam korsatsin;

Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisiga, front orti mehnat faxriylariga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogida halok bolgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila azolariga moddiy va manaviy yordam korsatish maqsadida tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, harbiy qismlar vakillari biriktirilsin hamda ushbu toifadagi shaxslarni qutlash va xushnud etish maqsadida ularning yashash joyiga rahbarlarning tashrifini tashkil etsin;

yolgiz va kam taminlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining turar joyi va uy xojaliklarini tamirlash, obodonlashtirish boyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin;

Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik korish davomida Ikkinchi jahon urushi va front orti mehnat faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogida halok bolgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari korsatgan matonat, mardlik va jasoratning ahamiyatini keng aholi toifalari, ayniqsa, yoshlar ortasida tushuntirish, targib va tashviq etish boyicha madaniy-marifiy va vatanparvarlik yonalishidagi tadbirlar otkazilishini tashkil qilsin;

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga Ozbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan biryola pul mukofotini tantanali ravishda topshirsin;

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining istaklari asosida ular ozlari jang qilgan mamlakatlarga bir nafar kuzatuvchi bilan safarini tashkil etsin hamda ushbu safar bilan bogliq barcha xarajatlar qoplanishini taminlasin;

Ikkinchi jahon urushi faxriylarining istaklari asosida Yalta va Kislovodsk shaharlaridagi Ozbekiston hamda respublika hududidagi boshqa sanatoriylarga bir nafar kuzatuvchisi bilan birga bepul yuborishni tashkil etib, ularni zarur avia va temir yol chiptalari bilan taminlasin;

Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi belgilangan joylarda Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi harbiy texnikalar namoyishini tashkil etsin;

Galabaga oz hissasini qoshgan, Vatanimiz mustaqilligi uchun jonini, kuch-quvvatini ayamagan har bir faxriy, har bir kishi xotirasi abadiylashtirilishini, ularga munosib hurmat-ehtirom korsatilishini taminlasin.

4. Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Ozbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Xotin-qizlar qomitasi, Ozbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Respublika Manaviyat va marifat markazi, Nuroniy jamgarmasi, Mahalla xayriya jamoat fondi, Ozbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda:

viloyat, shahar va tumanlarda Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar;

Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi kompozitsiyalar installyatsiyasi, jumladan, urush yillarining qoshiq va kuylari, dasturxon tuzash va tegishli sharoitlar yaratish bilan bogliq tadbirlarni tashkil etsinlar;

kochalar va maydonlarni Xotira va Qadrlash kuniga bagishlangan plakatlar va stendlar bilan bezashni taminlasinlar.

5. Belgilab qoyilsinki, otkaziladigan Dastur tadbirlari hamda mamlakatimizning turli hududlarida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi va front orti mehnat faxriylari vakillarini Toshkent shahrida bolib otadigan asosiy marosimlarga temir yol yoki avtomobil transportida kelib-ketishi, mehmonxonalarda joylashishi, ovqatlanishi, madaniy hordiq chiqarishi bilan bogliq xarajatlar, shuningdek, zarur hollarda tegishli kiyim-kechaklar bilan taminlanishi:

Qoraqalpogiston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy byudjetlar hamda homiylik xayriyalari hisobidan;

Toshkent shahrida Ozbekiston Respublikasi respublika byudjeti va Toshkent shahar mahalliy byudjeti mablaglari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.

6. Ozbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Toshkent shahrida 2018-yil 9-may soat 21.00 da Xotira va Qadrlash kuniga bagishlangan bayram salyutini tashkil qilsin.

7. Ozbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya tantanali tadbirlar otkaziladigan joylarda jamoat tartibi va xavfsizligini taminlasinlar.

8. Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Ozbekiston Milliy axborot agentligi, Ozbekiston Matbuot va axborot agentligi, Dunyo axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalari Xotira va Qadrlash kuniga bagishlangan tadbirlarning keng yoritilishini, tematik tadbirlar, telekorsatuvlar va radioeshittirishlarning tashkil etilishini taminlasinlar.

9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

 

Toshkent shahri, 2018-yil 16-aprel

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018