2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

BMT Bosh kotibining Maxsus vakili bilan uchrashuv

2018-yilning 15-sentabr kuni Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan BMT Bosh kotining Maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventive diplomatiya boyicha mintaqaviy markazi (MOPDMM) rahbari Natalya Germanni qabul qildi.

Uchrashuvda Ozbekistonning BMT va uning tuzilmalari, jumladan MOPDMM bilan hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Suhbat chogida Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasi tribunasidan turib ilgari surilgan muhim xalqaro tashabbuslarning amalga oshirilishi jarayoniga alohida etibor qaratildi. Shu nuqtayi nazardan, takidlanganidek, BMT Bosh Assambleyasining tarixiy muhim rezolyutsiyasi Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taminlash boyicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashning qabul qilinishi Markaziy Osiyoda hamkorlikni rivojlantirish xalqaro miqyosda keng qollab-quvvatlanayotganining tasdigi hisoblanadi.

Tomonlar mintaqaviy xarakterdagi bazi muammolarni ham korib chiqdilar.

Suhbatda 2019-yil Toshkent shahrida yetakchi xalqaro tadqiqot markazlari ishtirokida otkazilishi rejalashtirilayotgan Markaziy Osiyo: mintaqaviy hamkorlikning yangi imkoniyatlari va istiqbollari mavzusidagi xalqaro konferensiya kun tartibi borasida fikr almashildi.

 

Manba: Ozbekiston Respublikasi TIV veb-sahifasi

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018