2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Xalqaro biznes hamjamiyatida nufuzimiz yanada oshadi

Xalqaro biznes maydonida shunday tamoyil bor: investorlar, avval, sarmoya kiritmoqchi bolgan davlatda tadbirkorlar uchun qanday shart-sharoitlar yaratilgani bilan qiziqadi. Ular murojaat qiladigan ishonchli manbalardan biri, bu Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan har yili elon qilinadigan Biznes yuritish reytingidir.

Chunki u mustaqil ekspertlar tomonidan biznesni royxatdan otkazishdan tortib, uni yolga qoyishgacha bolgan 10 ta yonalishni sinchikpab organib, baholab boradigan xalqaro reyting hisoblanadi.

Reyting natijalariga kora, songgi 5 yil davo-mida Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining Biznes yuritish yillik hisobotida Ozbekiston Respublikasining reytingi 2 baravardan ortiq yaxshilandi. Mamlakatimiz jahonning 190 ta mamlakati orasida 2012 yil-dagi 166-orindan otgan yili 74-orin-ga kotarildi. Bundan tashqari, songgi hisobotda mamlakatimiz biznes yuritish uchun eng qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish korsatkichi boyicha islohotchi mamlakatlarning birinchi ontaligidan joy oldi.

Lekin bu mamlakatimizda biznes yuritish uchun mavjud shart-sharoitlar xalqaro etirof etilgan mezonlarga toliq javob beradi, degani emas. Ayrim davlat organlarining tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish borasidagi sustkashligi, ular ishi yetarli darajada muvofiqlashtirib borilmasligi, rah-barlarda masuliyat yetishmasligi Ozbe-kistonning xalqaro maydondagi imid-jiga tasir otkazmay qolmayapti.

Tahyoillarga diqqat qiling: otgan yili elon qilingan Biznes yuritish yillik xalqaro hisobotida qayd eti-lishicha, mamlakatimizda tadbirkorlar qurilish ishlariga ruxsat olish yona-lishida yer ajratilishdan tortib, uni foydalanishga topshirish 17 ta bos-qichda amalga oshiriladi va buning uchun 246 kun sarf etiladi. Bu kammi yoki kop?

Masalan, Janubiy Koreya tajriba-sida koradigan bolsak, ularda ushbu jarayon atigi 27,5 kunda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarida eksport-import yuklarining bojxona rasmiy-lashtiruvi taxminan 28 soatni tashkil qiladi. Bizda esa bu korsatkich deyarli 6,5 barobar kop. Shuningdek, elektr tarmogiga ulanish qiymati ham ancha yuqori. Ushbu kamchiliklar manfaatdor sheriklar bilan yirik bitimlarni im-zolashga tosqinlik qiladi va aksiyador-larning xukuqlarini himoya qilish chora-tadbirlari mamlakatimizda hali yetarli emasligini korsatadi.

Bu kabi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining Biznes yuritish yillik hisobotida Ozbe-kiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari togrisidagi qaror imzolandi.

Ushbu hujjatda bu borada amalga oshirilishi zarur bolgan kompleks chora-tadbir-lar tola-tokis belgilab berilgan.

Qaror bilan mamlakati-mizda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun 2022 yilgacha Jahon banki va Xalqaro moliya korpora-tsiyasining Biznes yuritish hisobotidagi jahonning birin-chi yigirmata davlati daraja-siga mos keluvchi eng qulay shart-sharoitlarni yaratish bel-gilangan, deydi Loyiha bosh-qaruvi milliy agentligi bolim boshligi Dilshod Abduazimov. Ushbu muddatda har yili reyting korsatkichlarini yaxshilash-ga qaratilgan yol xaritasi ishlab chiqilib, tasdiqlanadi-gan boldi. Shuningdek, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Biznes yuritish hisobotida Ozbekiston Respublikasining

reytingini yanada oshirish hamda bu yonalishda tegishli xalqaro tashkilotlar bilan ozaro hamkorlik qilish soha-sida ishlarni muvofiqlashti-rish boyicha vakolatli organ sifatida belgilandi. Bu mam-lakatimiz manfaati uchun ham foydalidir.

Ayni paytda amalga oshirilishi lozim bolgan ishlar ham talaygina. Bankrotlik boyicha qonunchilikni takomillashti-rish, ishlarni sudda korib chi-qishda shaffoflikni taminlash, tadbirkorlik subektla-rini royxatdan otkazish va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda bojxona ras-miylashtiruvidan otish tartib-larini soddalashtirish kabi choralar shular jumlasidandir.

Shuningdek, yol xaritasi-ga muvofiq, amalga oshirila-digan tadbirlar hamda loyi-halarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya tashkilotlari-ning texnik komagi, grantlari va kreditlarini jalb etish boyicha zarur tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar koriladi. Uning amaliy natijalari esa tadbirkorlar orasida sorov otkazish va onlayn aloqa orqali organib boriladi.

Qisqasi, qaror bilan mamlakatimiz zimmasiga 2022 yilga qadar xalqaro biznes jozibadorligi reytingi-da kuchli yigirmatalikka ki-rishdek zalvorli vazifa yuk-latildi. Biz 3 yil davomida nafaqat reytingdagi tadbir-korlarning erkin faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sha-roitlar yaratilgan 50 dan ortiq davlatlardan ilgarila-shimiz, balki mamlakat imid-jini ozgartirib, xalqaro biznes hamjamiyati etiboriga tushishimiz ham lozim.

 

Manba: Xalq sozi gazetasi

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018