2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston Prezidentining AQShga rasmiy tashrifi dasturidan orin olgan tadbirlar haqida malumot berildi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning AQShga ilk rasmiy tashrifini yoritish boyicha Vashingtonda tashkil etilgan Matbuot markazida brifing otkazildi. Unda Prezidentning Matbuot kotibi Komil Allamjonov bolajak tashrif doirasidagi tadbirlar haqida quyidagi malumotlarni taqdim qildi:

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining AQShga rasmiy tashrifi 15 may kuni boshlanadi. Davlatimiz rahbarini Vashingtondagi Endryus aeroportida AQSh Davlat departamenti rahbariyati kutib oladi.

Bu tashrifga har ikki tomon ham katta etibor bilan qaramoqda. AQSh mamuriyati Ozbekiston Prezidenti tashrifini tarixiy, deya baholamoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 may kuni Oq uyda AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi. Muzokaralar avval tor doirada, keyin keng doirada bolib otadi. Keng doiradagi muzokaralarda Ozbekiston hamda AQSh rasmiy delegatsiyasi vakillari qatnashadi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etiladi.

Tashrif davomida 40 dan ortiq hujjatlar qabul qilinishi, jumladan, umumiy qiymati 8,5 milliard dollarlik savdo-iqtisodiy hamda investitsiyaviy bitimlar imzolanishi rejalashtirilgan. Bu raqamlar, albatta, tashrif davomida ozgarishi mumkin. Bu haqda qoshimcha malumot beriladi.

Shu kuni kechqurun Ozbekiston tomonidan rasmiy qabul marosimi otkaziladi. Bu yerda AQSh mamuriyati rahbariyati, vazirlik va idoralar, yirik kompaniya hamda korporatsiyalar rahbarlari ishtirok etadi.

Prezidentimiz 17 may kuni Pentagonga tashrif buyurib, AQSh mudofaa vaziri bilan muzokara otkazadi. Kapitoliyda kongressmenlar va senatorlar bilan uchrashib, mamlakatlarimiz ortasidagi hamkorlikni har tomonlama mustahkamlash masalalarini muhokama qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Jahon banki Prezidenti bilan ham uchrashib, yurtimiz iqtisodiyotiga investitsiya jalb etish boyicha muzokara olib boradi.

Tashrif davomida bolib otadigan muloqotlar, ularning natijalari haqidagi qoshimcha malumotlar Matbuot markazi orqali yetkazib boriladi.

 

Manba: Xalq sozi gazetasi

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018