2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Sirdaryo erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari togrisida

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Sirdaryo viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda oqilona foydalanishini taminlash, shu asnoda yangi ish orinlari tashkil etish va mahalliy aholining daromadlarini oshirish maqsadida:

1. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 18-martdagi Jizzax maxsus industrial zonasini barpo etish togrisidagi PF-4516-sonli Farmoniga asosan Jizzax viloyatida Jizzax erkin iqtisodiy zonasi (keyingi orinlarda Jizzax EIZ deb ataladi) Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani filiali tashkil etilgani va uning chegaralari tasdiqlangani malumot uchun qabul qilinsin.

2. Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari, Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar boyicha davlat qomitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga komaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qomitasining Sirdaryo erkin iqtisodiy zonasini (keyingi orinlarda Sirdaryo EIZ deb ataladi) Jizzax EIZ Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidagi filiali va Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahridagi kichik sanoat zonasi negizida tashkil etish togrisidagi taklifi qabul qilinsin.

3. Quyidagilar Sirdaryo erkin iqtisodiy zonasi faoliyatining asosiy vazifalari va yonalishlari etib belgilansin:

Sirdaryo viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan samarali foydalangan holda mahalliy mineral-xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash va yuqori qoshilgan qiymatga ega raqobatbardosh, import ornini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarilishini kengaytirish;

meva-sabzavot va qishloq xojaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, toqimachilik, poyabzal va charm-galantereya, ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa yonalishlarda zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil qilish uchun togridan-togri xususiy investitsiyalarni, shuningdek, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish;

erkin iqtisodiy zona korxonalari ortasida hamda boshqa mahalliy korxonalar bilan mustahkam kooperatsiya aloqalarini ornatish va rivojlantirish asosida mahalliy xom ashyo va materiallardan yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;

Sirdaryo EIZ hududida ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, yol-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, shuningdek, ushbu hududda sifatli logistika xizmatlari korsatish boyicha zamonaviy infratuzilmani shakllantirish;

erkin iqtisodiy zonalarning soha kadrlariga bolgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqib, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etishda va ularning erkin iqtisodiy zonada joylashgan korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini otashida qatnashish.

4. Sirdaryo viloyati erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining mamuriy kengashi (G.G.Mirzayev) Investitsiyalar boyicha davlat qomitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qomitasi, Qurilish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Sirdaryo EIZning chegaralariga aniqlik kiritish, keyinchalik kengaytirish boyicha takliflarni ikki hafta muddatda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-oktabrdagi Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qaroriga asosan tashkil etilgan Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari mamuriy kengashlarining faoliyatini muvofiqlashtirish boyicha Respublika kengashiga kiritilishini taminlasin.

5. Belgilab qoyilsinki:

Sirdaryo EIZ tarkibiga kiritilgan yer maydonlari Sirdaryo viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari mamuriy kengashining bevosita tasarrufida boladi;

Sirdaryo EIZning faoliyat yuritish muddati 30 yilni tashkil etadi va bu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin;

Sirdaryo EIZ faoliyat yuritadigan muddat davomida uning hududida alohida soliq va bojxona tartiblari amal qiladi;

Sirdaryo EIZ ishtirokchisi maqomi Sirdaryo viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari mamuriy kengashining qarori bilan beriladi;

sobiq Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahridagi kichik sanoat zonasi ishtirokchilariga nisbatan, ushbu maqomni avval olgan bolsa, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 martdagi Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahrida kichik sanoat zonasini barpo etish togrisidagi PQ-2860-sonli qarorida kozda tutilgan imtiyoz va yengilliklar saqlanib qolinadi.

6. Shunday tartib ornatilsinki, unga muvofiq Ozbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat korsatish vazirligi, Avtomobil yollari davlat qomitasi, Ozbekenergo AJ, Oztransgaz AJ hamda respublika va hududiy darajadagi muhandislik-kommunikatsiya xizmatlari korsatuvchilar erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari bolgan xojalik yurituvchi subyektlarning kommunikatsiyalarga, ularni Sirdaryo EIZning hududigacha belgilangan tartibda kafolatli ulanishini taminlaydi.

7. Ozbekiston Respublikasi Investitsiyalar boyicha davlat qomitasi Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda har yili kelgusi yillar uchun rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirishda belgilangan tartibda ularga Sirdaryo EIZning muhandislik-kommunikatsiya, yol-transport va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boyicha loyihalar kiritilishini nazarda tutsin.

8. Sirdaryo EIZ faoliyatini operativ boshqaruv funksiyasi Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-maydagi Nukus-farm, Zomin-farm, Kosonsoy-farm, Sirdaryo-farm, Boysun-farm, Bostonliq-farm va Parkent-farm erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish togrisidagi PF-5032-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan Sirdaryo-farm EIZ direksiyasi davlat unitar korxonasiga yuklatilsin va uning nomi Sirdaryo EIZ direksiyasi davlat unitar korxonasiga ozgartirilib, xodimlari soni 3 nafardan 5 nafarga oshirilsin.

9. Belgilansinki, Jizzax EIZ direksiyasi davlat unitar korxonasining va Jizzax EIZ ishtirokchilarining Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanidagi Jizzax EIZning filiali boyicha huquq va burchlari belgilangan tartibda Sirdaryo EIZ direksiyasi davlat unitar korxonasi va Sirdaryo EIZ ishtirokchilariga otadi.

10. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-oktabrdagi Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi PF-4853-son Farmonining 3-, 4- va 5-bandlari qoidalari Sirdaryo EIZ ishtirokchilariga va Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi Urgut, Gijduvon, Qoqon va Hazorasp erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish togrisidagi PF-4931-sonli Farmonining 8-bandi qoidalari Sirdaryo EIZ direksiyasiga tatbiq etilsin.

11. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 18-martdagi Jizzax maxsus industrial zonasini barpo etish togrisidagi PF-4516-son Farmoniga ilovaga muvofiq ozgartirishlar kiritilsin.

12. Ozbekiston Respublikasi Investitsiyalar boyicha davlat qomitasi, Ozbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Ozbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga komaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qomitasi, Sirdaryo viloyati Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari mamuriy kengashi bilan birgalikda:

bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan ozgartish va qoshimchalar togrisidagi takliflarni Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

ikki oy muddatda Sirdaryo viloyatining mavjud mineralxom ashyo resurslarini inobatga olgan holda, Sirdaryo EIZ hududida import ornini bosuvchi va eksportga yonaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlarini ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish boyicha aniq takliflar yol xarita"lari ishlab chiqilishini taminlasin.

13. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari Ozbekiston Respublikasi Investitsiyalar boyicha davlat qomitasi raisi S.R.Xolmuradov va Sirdaryo viloyati hokimi G.G.Mirzayev zimmasiga yuklansin.

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

 

Toshkent shahri, 2018-yil 12-aprel

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018