2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozaro ishonch va manfaatdorlik mushtarak yutuqlar asosi

 

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-10-iyun kunlari Xitoyning Sindao shahrida bolib, Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining on sakkizinchi majlisida ishtirok etdi.

Sammit doirasida 9-iyun kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga azo davlatlar rahbarlari bir qator ikki tomonlama va kop tomonlama uchrashuvlar otkazib, kun tartibidagi eng dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama qildilar.

Sammitning asosiy tadbirlari 10-iyun kuni bolib otdi. Dastlab ShHTga azo davlatlar rahbarlari tor doirada uchrashdilar.

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin raisligida otgan majlisda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi, Qozogiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirgiziston Respublikasi Prezidenti Sooranbay Jeenbekov, Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husayn, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon ishtirok etdi.

Majlisda ShHTga azo mamlakatlar ortasidagi aloqalarni har tomonlama kengaytirish, iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni rivojlantirish, innovatsiya va yuqori texnologiyalar hamda transport-kommunikatsiya, atrof-muhitni muhofaza qilish sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Davlat rahbarlari Xitoy ShHTga raislik doirasida samarali va muvaffaqiyatli ish yuritgani, songgi bir yilda azo davlatlarning turli vazirlik va idoralari rahbarlari ishtirokida 100 dan ziyod anjuman tashkil etilgani, bu tadbirlarda muhim natijalarga erishilganini takidladilar.

Davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisida tashkilotga azo mamlakatlar bilan birga kuzatuvchi, muloqot boyicha sherik maqomidagi davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari rahbarlari qatnashdi.

Majlisda ShHTni rivojlantirishning istiqboldagi yonalishlari, muhim mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi. Iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni kengaytirish, transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni faollashtirish masalalari hamda kop tomonlama kooperatsiyaning boshqa jihatlari muhokama qilindi.

Majlisda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq sozladi.

Sammitda davlat rahbarlari Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norovni ShHT Bosh kotibi, Tojikiston vakili Jumaxon Giyosovni ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qomitasi direktori lavozimiga tasdiqladilar.

Sammit yakunlari boyicha Sindao deklaratsiyasi qabul qilindi.

Davlat rahbarlari, shuningdek, Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish boyicha 2019-2021 yillarga moljallangan hamkorlik dasturi, Uzoq muddatli yaxshi qoshnichilik, dostlik va hamkorlik togrisidagi shartnoma qoidalarini amalga oshirish boyicha 2018-2022 yillarga moljallangan harakatlar rejasi, jami 17 hujjatni imzoladilar.

Ozbekiston Prezidentining taklifiga muvofiq, ShHT davlat rahbarlarining Yoshlarga qoshma murojaati qabul qilingani sammitning yana bir ahamiyatli voqeasi boldi.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik Qirgiziston Respublikasiga otdi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda ShHTning Sindao sammiti samarali otgani, imzolangan hujjatlar tashkilotni yanada rivojlantirish, mintaqa mamlakatlari va xalqlarini jipslashtirishga xizmat qilishi takidlandi.

Bir soz bilan aytganda, Ozaro ishonch va manfaatdorlik mushtarak yutuqlar asosi shiori ostida otgan Sindao sammiti ShHT faoliyatida yanada yangi imkoniyatlar ochdi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHT sammiti doirasida qator davlatlar rahbarlari bilan uchrashdi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda ushbu davlat bilan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash Ozbekiston tashqi siyosatining ozgarmas yonalishi ekani takidlandi.

Bir yilda ozaro 70 delegatsiya tashrifi amalga oshirilgani, 21 marta hududlararo uchrashuvlar otkazilgani aloqalarning bugungi surati va miqyosidan dalolat beradi. Joriy yilning birinchi choragida mamlakatlarimiz ortasidagi tovar ayirboshlash hajmi 40 foizdan ziyod osdi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Otgan yili Rossiyaga tashrifingizdan keyin munosabatlar yangi surat kasb etdi. Sizning tashabbusingiz bilan chegaralardan otishda yashil yolak tashkil etilgani natijasida Ozbekiston meva-sabzavotlarini yetkazib berish qariyb 36 foiz oshdi. Rossiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda, dedi Vladimir Putin.

Muloqotda tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev XXR Raisi Si Szinpin bilan uchrashdi.

Xitoy rahbari XXR Ozbekiston bilan keng kolamli strategik sheriklik va kop formatli hamkorlikka katta ahamiyat qaratishini takidladi.

Prezidentimiz XXR Shanxay hamkorlik tashkilotiga muvaffaqiyatli raislik qilgani va Sindao sammiti yuksak saviyada otayotgani munosabati bilan Xitoy rahbarini tabrikladi.

Ozbekiston Xitoy munosabatlari ozaro manfaatli hamkorlikning barcha muhim sohalarini qamrab olgan va izchil rivojlanib bormoqda. 2017-yilda ikki mamlakat ortasidagi tovar ayirboshlash hajmi 5 milliard dollarni tashkil etdi.

Uchrashuvda iqtisodiyot, savdo, investitsiya, transport kommunikatsiyalari, yuqori texnologiyalar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ShHTning Sindao sammiti doirasida Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi.

Davlatimiz rahbari Hindiston xalqini ushbu mamlakat Shanxay hamkorlik tashkilotiga tola huquqli azo bolgani, N.Modini ShHT davlat rahbarlari uchrashuvida yangi maqomda qatnashayotgani munosabati bilan qutladi.

Shavkat Mirziyoyev mazkur uchrashuv avval erishilgan kelishuvlar ijrosini muhokama qilish va hamkorlikning istiqbollarini belgilab olish uchun yaxshi imkoniyat ekanini takidladi.

Narendra Modi Ozbekiston Hindistonning ShHTga qabul qilinishini qollab-quvvatlagani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Bu Ozbekiston bilan hamkorlikni ham ozaro, ham mintaqaviy miqyosda rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochishini qayd etdi.

Uchrashuvda Ozbekiston bilan Hindiston ortasidagi savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsiyaviy, innovatsiya va gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Axborot texnologiyalari, tibbiyot, farmatsevtika, turizm kabi yonalishlarda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari korib chiqildi. Shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husayn bilan uchrashuv otkazdi.

Shavkat Mirziyoyev Mamnun Husaynni Pokistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga azo bolgani bilan tabriklab, bu mamlakatlarimiz ortasidagi munosabatlarni yanada kengaytirishda muhim omil bolishini takidladi.

Uchrashuvda savdo, iqtisodiyot, qishloq xojaligi, toqimachilik va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sindao shahrida Afgoniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf Gani bilan muzokara otkazdi.

Davlatimiz rahbari Ozbekiston xalqi qardosh va qoshni Afgonistonda tinchlik barqaror bolishidan manfaatdor ekanini takidladi.

Joriy yil Toshkentda otgan Afgoniston boyicha xalqaro konferensiyadan keyin butun dunyoda yurtingizda tinchlik ornatish boyicha katta harakatlar boshlangani mamnuniyat bagishlaydi. Barcha tushunyaptiki, buning yakkayu yagona yoli muloqot. Ushbu uchrashuvimiz shu borada fikr almashish, mamlakatlarimiz uchun muhim masalalarni muhokama qilish uchun qulay fursatdir, dedi Prezidentimiz.

Ashraf Gani ikki davlat ortasidagi siyosiy muloqot keyingi paytlarda izchil faollashayotganini qayd etdi.

Ozbekistonga tashrifim doirasida erishilgan kelishuvlar qisqa muddatlarda amalga oshirilayotganini alohida takidlamoqchiman. Afgoniston masalasi boyicha yirik anjuman otkazganingiz uchun xalqimiz va hukumatimiz nomidan chuqur minnatdorlik bildiraman. Bu masalaga shaxsan etiboringiz siyosiy yechimlarga yol ochdi, dedi Afgoniston Prezidenti.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz ortasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport kommunikatsiyalari, madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirish, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining birinchi orinbosari Amina Muhammad xonimni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari keyingi ikki yilda Ozbekiston BMT hamkorligi faol tus olgani, amaliy natijalar bilan boyiganini takidladi. BMTning nufuzli delegatsiyalari mamlakatimizga muntazam tashrif buyurayotgani, Inson huquqlari boyicha Oliy komissar boshqarmasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish boyicha qabul qilingan amaliy chora-tadbirlar rejasi izchil amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Amina Muhammad Ozbekiston Prezidentining BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi ishtirokini mamnuniyat bilan yodga olar ekan, mamlakatimiz tomonidan mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, Afgonistonni qayta tiklashga komaklashish boyicha korilayotgan aniq chora-tadbirlarni yuqori baholadi. Toshkentda otgan Afgoniston boyicha xalqaro konferensiya bu masalaga jahon hamjamiyati etiborini tortgani qayd etildi.

Muloqotda BMT delegatsiyalari rahbarlari bilan bolib otgan avvalgi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi boyicha atroflicha fikr almashildi. Hamkorlikning istiqboldagi muhim yonalishlari muhokama qilindi.

 

Manba: OzA

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018