2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Sahnada "oq kema"

 

 

Bu spektaklda masum bolakayning pokiza xayollariga, begubor orzulariga oshno bolasiz, uning iztiroblari, qaygusini yurakdan his etib, oyga tolasiz. Godak dilini vayron qilgan voqeliklardan kozingizga yosh keladi. Tabiatni, borliqni, yaqinlaringizni avaylash burchingiz ekanini teranroq anglaysiz. Ozbek Milliy akademik drama teatrida atoqli adib Chingiz Aytmatovning "Oq kema" asari asosida sahnalashtirilgan shu nomdagi spektaklning premyerasi hech bir muxlisni befarq qoldirmagani aniq.

Yangi spektakl taqdimotiga mamlakatimizda faoliyat korsatayotgan xorijiy diplomatik korpus vakillari, sahna sanati ixlosmandlari, keng jamoatchilik, yoshlar taklif etildi.

Prezidentimizning 2018 yil 2 apreldagi buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash togrisidagi qarori adabiyot, teatr, sanat muxlislari, keng jamoatchilik tomonidan katta quvonch bilan kutib olindi. Yozuvchining "Oq kema" asari goyaning oddiy, ravon va tasirchan tarzda ifoda etilgani, oquvchini manqurtlik, yovuzlik, beparvolik kabi illatlardan mudom ogohlantirishi bilan barchamiz uchun qadrlidir.

"Oq kema" umuminsoniy goyalar tarannumi, bugungi kunda ham dolzarblik kasb etgan, bashoratdek yangragan goyat chuqur tarbiyaviy mazmuni bilan kitobxonlar mehrini qozongan asar, deydi Qozogiston Respublikasida xizmat korsatgan sanat arbobi, ushbu spektaklni Ozbek Milliy akademik drama teatrida sahnalashtirgan rejissyor Abubakir Rahimov. Spektakl ozbek tomoshabinlariga manzur bolganidan xursandman. Ushbu sahna asari Qozogistonda Ozbekiston yili, deb elon qilingan joriy yilda bizning yurtimizda namoyish qilinishi bilan birga, Qirgizistonda bolib otadigan xalqaro teatr festivalida ishtirok etishi kozda tutilgan. Men 1983 yilda mazkur jamoada "Abay" spektaklini sahnalashtirishda ishtirok etgan edim. Bu boradagi barcha say-harakatlar ozaro dostlik, madaniy-marifiy aloqalarning yanada mustahkamlanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yangi spektaklning inssenirovka muallifi Ozbekiston sanat arbobi, rejissyor Olimjon Salimov. Sahnalashtiruvchi rejissyor Abubakir Rahimov. Sahna rassomi Baxtiyor Torayev tomonidan tayyorlangan dekoratsiya va bezaklar spektaklga afsonaviy ruh, tasirchanlik baxsh etgan. Asosiy rollarni Farhod Abdullayev, Sayyora Yunusova, Lola Eltoyeva, Behzod Muhammadkarimov, Mirolim Qilichev, Gayrat Boymirzayev, Feruza Boboyorova kabi aktyorlar ijro etmoqda. Bola roli uchun poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 59-maktabning 5-sinf oquvchisi Bunyod Abdullayev jalb etilgani sahna asarining yanada ishonarli, samimiy bolishini taminlagan.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018