2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Xalqning yuksak ishonchi islohotlar samarasining yorqin belgisi

 

 

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va siyosiy islohotlarga xalqimizning munosabatini organish, fuqarolarning davlatimiz rahbariga ishonchi reytingini hamda u yuritayotgan tashqi va ichki siyosatni qay darajada qollab-quvvatlayotganini aniqlash maqsadida Ijtimoiy fikr jamoatchilik fikrini organish markazi tomonidan Fuqarolar Ozbekiston Respublikasi Prezidenti haqida mavzuida ijtimoiy sorov otkazildi.

Sorovda 18 yoshga tolgan va undan katta erkak va ayollar, turli millat vakillari, turli ijtimoiy qatlamlarga mansub, turli soha va tarmoqlarda mehnat qilayotgan fuqarolar ishtirok etdi.

Tadqiqot yurtdoshlarimiz Shavkat Mirziyoyevning Prezident lavozimidagi faoliyatini yuqori baholayotganini korsatdi. Fuqarolarning mutlaq kopchiligi, yani 91,9 foizi amalga oshirilayotgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, hayotimizning barcha sohalarini yanada modernizatsiya qilish, har tomonlama va jadal rivojlantirish, har bir fuqaro va butun jamiyat manfaatlarini royobga chiqarish borasida korilayotgan chora-tadbirlarni maqullamoqda va qollab-quvvatlamoqda.

Ijtimoiy sorov natijalari tahlili fuqarolarning Prezident Shavkat Mirziyoyev faoliyatiga bergan bahosida ijobiy osish kuzatilayotganini korsatdi. Xususan, bu raqam 2017 yil oktyabrdagi 89,3 foizdan 2018 yil mayda 91,9 foizga yetdi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan siyosat sizning ishonchingiz va umidlaringizni qay darajada oqladi? degan savolga sorov ishtirokchilarining mutlaq kopchiligi, yani 92,5 foizi toliq oqladi, deb javob bergan. Shunday fikrdagi fuqarolar soni 2017 yildagiga nisbatan 2,3 foizga ortgani aniqlandi.

Sorov natijalari korsatganidek, jamoatchilik fikri Prezidentimiz shaxsi atrofida jipslashmoqda. Bu davlatimiz rahbarining siyosati va uning natijalari yuqori darajada ijobiy baholanayotgani bilan izohlanadi.

Ishtirokchilarning aksariyati 92,2 foizi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan ichki siyosatni qay darajada qollab-quvvatlaysiz?, degan savolga javoban toliq qollab-quvvatlashini bildirdi.

Mamlakatimiz aholisining mutlaq kopchiligi, yani 92,2 foizi davlatimiz manfaatlarini xalqaro maydonda himoya qilish, xorijiy mamlakatlar bilan ikki va kop tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, Ozbekistonning jahondagi nufuzini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni, umuman, davlatimiz tashqi siyosatini toliq qollab-quvvatlashini qayd etgan.

Sorov ishtirokchilarining fikricha, Ozbekiston keyingi vaqtlarda xalqaro hamjamiyatdagi ornini mustahkamladi, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni taminlashda katta natijalarga erishdi, xalqaro iqtisodiy hamkorlikni, xorijiy sheriklar bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, ilmiy-texnik sohalarda ozaro manfaatli aloqalarni faol rivojlantirmoqda.

Respondentlar Prezidentimizning boshqa davlat rahbarlari bilan uchrashuvlari va rasmiy tashriflari yuksak natijalar berayotganini, ular Ozbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlanishiga, tinchlik va barqarorlik yolida ikki va kop tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga, Ozbekistonning xalqaro maydondagi ornini mustahkamlashga, mamlakatimizning jahondagi qudratli, iqtisodiy rivojlangan va obroli davlatlari qatoriga kirishiga xizmat qilayotganini qayd etgan.

Ijtimoiy sorov xalqimizning Prezidentga ishonchi yuqori ekanini korsatdi. Natijalar tahliliga kora, aksariyat yurtdoshlarimiz Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev fuqarolarning ishonch va orzu-umidlarini toliq oqladi, u el-yurt orasida yuksak hurmat-etiborga ega, aholining kopchiligi tomonidan qollab-quvvatlanayotgan davlat rahbari, degan fikrda. Prezidentga ishonch reytingi 2017 yil oktyabrdagi 93,1 foizdan 2018 yil mayda 94,1 foizga oshgani buning yorqin tasdigidir. Turli ijtimoiy qatlamlar vakillari, orta va katta yoshdagi fuqarolar, turli sohalarda mehnat qilayotgan hamyurtlarimiz Prezidentimizga toliq ishonishini takidladi hamda uning rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar jamiyatimizning barcha jabhalarini yaxshilashga, mamlakatda roy berayotgan yangilanishlar esa fuqarolarimiz hayotini ijobiy tomonga ozgartirishga xizmat qilayotganiga ishonch bildirdi.

 

Manba: OzA

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018