2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar togrisida

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

2017-2021-yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq hozirgi vaqtda respublikaga xorijiy fuqarolarning kirishi uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini optimallashtirishga, milliy iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biriga kirish turizmini transformatsiya qilish, madaniy-tarixiy merosni, tabiiy boyliklar va ananalarni, shuningdek, respublikaning turizm imkoniyatlari va salohiyatini keng targib qilishga yonaltirilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xorijiy fuqarolarning respublikaga kirishi tartibini yanada takomillashtirish elektron kirish vizasini rasmiylashtirish va berish boyicha interaktiv xizmatlarni, shuningdek, bir qator xorijiy mamlakatlar fuqarolari uchun Ozbekiston Respublikasiga vizasiz qisqa muddatli kirish va 16 yoshga tolmagan xorijiy fuqarolarning Ozbekiston Respublikasiga vizasiz kirish tartibini joriy qilish yoli bilan xorijiy fuqarolarning kirish vizasini olish jarayonlarini soddalashtirish zaruratini taqozo etadi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi Ozbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish boyicha qoshimcha tashkiliy chora-tadbirlar togrisidagi PF-5326-son Farmonining 3-bandi talablari amalga oshirilishini taminlash maqsadida:

1. Malumot uchun qabul qilinsinki, 2018-yil 15-iyuldan boshlab:

xorijiy fuqarolarning kirish vizasini rasmiylashtirish uchun Ozbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik idoralariga majburiy murojaat etishlarini bekor qilish;

xorijiy fuqaroning kirish vizasini olish uchun murojaatini korib chiqish muddatlarini qisqartirish;

respublikaga kirish uchun ruxsat beruvchi hujjatni rasmiylashtirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;

elektron kirish vizalarining yagona malumotlar bazasini shakllantirish orqali elektron kirish vizasini rasmiylashtirishning markazlashtirilgan tizimini yaratishni nazarda tutuvchi elektron kirish vizalarini rasmiylashtirish va berish tizimi (keyingi orinlarda E-VISA.UZ tizimi deb ataladi) joriy etiladi.

2. Ozbekiston Respublikasining elektron vizasi togrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoshinlarining asoslangan hisob-kitoblari boyicha E-VISA.UZ tizimi joriy qilinishini amalga oshirish uchun Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan zarur mablaglar ajratilishi taminlansin.

4. Belgilansinki, E-VISA.UZ tizimi qatnashchilarining idoraviy tizimlarini keyinchalik texnik qollab-quvvatlash va rivojlantirish Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablaglari hisobiga amalga oshiriladi.

5. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Ozbekiston Respublikasiga kirish uchun xorijiy fuqarolarga elektron vizani rasmiylashtirish va berish tizimini yanada joriy qilish, elektron vizani hamda bir qator xorijiy mamlakatlar fuqarolari uchun Ozbekiston Respublikasiga qisqa muddatli vizasiz kirish va 16 yoshga tolmagan xorijiy fuqarolarning Ozbekiston Respublikasiga vizasiz kirishini rasmiylashtirish jarayonida foydalaniladigan idoraviy tizimlarni modernizatsiya qilish boyicha Tashkiliy-texnik chora-tadbirlar kompleksini (Yol xaritasi) Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda tasdiqlashga kiritsin.

6. Xorijiy fuqarolarning Ozbekiston Respublikasiga kirishi uchun elektron viza rasmiylashtirilganligi va berilganligi uchun konsullik yigimi miqdori 20 AQSH dollari etib belgilansin, tushgan mablaglar keyinchalik Ozbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik idoralarini moliyalashtirishga yonaltirish uchun Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining valyuta hisobraqamiga otkazilsin.

7. Ozbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi, Moliya vazirligining berilgan elektron kirish vizalarini identifikatsiya qilish maqsadida dasturiy taminotni modernizatsiya qilish boyicha ishlarni moliyalashtirish uchun Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoshinlariga begaraz moliyaviy yordam sifatida Ozbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qollab-quvvatlash jamgarmasidan 300 million somni ajratish togrisidagi taklifi maqullansin (OR MB kursi 6.07.2018 da, 1$= 7846.27 som).

8. E-VISA.UZ tizimini yanada joriy qilish doirasida olib kiriladigan, Ozbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, dasturiy taminot, ehtiyot qismlar va materiallar belgilangan tartibda shakllantiriladigan royxatlar boyicha bojxona tolovlaridan 2021-yil 1-yanvargacha (bojxona yigimlaridan tashqari) ozod qilinsin.

9. 2018-yil 15-iyuldan boshlab:

Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoshinlari bolinmalariga passajirlar togrisida oldindan oz vaqtida malumot beradigan tashuvchining uchinchi mamlakatga aviabileti mavjud bolgan, 2-ilovaga muvofiq davlatlarning Ozbekiston Respublikasidan tranzit orqali otadigan fuqarolari uchun 5 sutkadan ortiq bolmagan muddatda mamlakatning xalqaro aeroportlari otkazish punktlari orqali vizasiz kirish, vaqtincha bolish va Ozbekiston Respublikasidan chiqib ketish;

xorijiy pasport yoki biometrik harakatlanish (otish) hujjati bilanqonuniy vakili kuzatuvida bolgan, 16 yoshga tolmagan xorijiy fuqarolar uchun kuzatuvchi shaxsning pasportidagi kirish vizasi muddati amal qilishi davrida, biroq Ozbekiston Respublikasiga kirgan kundan boshlab 90 kundan ortiq bolmagan davrda, otkazish punktlari orqali vizasiz kirish, vaqtincha bolish va Ozbekiston Respublikasidan chiqib ketish tartibi belgilansin.

Shu bilan birga, xorijiy fuqarolar Ozbekiston Respublikasi hududida bolgan vaqtlarida 16 yoshga tolganlarida chiqish vizasi ichki ishlar organlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bolinmalari tomonidan belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.

10. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining birinchi orinbosari M.I.Atayev, Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari A.A.Abduxakimov va Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi orinbosari A.A.Usmanov:

Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi va Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi bilan hamkorlikda 2018-yil 1-oktyabrgacha bolgan muddatda Ozbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan xorijiy fuqarolarning turli toifalariga qoshimcha viza rejimlarini joriy qilish boyicha taklif kiritsin (Silk road Ipak yoli mamlakatlari boylab sayohat qilayotgan turistlar uchun boshqa mamlakatlar viza belgilarini tan olish imkoniyati bilan, Vatandosh kelib chiqishi Ozbekiston Respublikasidan bolganlar va ularning oila azolariga besh yillik viza, Golden visa yirik xorijiy investorlar uchun on yillik viza);

Ozbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoshinlari bilan hamkorlikda yolovchilar togrisida oldindan malumot olish tizimini ishga tushirgach Ozbekiston Respublikasidan tranzit orqali otadigan, vaqtincha boladigan va Ozbekiston Respublikasidan chiqib ketadigan xorijiy fuqarolar uchun yerdagi otkazish punktlari orqali vizasiz kirish tartibini joriy qilishni taminlasin;

Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi bilan hamkorlikda Ozbekiston Respublikasidan tranzit orqali otadigan, vaqtincha boladigan va Ozbekiston Respublikasidan chiqib ketadigan xorijiy fuqarolar uchun vizasiz kirish tartibini joriy qilish natijasiga kora 2019 yil 1 martgacha bolgan muddatda fuqarolari Ozbekiston Respublikasidan tranzit orqali otadigan, vaqtincha boladigan va Ozbekiston Respublikasidan chiqib ketadigan mamlakatlar royxatini kengaytirish boyicha taklif kiritsin.

11. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari togrisidagiPQ-3509-son qarorining 2-bandi oz kuchini yoqotgan deb hisoblansin.

12. Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Ozbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalari mazkur qaror qoidalarining keng yoritilishini taminlasin.

13. Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ozbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari orqali 2018-yil 15-iyuldan boshlab Ozbekiston Respublikasi hududiga xorijiy fuqarolarning kirishi uchun elektron vizalarni rasmiylashtirish va berish tartibi, bir qator xorijiy mamlakatlar fuqarolariga Ozbekiston Respublikasiga qisqa muddatli vizasiz kirish hamda 16 yoshga tolmagan xorijiy fuqarolarning Ozbekiston Respublikasiga vizasiz kirishi joriy qilinganligi togrisida keng xabardor bolishini taminlasin.

14. Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ichki ishlar vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan ozgartirish va qoshimchalar togrisidagi takliflarni ikki oy muddatda Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V.Maxmudov va Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining orinbosari A.A.Abduxakimov zimmasiga yuklansin.

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

 

Toshkent shahri, 2018-yil 4-iyul

 

Manba: OzA

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018