2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Mamlakatimiz qurilish sohasi xodimlariga

Muhtaram dostlar!

Hurmatli quruvchilar!

Siz, azizlarni mamlakatimizning qurilish sohasini ravnaq toptirishga munosib hissa qoshib kelayotgan barcha yurtdoshlarimizni bugungi kasb bayramingiz Qurilish sohasi xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Mana shu qutlug ayyomda sizlarga oz nomimdan, xalqimiz nomidan ezgu tilaklar va chuqur minnatdorlik bildiraman.

Biz sizlarning timsolingizda oz mehnati bilan shahar va qishloqlarimizda, butun yurtimizda yangi ishlab chiqarish korxonalari, muhim ijtimoiy obyektlar, muhtasham uy-joylar, yol va kopriklar barpo etib, hayotimizni yanada obod, gozal va tarovatli etish yolida fidokorona mehnat qilib kelayotgan olijanob kasb egalarini koramiz.

Shuni alohida takidlash lozimki, hozirgi kunda, butun mamlakatimiz kabi, qurilish sohasi ham oz taraqqiyotining yangi bosqichiga kotarilmoqda.

Iqtisodiyotimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar,ijtimoiy hayotimizdagi ulkan ozgarishlar, jumladan, Obod qishloq, Obod mahalla dasturlari doirasida belgilab olgan vazifalarimiz soha rivojini mutlaqo yangicha tarzda, zamonaviy ilm-fan va innovatsiya yutuqlari asosida tashkil etishni talab etmoqda.

Bunyodkorlik yonalishidagi ishlarimizning miqyosi va kolamini birgina Obod qishloq davlat dasturi doirasida mamlakatimizdagi 159 ta tumanda 416 ta qishloqni obodonlashtirish boyichaishlab chiqilgan bosh rejalar asosida qisqa muddatda 320 ta maktab, 231 ta maktabgacha talim, 148 ta sogliqni saqlash muassasasi va 77 ta mahalla fuqarolar yigini binolari, koplab kocha va maydonlar, jamoat maskanlarida katta qurilish ishlari olib borilayotganida korish mumkin.

Bu borada davlat xususiy sheriklik munosabatlari, qurilish tashkilotlari va aholi hamkorligi kabi yangicha faoliyat shakllari samarali qollanayotganini alohida takidlash lozim.

Obod mahalla dasturi boyicha 2018 yilda mamlakatimizning 148 ta mahallasida tamirlash, ichimlik suvi, elektr, tabiiy gaz tarmoqlari, ichki yollar, ijtimoiy soha va bozor infratuzilmasi obyektlarida qurilish-tamirlash ishlari boshlanib, ozining dastlabki natijalarini berayotgani barchamizni albatta quvontiradi.

Butun yurtimizni qamrab olgan ana shunday salmoqli ishlarda, shuningdek, bu yil namunaviy loyihalar asosida quriladigan 3,5 million kvadrat metrdan iborat 28 435 ta arzon uy-joylarni barpo etishda biz, avvalo, sizlarning professional malakangiz, bilim va tajribangiz, yuksak mahoratingizga tayanamiz.

Xalqimizning hayot sifati va darajasini oshirishga bevosita xizmat qiladigan bunday ezgu ishlar haqida gapirganda, aholi punktlarini qurishda kompleksyondashuv asosida uy-joy, turli bino va inshootlar bilan birga hududlarda ijtimoiy infratuzilma obyektlari, savdo va xizmat korsatish shoxobchalari, talim, tibbiyot va madaniyat muassasalari, yangi istirohat boglari va xiyobonlar, favvoralar, bolalar maydonchalari va sport maskanlari bunyod etilayotganini mamnuniyat bilan takidlash lozim.

2018-yilgi Investitsiya dasturi boyicha 1 114 ta ijtimoiy soha obyektlarida keng kolamli qurilish, rekonstruksiya va kapital tamirlash ishlari olib borilmoqda.

Bugungi kunda sahrodagi mojiza deb etirof etilayotgan Qandim gazni qayta ishlash kompleksi, yurtimizdagi yangi-yangi erkin iqtisodiy zonalar, sanoat hududlaridagi yirik obyektlar qurilishi, turli kommunikatsiya tarmoqlari bularning barchasi sizlarning mashaqqatli va sharafli mehnatingiz natijasi ekanini xalqimiz yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi.

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda qurilish materiallari sanoati jadal rivojlanib borayotgani ham soha taraqqiyotida muhim rol oynamoqda. Birgina uy-joy binokorligida foydalanilayotgan sifatli qurilish materiallarining 95 foizi mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilayotgani buni yaqqol tasdiqlaydi. Eng muhimi, bunday ozgarishlar qad kotarayotgan imoratlarning mustahkamligini va narxi nisbatan arzonligini taminlashga, yangi ish orinlari yaratishga xizmat qilmoqda.

Ayni paytda zamon, islohotlarimizning ozi barcha jabhalar qatori ushbu sohada ham yangi, yanada dolzarb vazifalarni oldimizga qoymoqda.

Xususan, aholini toza ichimlik suvi bilan taminlash, qishloqlarni tuman markazlari bilan boglaydigan zamonaviy yollar qurish, namunaviy loyihalar asosida yangi bogchalar, maktablar, oilaviy poliklinikalar barpo etish, bozor infratuzilmasi obyektlari va servis shoxobchalarini kopaytirish, aholi va pudrat tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlarini qurilish materiallari bilan markazlashgan holda taminlash tizimini yolga qoyish, qurilish bozorini yangi innovatsion xizmatlar bilan toldirib borish, soha uchun yuqori malakali qadrlar tayyorlash kabi masalalar biz uchun goyat dolzarbdir.

Ishonaman, qoli gul, azmu shijoatli Ozbekiston quruvchilari bor bilim va tajribasi, kuch va imkoniyatlarini safarbar etib, bunday ulugvor vazifalarni albatta sharaf bilan ado etadilar.

Aziz va muhtaram qurilish sohasi xodimlari!

Sizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Yurtimiz obodligi, xalqimiz farovonligi yolida olib borayotgan xayrli ishlaringizda doimo yutuq va muvaffaqiyatlar yor bolsin!

 

Shavkat MIRZIYOYEV,

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018