2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Xorijdagi yurtdoshlarimiz Ozbekistondagi islohotlarga oz hissasini qoshadi

 

Yaqinda xorijda oqiyotgan va ishlayotgan, turli sohalarda muvaffaqiyatga erishgan bir guruh vatandoshlarimiz tomonidan Buyuk kelajak xalqaro nodavlat notijorat tashkilotiga asos solingan edi. Qayd etish kerakki, ushbu tashabbus Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil sentabr oyida Nyu-York shahrida Amerika Qoshma Shtatlarida istiqomat qilayotgan bir guruh vatandoshlarimiz bilan uchrashuv chogida bildirgan taklifiga oziga xos javob boldi.

Davlatimiz rahbari oshanda xorijdagi vatandoshlarimizni Ozbekistonda olib borilayotgan keng kolamli islohotlarda qatnashishga, oz bilim hamda tajribalari bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoshishga chorlagan edi.

Joriy yil boshidan Buyuk kelajak ekspertlar kengashini tuzish tashabbusi royobiga kirishildi. Yangi tuzilma faoliyatida bilimi, tajribasi va salohiyati bilan ishtirok etmoqchi bolgan yurtdoshlarimizni dunyoning barcha nuqtasida AQShdan Yaponiyaga, Rossiyadan Kanadaga qadar bolgan davlatlarda uchratish mumkin. Iqtisodiyot, huquq, moliya, talim, tibbiyot singari koplab sohalardagi 100 nafardan ortiq yetakchi mutaxassislar, ekspertlar bir maqsad yolida, yani Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning davomi sifatida Ozbekistonni 2035-yilga qadar taraqqiy toptirish goyasi atrofida birlashdi, desak, mubolaga bolmaydi.

Ekspertlik kengashi faoliyati xalqaro amaliyotga, milliy bozorning xolis tahliliga, eng muhimi, dunyoning nufuzli kompaniyalarida faoliyat yuritayotgan ozbekistonlik yuqori malakali mutaxassislarning shaxsiy tajribasi, bilim hamda konikmalariga asoslangan.

Poytaxtimizda Buyuk kelajak xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati taqdimotiga bagishlangan matbuot anjumani tashkil qilindi. Qayd etish kerakki, xorijdagi yurtdoshlarimizdan iborat Buyuk kelajak ekspertlar kengashi tashkilotning axborot-tahliliy bolinmasi hisoblanadi.

Tadbirda takidlanganidek, mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish, davlat va jamiyat hayotini isloh etish borasida keng kolamli ishlar amalga oshirilayotir. Mazkur jarayonda xalqaro tajriba hamda ilmiy yondashuvlardan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega. Binobarin, dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi kompaniyalarda, ilmiy-tadqiqot muassasalarida, oliy oquv yurtlarida koplab ozbekistonlik mutaxassislar muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Bu juda katta salohiyat, deydi Buyuk kelajak ekspertlar kengashi azosi, Rosnano boshqaruv kompaniyasi istiqbolli loyihalarni rivojlantirish bloki rahbari A. Kalanov. Biz xorijdagi vatandoshlarimizni birlashtirish haqida uzoq oyladik. Ochigi, jonajon Ozbekistonga bolgan muhabbatimiz bu yolda asosiy omilga aylandi. Garchi biz dunyoning turli mamlakatlarida istiqomat qilsak-da, qalban Vatanga talpinib yashaymiz. Prezident Shavkat Mirziyoyevning chorlovini eshitishimiz bilan ich-ichimizdan labbay deb javob berdik. Avvaliga uncha kop emas edik, asta-sekin safimiz kengayib, ushbu goya atrofida birlashayotgan vatandoshlarimiz tobora kopaymoqda. Bugun Buyuk kelajak yuzdan ortiq yuqori malakali mutaxassislar, degani. Asosiy maqsadimiz Ozbekistondagi islohotlarga oz hissamizni qoshishdan iborat. Shu yolda ochiq-oshkora, davlat hamda jamoat tashkilotlari bilan bahamjihat ishlaymiz.

Buyuk kelajak ekspertlar kengashi azosi, Rossiya Federatsiyasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari va maxsus xizmatlari xodimlari assotsiatsiyasi direktori orinbosari B. Ismoilovning qayd etishicha, joriy yilning iyun oyida Toshkentda Buyuk kelajak tashkiloti tomonidan xorijdagi vatandoshlar ilk forumi otkaziladi. Unda Ozbekistonning 2035 yilgacha bolgan uzoq muddatli rivojlanish modeli muhokama qilinadi. Ishtirokchilar dolzarb mavzular, shu jumladan, qishloq xojaligida suniy intellektdan foydalanish, inson kapitalini yaxshilash, shaharsozlikning zamonaviy tendensiyalari, Ozbekistonning mintaqadagi mavqeini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qilishadi. Biz xorijda yashab, xalqaro investorlar, yirik banklar va biznes doiralarda Ozbekistonga nisbatan shakllanayotgan ijobiy munosabatga yaqqol guvoh bolib turibmiz. Biz bunday ozgarishlarni qollab-quvvatlashni istaymiz. Shu orinda Buyuk kelajak tashabbusiga qiziqish tobora kuchayib borayotganini aytishni istardim. Shuning uchun ham istiqbolda Buyuk aloqa onlayn-platformasini yaratishni rejalashtirayapmiz. Yangi texnologiyalar asosida chet eldagi minglab ozbek ekspertlarini faoliyatimizga jalb qilamiz. Dunyoning istalgan nuqtasida, ayniqsa, Ozbekiston vazirlik va idoralarida ushbu platformadan foydalanish imkoniyati mavjud. Maqsadimiz vatandoshlarimizning ulkan salohiyatini yurtimiz ravnaqiga yonaltirishdir, deydi u.

Tadbir doirasida Tokio, Istanbul, Moskva, Bryussel, London, Jeneva, Toronto, Kopengagen, Nyu-York, San-Fransisko, Dubay singari shaharlarda istiqomat qiladigan yurtdoshlarimiz bilan telekoprik orqali muloqot qilindi.

Urgutdanman, deydi AQShning Kaliforniya shtatida yashaydigan olim Sharof Tugizov. Samarqand davlat qishloq xojaligi institutini tamomlaganman. 1991 yildan beri San-Fransiskoda yashayman. Hozirgi paytda Kaliforniya universitetining tibbiyot fakultetida yuqumli kasalliklar kafedrasi professoriman. Ozbekistonda biotexnologiyalarni rivojlantirishga doir loyihani hamda yurtimizda ilm-fan sohasini isloh qilish boyicha tahliliy monografiya tayyorladim.

Taqdimotda tashkilotning yaqin istiqboldagi faoliyati, kozda tutilayotgan loyihalar haqida atroflicha malumot berildi.

Tadbirda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi orinbosari B. Mavlonov ishtirok etdi va nutq sozladi.

 

Manba: Xalq sozi gazetasi

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018