2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda organish va targib qilishning dolzarb masalalari mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga

Hurmatli konferensiya qatnashchilari!

Qadrli dostlar!

Xonimlar va janoblar!

Avvalambor, siz azizlarni dunyoning olis va yaqin turli qita va mintaqalaridan yurtimizga tashrif buyurgan muhtaram mehmonlarimizni bugungi adabiy anjumanning ochilishi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Sizlarning ushbu nufuzli xalqaro konferensiyadagi ishtirokingizni biz birinchi navbatda ozbek xalqiga, uning qadimiy va boy manaviy merosiga, zamonaviy adabiyotiga bolgan chuqur hurmat va etiborning amaliy ifodasi sifatida qabul qilamiz.

Biz sizlarning har biringizni ozbek adabiyoti va madaniyatining mohir bilimdoni va jonkuyar targibotchisi, Ozbekistonning chinakam dosti, manaviyat sohasidagi ishonchli hamkorimiz deb bilamiz va sizlarning olijanob faoliyatingizni yuksak baholaymiz.

Fursatdan foydalanib, milliy adabiyotimizni oz yurtingizda va xalqaro maydonda begaraz targib va tashviq etib kelayotganingiz uchun barchangizga samimiy minnatdorlik izhor etishni ozimning sharafli burchim, deb bilaman.

Muhtaram anjuman ishtirokchilari!

Goyat muhim va dolzarb mavzuga bagishlangan ushbu konferensiya Ozbekiston Respublikasining mustaqillik bayrami arafasida bolib otayotgani oziga xos ramziy manoga ega.

Bundan yigirma yetti yil oldin xalqimizning xohish-irodasi va azmu qarori bilan qolga kiritilgan milliy mustaqillik biz uchun jahon xalqlarining erkin va ozod oilasiga teng huquqli azo bolib kirish, dunyo hamjamiyati bilan barcha sohalarda, jumladan, madaniy-gumanitar sohada samarali hamkorlik ornatish imkonini yaratib berdi.

Bugungi kunda Ozbekiston oz taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga qadam qoymoqda. Biz milliy tiklanishdan milliy yuksalishga erishishni oz oldimizga eng muhim va ustuvor vazifa qilib qoydik. Bu ulug maqsadga esa jahon ahli bilan hamjihat va hamkor bolib yashash, ochiq demokratik jamiyat qurish, hayotimizda milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat tuygusini yanada keng qaror toptirish orqaligina erishish mumkinligini biz yaxshi anglaymiz.

Ayni shu nuqtai nazardan qaraganda, ozbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda organish va targib qilish, kopqirrali bu mavzuni bugungi kunda dunyo adabiy makonida yuz berayotgan eng muhim jarayonlar bilan uzviy bogliq holda tahlil etib, zarur ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish, kelgusi vazifalarimizni belgilab olish, oylaymanki, katta ahamiyatga ega.

Ayniqsa, hozirgi notinch va tahlikali zamonda butun bashariyat oldida paydo bolayotgan, biz ilgari duch kelmagan goyat murakkab muammolar, global xavf-xatarlarni birgalikda bartaraf etish, shu yolda barcha ezgu niyatli insonlarni birlashtirishda, dunyo aholisining qariyb uchdan bir qismini tashkil etadigan yoshlarni gumanistik goyalar ruhida tarbiyalashda badiiy soz sanatining orni va masuliyatini har qachongidan ham yuksaltirish zarurligini bugun hayotning ozi taqozo etmoqda.

Bu borada Ozbekistonda amalga oshirilayotgan etiborga molik ishlar, xususan, ilm-fan, talim-tarbiya, madaniyat, sanat va adabiyot sohalarini izchil rivojlantirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida ilm va ijod ahlini har tomonlama qollab-quvvatlash, kitobxonlik madaniyatini oshirish kabi vazifalar davlat siyosatining ustuvor yonalishiga aylangani haqida sizlar konferensiya ishi davomida yetarlicha malumotga ega bolasiz, deb oylayman.

Bu haqda gapirganda, bir fikrga alohida urgu berishni orinli, deb bilaman.

Biz Ozbekistonda Adabiy dostlik abadiy dostlik degan chuqur manoli tamoyilga amal qilgan holda, jahon adabiyotining durdona asarlarini ozbek tiliga tarjima qilish va nashr etish masalasiga goyat jiddiy etibor qaratmoqdamiz.

Yurtimizda dunyo adabiyotining bebaho mulki bolgan ming-minglab asarlar tarjima qilinib, kitobxonlar qalbidan joy olgani, badiiy tarjima va tarjimashunoslik boyicha oziga xos ijodiy maktab shakllanganini alohida takidlash lozim.

Shu bilan bir qatorda, asrlar davomida komil inson tarbiyasi, adolatli jamiyat, shaxs erkinligi, Vatan ozodligi, bunyodkorlik, bagrikenglik va baynalmilalchilik, odamiylik kabi olmas fazilatlarni tarannum etib kelayotgan mumtoz va zamonaviy adabiyotimizning eng sara namunalarini xorijiy tillarga ogirish va chet ellarda targib etish boyicha ham mamlakatimizda katta ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu borada respublikamiz talim muassasalarida ozbek tili bilan birga qoraqalpoq, rus, tojik, qozoq, qirgiz, turkman tillarida talim berish yolga qoyilgani, oliy oquv yurtlarimizda ingliz, fransuz, nemis, ispan, yapon, xitoy, koreys, arab filologiyasi maxsus fan sifatida oqitilayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ayni vaqtda bu sohada ham oldimizda kopgina dolzarb va muhim vazifalar turganini ham qayd etish zarur. Xususan, hozirga qadar jahon adabiyotidan ona tilimizga tarjima qilingan aksariyat asarlar vosita tillar orqali amalga oshirilgan va bu hol bugungi kunda ham davom etmoqda. Yosh tarjimonlarimiz asliyat tilini yaxshi bilsalar-da, kop hollarda ularda badiiy mahorat yetishmayapti. Xuddi shunday holatni ozbek adabiyoti namunalarini boshqa tillarga tarjima qilish sohasida ham kuzatish mumkin.

Bugun mamlakatimizda sizlarning faol say-harakatingiz bilan birinchi bor otkazilayotgan ushbu xalqaro konferensiya mana shunday muhim ijodiy muammolarni atroflicha muhokama qilish, bu borada xalqaro tajriba, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, Internet imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalanish, dostlik aloqalarini tiklash va mustahkamlash, ijodiy uyushmalar, adabiy nashrlar ortasida hamkorlikni kuchaytirish, ozaro bordi-keldilarni yolga qoyishga doir amaliy takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi, deb ishonaman.

Bu muhim yonalishda biz sizlar bilan har tomonlama samarali hamkorlik qilishga doimo tayyormiz. Jumladan, Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshida sizlarning ishtirokingizda Ozbek adabiyotining xorijiy dostlari kengashini tuzish va uning faoliyatini tizimli asosda tashkil etish bu yoldagi dastlabki amaliy qadam bolishi mumkin.

Muhtaram dostlar!

Bundan yuz yil muqaddam buyuk ozbek shoiri Abdulhamid Sulaymon ogli Cholpon Adabiyot yashasa, millat yashar! degan otashin davat bilan maydonga chiqqan edi.

Hayot va tarix sinovlaridan otgan teran manoli bu sozlar bugun ham oz ahamiyati va qimmatini yoqotgan emas. Darhaqiqat, adabiyot, sanat va madaniyat yashasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavol yashaydi.

Mana shunday ezgu va sharafli ishga oz hayotini bagishlagan siz, azizlarga sihat-salomatlik, ijodiy yutuqlar, baxt va omad, konferensiya ishiga muvaffaqiyat tilayman.

Shavkat Mirziyoyev,

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018