2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Andijonda insulin ishlab chiqarish yolga qoyildi

 

Andijon tumanidagi Xortum qishlogida yiliga 10 million flakon insulin dori vositasi ishlab chiqarish quvvatiga ega zavod ish boshladi.

Hududi qariyb 1,5 gektar maydonni egallagan ushbu zavod Markaziy Osiyoda yagona bolib, asosan qandli diabet kasalligini davolashda qollaniladigan insulin dori vositasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Qurilish-montaj ishlari Gulf pharmaceutical industries kompaniyasi komagida Server Servis Health xususiy qurilish-montaj korxonasi quruvchilari tomonidan bajarildi. Ilgor texnologiyalar bilan jihozlangan ushbu zamonaviy zavodda ishchi-xizmatchilarning samarali faoliyat yuritishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Korxona hududi va atrofida ham katta hajmdagi obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan.

Mazkur zavod bankimizning Andijon filiali moliyaviy komagida barpo etildi, deydi Trastbank xususiy aksiyadorlik banki boshqaruvi raisi Sardor Normuhamedov. Qurilish, xorijiy texnologiyalarni xarid qilish uchun 14 milliard som kredit ajratildi (OR MB kursi 07.05.2018 da, 1$=  8059.24 som). Bu yurtimizda import ornini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi ish orinlari yaratishga xizmat qiladi.

Darhaqiqat, Trastbank xususiy aksiyadorlik banki tomonidan 2017-yilda real sektorni kreditlashga 1 trillion somdan ortiq mablag ajratilgan. Uning 450 milliard somi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qollab-quvvatlashga yonaltirilgan. Ushbu sarmoya hisobiga amalga oshirilgan loyihalar doirasida 548 ish orni yaratilgan.

Ayni paytga qadar insulin dori vositasi yurtimizga chetdan keltiriladi. Zavodning ishga tushirilishi bilan ushbu dori vositasi importi hajmi kamayadi, valyuta tejaladi, dorining tannarxi pasayadi. Yani, xorijdan 3-4 AQSh dollari evaziga keltirilayotgan insulin endi korxona tomonidan aholiga 2,5 dollar qiymatda yetkazib beriladi.

Umumiy loyiha qiymati qariyb 28 milliard som bolgan ushbu zavodga Germaniya, Fransiya, Shveytsariya, Xitoy, Hindiston davlatlaridan zamonaviy uskuna va texnologiyalar keltirib ornatildi. Insulin dori vositasini sifatli, xalqaro talablar darajasida tayyorlash boyicha zarur barcha ishlar bajarildi.

Zavod yiliga 10 million flakon insulin ishlab chiqarish quvvatiga ega, deydi Zamin Bio Health masuliyati cheklangan jamiyati rahbari Avazbek Nizomov. Mahsulotimizning 30 foizi mamlakatimiz ichki bozori talabini qoplaydi, qolgan qismi, yani yiliga 2 million AQSh dollari miqdoridagi mahsulot Qirgiziston, Qozogiston va boshqa davlatlarga eksport qilinadi.

Zavod ishga tushishi bilan 100 kishi doimiy ish orniga ega boldi. Ularning 20 dan ortigi kollej bitiruvchilaridir.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018