2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Birinchi forum taassurotlarga boy boldi

 

Samarqand shahrida otkazilgan Markaziy Osiyo yoshlarining birinchi forumi ishtirokchilari ana shunday xulosaga keldi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan forum doirasida mintaqa yoshlarini birlashtiradigan loyihalar, goyalar va ularni hayotga tatbiq etish masalalari muhokama etildi. Markaziy Osiyo mintaqasida fan va talimni rivojlantirish, madaniy hamkorlik, turizm, ekstremizm va radikalizmning oldini olish masalalari yuzasidan davra suhbatlari otkazildi.

29 iyun kuni forum yakunlariga bagishlangan xalqaro press-klubda Ozbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi orinbosari K.Beknazarov, Qozogistonning Nur Otan partiyasi Jas Otan yoshlar qanoti raisi D.Sundetbayev, Qirgizistonning Yoshlar, jismoniy tarbiya va sport davlat agentligi direktori K.Amankulov, Tojikiston yoshlar ittifoqi raisi orinbosari R.Nazarzoda Markaziy Osiyo yoshlarini birlashtirish uchun xuddi shunday platformaga ehtiyoj bolganini va ushbu forum bu borada ayni muddao ekanini takidladi. Forumda muhokama etilgan masalalar yuzasidan xulosalar bildirildi.

Samarqandda otgan anjumanda bizning hamkorlikdagi harakatlarimiz nafaqat yoshlar kelajagi, balki mamlakatlarimiz taraqqiyoti uchun ham xizmat qilishini angladik, deydi tojikistonlik faol G.Qosimov. Forum tadbirlari davomida ilm-fan, texnologiya va turizm sohalarida fikr almashdik, tengdoshlarimizning bilim olishi, kasb-hunar egallashidagi ayrim muammolar yechimi boyicha takliflar bildirdik. Markaziy Osiyo davlatlari yoshlari ortasida robototexnika tanlovi, Startap loyihalarini amalga oshirishga kelishib oldik.

Forum ishtirokchilari tadbirlarning yuqori saviyada tashkil etilganini takidlab, faollik va yuksak saviyadagi mehmondostlik uchun tashkilotchilarga hamda ozbekistonlik yoshlarga minnatdorlik bildirdi.

 

Manba: OzA


 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018