2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Koreya Respublikasi delegatsiyasini qabul qildi

 

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-may kuni Koreya Respublikasining Shimol bilan iqtisodiy hamkorlik boyicha qomitasi raisi Son Yon Gil boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, Janubiy Koreya rahbariyati va xalqini joriy yil 27-aprel kuni Pxanmunjomda Koreyalararo sammit muvaffaqiyatli otgani bilan yana bir bor tabrikladi.

Ushbu tarixiy tadbir Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning KXDR bilan munosabatlarni yaxshilash, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni taminlash, ishonch muhitini mustahkamlashga qaratilgan Yangi shimoliy siyosatni royobga chiqarish borasidagi qatiy pozitsiyasi va say-harakatlari tufayli samarali natijalar berayotgani alohida takidlandi.

Ozbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi ortasidagi strategik sheriklik izchil rivojlanib, kop qirrali hamkorlik kengayib borayotgani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi.

2017-yil noyabr oyida Janubiy Koreyaga oliy darajadagi tashrif yakunida erishilgan kelishuvlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada yuksak darajaga olib chiqib, sifat jihatidan yangi mazmun, turli sohalarga doir aniq loyihalar va dasturlar bilan boyitdi.

Suhbatda mamlakatlarimiz ortasida savdo-iqtisodiy, moliyaviy-investitsiyaviy, innovatsiya va gumanitar, jumladan, talim va sogliqni saqlash sohalaridagi ozaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Son Yon Gil davlatimiz rahbariga samimiy qabul va tabrik uchun minnatdorlik bildirib, Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Mehmon Koreya Respublikasi bepoyon mintaqaning tinchligi, barqarorligi va izchil taraqqiyoti yolida Ozbekiston Respublikasi bilan keng kolamli va kop formatli sheriklikni yanada kengaytirish va mustahkamlashdan manfaatdor ekanini takidladi.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018