2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston Qirgiziston: Parlamentlararo aloqalar mustahkamlanmoqda

 

 

Fargonada Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Qirgiziston Respublikasi Jogorku Keneshi ortasida hamkorlik boyicha parlamentlararo komissiyaning birinchi majlisi bolib otdi.

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi orinbosari Sodiq Safoyev, Qirgiziston Respublikasi Jogorku Keneshi Torogasi orinbosari Asel Koduranova mamlakatlarimiz parlamentlari ortasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda muntazam muloqot, barcha yonalishlarda ozaro hamkorlikning qonuniy asosini rivojlantirish muhimligini alohida takidladi.

Bugungi kunda yaxshi qoshnilik, dostlik va ozaro ishonchga asoslangan Ozbekiston Qirgiziston munosabatlari turli yonalishlarda jadal taraqqiy etmoqda. Parlamentlar, turli vazirlik va idoralar, hududlar ortasida aloqalar tobora kengaymoqda.

Mazkur parlamentlararo komissiyaning tashkil etilishi bu boradagi ishlarning amaliy natijalaridan biridir.

Majlisda parlamentlararo munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama etildi.

Muntazamlik kasb etayotgan uchrashuvlar, samimiy muloqotlar ozaro hamkorlik rivojiga katta turtki bermoqda, dedi Asel Koduranova. Hamkorlikni rivojlantirishga mushtarak intilish parlamentlararo munosabatlarda ham yaqqol kozga tashlanmoqda. Parlamentlararo komissiyaning birinchi majlisi yuqori saviyada tashkil etilib, kelgusidagi muhim vazifalar, hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

Komissiya majlisi yakunida Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bilan Qirgiziston Respublikasi Jogorku Keneshi ortasida hamkorlik boyicha parlamentlararo komissiyaning reglamenti, shuningdek, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bilan Qirgiziston Respublikasi Jogorku Keneshi devonining ilmiy-tadqiqot markazi ortasida ozaro hamkorlik togrisida memorandum imzolandi.

 

Manba: OzA

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018