ПОСОЛЬСТВО РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН В КЫРГЫЗСКОЙ РЕСПУБЛИКЕ

ПОСОЛЬСТВО РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН
В КЫРГЫЗСКОЙ РЕСПУБЛИКЕ

Амир Тимур
      В  УЗБЕКИСТАНЕ  2018  ГОД  ОБЪЯВЛЕН  ГОДОМ  ПОДДЕРЖКИ АКТИВНОГО ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА,   ИННОВАЦИОННЫХ ИДЕЙ И ТЕХНОЛОГИЙ                         НЕЗАВИСИМОСТИ  УЗБЕКИСТАНА  –  27  ЛЕТ                            УЗБЕКИСТАН  –  СТРАНА  ОГРОМНЫХ  ЭКОНОМИЧЕСКИХ  И  ИНВЕСТИЦИОННЫХ  ВОЗМОЖНОСТЕЙ 

 

Главная

Узбекистан

Президент

Внешняя политика

Экономика

Законодательство

Туризм

Посольство

Yangiliklar

Новости

News

Мультимедиа

Консульские вопросы

Виза в Узбекистан

Контакты






































 

GISMETEO: Погода по г.Ташкент
GISMETEO: Погода по г.Бишкек

 

 Y a n g i l i k l a r

2018-yil aprel oyi uchun O`zbekiston Respublikasi iste`mol sektoridagi inflyatsiya darajasi

 

2018 yilning aprel oyida iste`mol bozoridagi narx va tariflar o`sish sur`ati 0,9 %ni tashkil etdi. Shundan, mahsulotlar oy davomida o`rtacha 0,4 %ga hamda xizmatlar 2,7 %ga qimmatlashdi.

2018 yil aprel oyidagi narx indekslarini o`tgan oylar dinamikasi bilan taqqoslaganda, ushbu oyda xizmatlar narxi o`sish sur`ati bo`yicha mahsulotlar narxiga nisbatan sezilarli darajada yuqori bo`ldi. 

Tahlil ma`lumotlariga ko`ra, o`tgan davr mobaynida asosiy guruhlar bo`yicha narxlarning o`zgarishi va ularning iste`mol narxlari indeksi (keyingi o`rinlarda INI)ning o`sishiga mahsulotlar 0,3 foiz darajasi (keyingi o`rinlarda f.d.) hamda xizmatlar 0,6 f.d.da ta`sir ko`rsatgan.

Oziq-ovqat mahsulotlari oy davomida o`rtacha 0,3 %ga qimmatlashib, bu o`z navbatida INIning umumiy o`sishiga 0,1 f.d.da ta`sir ko`rsatdi.

Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari guruhi orasida narxlarning o`sishi hamda pasayishi bo`yicha yetakchilik mos ravishda meva-sabzavot mahsulotlari va tuxumga tegishlidir.

Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan tuxum va shakar mahsulotlari narxlari sezilarli darajada arzonlashgani (mos ravishda 7,5 % va 3,6 %) boisi, ushbu turdagi mahsulotlar bilan ichki bozorning to`yinganligidir.

Boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining o`rtacha narxlarida jiddiy o`zgarishlar deyarli kuzatilmadi.

Joriy yilning aprel oyi davomida nooziq-ovqat mahsulotlar narxlari nisbatan barqaror sur`atda o`sganligi qayd etildi. Nooziq-ovqat mahsulotlari o`tgan oyga nisbatan ozgina qimmatlashib, (oylik o`rtacha 0,4 %) bu esa INIning umumiy o`sishiga 0,2 f.d.da ta`sir ko`rsatdi.

Sezilarli darajada qurilish materiallari, maishiy to`qimachilik mahsulotlari, oshxona jihozlari hamda avtomobillar uchun yoqilg`i narxlari qimmatlashgan.

Joriy yilning aprel oyi davomida qurilish materiallari narxlari o`sish sur`ati ancha pasaygan bo`lsada, baribir noozik-ovqat mahsulotlari umumiy guruhining o`rtacha narxlaridan yuqori darajada qimmatlashdi.

Narxlarning asosiy o`sishi g`isht (3,6 %), sement (2,5 %), bo`yoqlar (1,6 %) gulqog`oz (1,0 %) mahsulotlarida kuzatildi.

Avtomobillar uchun yoqilg`i narxlari indeksining oshishida shuni alohida ta`kidlab o`tish joizki, metan narxining bir qator viloyatlar bo`yicha  qimmatlashganligi (respublika bo`yicha o`rtacha o`sish darajasi 8,4 %ni tashkil etdi), shuningdek, mamlakatning barcha hududlari kesimida propan narxining o`rtacha 18,7 %ga arzonlashganligi natijasida yuzaga keldi.

Kiyim-kechak va oyoq kiyim narxlarining ko`tarilishi, mavsumiy o`zgarishlar ta`siri natijasida sodir bo`ldi: bahor-yoz mavsumiy kiyim-kechak hamda oyoq kiyim narxlari qimmatlashishi barobarida, qishki kiyimlar va oyoq kiyimlar narxlarining arzonlashishi kuzatildi.

Aholi uchun xizmatlar oy davomida o`rtacha 2,7 %ga ko`tarildi. Bu esa INI umumiy o`sishiga 0,6 f.d.da ta`sir etdi.

Uy-joy kommunal xo`jaligida narx tariflarinng ko`tarilishi umumiy INI o`sishiga 0,5 f.d.da ta`sir etishi bilan bir qatorda, jami xizmatlar guruhining o`rtacha o`sish darajasiga katta ta`sir ko`rsatdi.

2018 yil 1 apreldan boshlab Moliya vazirligining qaroriga asosan Respublikaning barcha hududlarida elektr energiya hamda tabiiy gaz uchun to`lovlarning oshgan narx tariflari joriy qilindi.

Shuni alohida qayd etish lozimki, XUJMSh to`lovlari mamlakatning beshta (Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahar) hududlarida ko`tarildi. Suyultirilgan gazning narxlari esa Qoraqalpog`iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatlaridan tashqari barcha hududlarda qimmatlashdi.

Maishiy chiqindi uchun to`lovlar narxining oshganligi faqatgina Jizzax hamda Navoiy viloyatlarida qayd etilgan.

Sport xizmatlari sohasida umumiy narxlarning oshishi, Toshkent shahar hamda Qashqadaryo viloyatlaridagi sport va sog`lomlashtirish muassasalari, shuningdek, suzish xavzasi xizmatlariga oylik obuna to`lovlarining qimmatlashishi natijasida sodir bo`ldi.

Uy jihozlari ta`miri xizmatlari oy davomida o`rtacha 1,9 %, uy-joy ta`miri xizmatlari 1,5 %, chevarlik xizmatlari 1,4 % hamda sartaroshlik va kosmetologiya xizmatlari narxlarining 1,3 %ga ko`tarilishi INIdagi maishiy xizmatlar narxlari indeksining 1,3 %ga oshishiga zamin yaratdi.

Yo`lovchi tashish xizmatlari narxining oshishi, asosan havo transporti xizmati tarifilarining o`rtacha 4,9 %ga qimmatlashishi bilan bog`liq. MDH va xalqaro yo`nalishlar bo`yicha parvozlar uchun chiptalar narxi aprel oyida ko`tarilgan bo`lsa, shu bilan birga mahalliy yo`nalishlarga qatnovchi aviatashuv chiptalari narxining arzonlashishi yevroning milliy valyutaga nisbatan qiymatini pasayishi bilan izohlanadi.

 

Manba: O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi

 

 

 

События и даты

 

Независимости Узбекистана 27 лет


2018 год объявлен в Узбекистане Годом поддержки предпринимательства, инновационных идей и технологий




Проблемы Аральского моря


Всемирное культурное наследие «Мерос»


Туризм


Общество


Экономика


Культура


Спорт


Фотогалерея


На главную страницу

 

© www.uzbekistan.kg  2018

На верх