2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Agrar islohotlar natijasi farovonlikoshishi va narx-navo barqarorligida aks etishi kerak

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2018-yilning 31-iyul kuni goza rivojini jadallashtirish, galla orimidan boshagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish, aholi tomorqasidan samarali foydalanish va qishloq xojaligi mahsulotlarini eksport qilish masalalariga bagishlangan videoselektor yigilishi otkazildi.

Malumki, joriy yil 4 iyul kuni bolib otgan videoselektor yigilishida 5 iyuldan 5 sentyabrga qadar Hosilga-hosil qoshish dolzarb ikki oyligi elon qilingan edi. Yigilishda shu borada amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Otgan vaqt mobaynida goza rivojining kechikishi bartaraf etilmagani,goza rivoji hali ham 8-10, bazi joylarda 12-15 kunga orqada qolayotgani takidlandi. Otgan yilning shu davrida bir tup gozada ortacha 5-7 kosak shakllangan bolsa, bugun 3-5 tadan oshmaydi.

Bunday holat yuzaga kelishining asosiy sababi iyun-iyul oylarida joylardagi hokimlar, sektorlar rahbarlari, ayniqsa, fermerlar galla orim-yigimi va takroriy ekin ekishni bahona qilib, goza parvarishini oz holiga tashlab qoyganida, dedi davlatimiz rahbari. Gozani chanqatmay, qator oralariga ishlov berish va suvdan samarali foydalanish ishlari ham kongildagidek tashkil etilmagan. Organishlar shuni korsatdiki aksariyat dalalarda na kultivator, na suvchi va na biror ishchi korinmaydi. Hatto ayrim tumanlarda paxta oz holiga tashlab qoyilgan. Koplab maydonlarda goza chanqab yotibdi, bu esa hosil yoqotilishiga olib kelmoqda.

Respublika ishchi guruhlari malumotiga kora, goza qator oralarini kultivatsiya qilish ishlari mutlaqo talabga javob bermaydi. Qator tumanlarda traktorlar boshqa ishlarga jalb qilingani oqibatida kultivatsiya kechikib, goza qator oralari yorilish darajasiga kelgan. Mexanizatorlar uylarida sharoit yoqligi, otryad va naryad tizimi ishlamagani oqibatida kultivatorlarning 45-50 foizidan yetarlicha foydalanilmayapti.

Qishloq xojaligidagi vazifalarni bajarishda kamchiliklarga yol qoygani uchun Zarbdor, Guzor, Bagdod va Uychi tumanlari tortala sektor rahbarlarini lavozimidan ozod qilish boyicha topshiriq berildi.

Paxta maydonlarida agrotexnik tadbirlarni oz vaqtida va sifatli otkazish, gozani chanqatmay, qator oralariga ishlov berish, kultivatorlardan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi.

Bu yil noqulay ob-havo tufayli goza zararkunandasi va hasharotlar kopaydi. Olimlarning aniqlashicha, kosak qurti kapalagining qishlovdan soglom chiqish darajasi 76 foizni tashkil etayapti. Bu oxirgi yillardagi eng yuqori korsatkichdir. Aslida, bu raqamning 50 foizga yetishi favqulodda holat sifatida baholanadi. Bu yil esa hasharot 1,5 barobar kop. Bu muammo har bir masul rahbardan tizimli nazoratni yolga qoyish, ayniqsa, fermerlardan shaxsiy masuliyatni kuchaytirishni talab etadi.

Soha olimlari bu yil 460 ming gektarda orgimchak-kana, 390 ming gektarda kosak qurti va 42 ming gektarda beda qandalasi tarqalishi togrisida prognoz bermoqda. Shu sababli Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari va Toshkent davlat agrar universiteti rahbarlari boshchiligida 127 nafar olim viloyatlarga yuborildi. Gozani zararkunanda va hasharotlardan himoya qilishga byudjetdan qoshimcha 100 milliard som ajratildi (OR MB kursi 1.08.2018 da, 1$= 7791.88 som). Lekin ayrim sektor rahbarlari hali ham beparvo yuribdi. Minglab gektar maydonda kimyoviy ishlov otkazildi, deb hisobot berilgan bolsa-da, amalda kutilgan natijaga erishilmagan. Yani, ishlov sifatsiz va nomiga otkazilgan. Oqibatda ayrim viloyatlarda kosak qurti 4-5 ming gektardagi gozaga zarar yetkazgan. Yana 8-10 ming gektar maydon xavf ostida turibdi.

Goza rivojiga sugorish ishlari togri tashkil qilinmagani ham salbiy tasir korsatmoqda. Sektor rahbarlari va suv xojaligi xodimlari suvni adolatli taqsimlash bilan yetarlicha shugullanmayapti. Masalan, muayyan tumanga yetkazib berilgan suvning 50-60 foizi takroriy va tomorqa ekinlarini sugorishga yonaltirilyapti. Suvdan maqsadli foydalanilmagani, yetarlicha suvchi jalb qilinmagani, tungi sugorish ishlari tashkil etilmagani oqibatida ayrim tumanlarning 10-15 foiz maydonida goza chanqatib qoyilgan. Gozani sharbat usulida sugorish boyicha aniq topshiriq berilgan bolishiga qaramay, ayrim tumanlarda 60-65 foiz maydonga suvning ozi haydalmoqda. Shu munosabat bilan Suv xojaligi vazirligi va Davlat veterinariya qomitasiga oz tizimidagi xodimlarni dalaga mahalliy ogit chiqarish va gozani sharbat bilan sugorish ishlariga jalb qilib, fermer xojaliklariga biriktirish vazifasi topshirildi. Suvdan samarasiz foydalangan sektor rahbarlari va fermerlarga nisbatan chora koriladi.

Yigilishda galladan boshagan maydonlarga takroriy ekinlar ekishni yakunlash, shartnoma tuzish va bonak mablaglarini berish ishlarini jadallashtirish masalasi korib chiqildi.

Bugungi kunda dunyoda aholi soni va hayot darajasi osishi sababli jahon bozorida oziq-ovqat mahsulotlariga talab va narx-navo oshib bormoqda. Bunday sharoitda barcha imkoniyatlardan foydalangan holda, qishloq xojaligi mahsulotlari yetishtirishni kopaytirib, ichki bozorni toldirish va eksport hajmini oshirish muhim vazifa hisoblanadi. Ayni shu maqsadda joriy yilda galladan boshagan 680 ming gektar maydonga takroriy ekin ekish belgilangan edi. Lekin takroriy ekin ekish boshlanganiga bir oydan oshgan bolsa-da, ishlar hali yakuniga yetkazilgani yoq. Jumladan, mamlakat boyicha 25 ming 350 gektar maydonga kartoshka ekish belgilangan. Biroq bugungacha uning 52 foizigagina ekilgan.

Yana bir muammo shuki, takroriy ekin turi va maydoni belgilab berilgan bolsa-da, sektor rahbarlari nazorat qilmagani oqibatida 2 barobar kop maydonga chorva ozuqasi ekilgan. Ayrim sektor rahbarlari qoshib yozish kabi eski va zararli illatdan haligacha qutulmagani tufayli takroriy ekin boyicha malumotlar togriligiga kafolat berib bolmaydi. Masalan, otgan yili galladan boshagan maydonlarga takroriy ekinlar ekilgani haqida haqiqatdan yiroq hisobot berilgani meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga salbiy tasir korsatdi. Shundan kelib chiqib, Bosh prokuror belgilangan talablarni buzgan masul rahbarlarga nisbatan tegishli chora korishi kerak. Mutasaddilar otgan yilgi kamchiliklardan tegishli xulosa chiqarib, takroriy ekin maydonlarida mahsulot yetishtirish va eksport qilish boyicha tizimli ishlarni tashkil qilishi lozim. Takroriy ekin ekish ishlari 5 avgustgacha toliq yakuniga yetkazilishi shart. Buning uchun moddiy-texnika resurslari toliq yetkazib berilishi, agrotexnik tadbirlar oz vaqtida otkazilishi, suvdan oqilona foydalanilishini alohida nazoratga olish zarur.

Yigilishda qayd etilganidek, takroriy ekin mahsulotlarini xarid qilish boyicha qayta ishlash korxonalari, eksportchi va tayyorlov tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish ishlari ham qoniqarsiz. Jumladan, eksportga chiqariladigan takroriy ekin mahsulotlarining Qoraqalpogistonda 23, Toshkent viloyatida 27, Buxoroda 53 foizini xarid qilish boyicha eksportchi tashkilotlar bilan shartnoma tuzilmagan. Qayta ishlash korxonalari va tayyorlov tashkilotlari bilan shartnoma tuzish borasida ham shunday korsatkichlarni keltirish mumkin.

Shartnomalar toliq tuzilmagani fermerlarga bonak mablaglari tolashga salbiy tasir korsatayapti. Shu kungacha qayta ishlash korxonalari bonakning 10, eksportchilar 11, tayyorlov tashkilotlari 38 foizini tolagan, xolos. Shartnoma tuzilmasa, bonak mablagi berilmasa, dehqonning holi nima kechadi, degan masala hech kimni tashvishlantirmayotgandek. Bu muammoni tezkor bartaraf etish maqsadida mutasaddilarga besh kun muddatda takroriy ekindan olinadigan mahsulotlarni xarid qilish boyicha shartnomalar tuzishni, on kun muddatda bonak mablaglari tolab berishni yakuniga yetkazish choralarini korish vazifasi topshirildi.

Shu bilan birga, tijorat banklari tomonidan qayta ishlash korxonalari, eksportchilar va tayyorlov tashkilotlariga bonak mablaglarini tolab berish uchun zarur bolgan kreditlar qisqa muddatda ajratilishini qatiy nazoratga olish kerak. Tuzilgan shartnomalarga asosan takroriy ekin mahsulotlarini yetkazib berish boyicha samarali tizim ishlab chiqish va joriy qilish asosida hosilni nest-nobud qilmasdan yigib olish choralarini korish zarur.

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini kopaytirish va ichki bozorni arzon mahsulotlar bilan toldirishda tomorqadan samarali foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. Joriy yil bu borada yangi tizim tatbiq qilinib, 161 ta Tomorqa xizmati korxonasi tashkil etildi. Ularning faoliyatini yolga qoyish uchun 471 milliard som kredit ajratish kozda tutilgan.

Shuningdek, Fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalarini qollab-quvvatlash jamgarmasi tashkil etilib, 500 milliard som ajratildi. Shu kunga qadar Jamgarma hisobidan tomorqada mahsulot yetishtirish, issiqxona tashkil qilish, texnika va uskunalar xarid qilishga 62 milliard som yonaltirildi.

Har bir oila tadbirkor dasturi doirasida aholi uchun 400 million dollar ajratildi.

Bularning barchasi tomorqada mahsulot yetishtirishni qopaytirish, issiqxona tashkil qilish, uy sharoitida parranda va chorva mollari boqish orqali aholining daromadini oshirish, bandligini taminlash, turmush tarzini yaxshilashga xizmat qiladi.

Lekin shunday say-harakatlarga qaramay, tomorqadan samarali foydalanishni tashkil etishda Fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va Tomorqa xizmati kutilganidek faollik korsatmayapti.

Tomorqadan samarali foydalanishni taminlash boyicha yaratilgan tizim natija berishi shart. Biz buni aholi turmush sharoitining ozgarishi va ichki bozordagi narx-navo bilan baholaymiz. Barcha rahbarlar yaxshi tushunib olishi kerak. Tomorqa bu aholining bandligi, daromad manbaidir, dedi davlatimiz rahbari.

Shu sababli tomorqada mahsulot yetishtirayotgan, qoramol, 50 bosh parrandasi bolgan xonadonning ishsiz azosi 1 minimal ish haqi miqdorida pensiya jamgarmasiga tolov qilsa, 1 yillik kafolatlangan ish stajiga ega bolishi belgilab qoyildi. Bu imtiyoz uyida dehqonchilik qilayotgan aholi, ayniqsa, ayollar, yoshlarning bandligini taminlab, kelajakda pensiya olishiga zamin yaratadi. Mutasaddilar yangi tizim samarali tashkil etilishini taminlash choralarini korishi va ajratilgan mablaglardan maqsadli foydalanishni qatiy nazoratga olishi kerak. Avvalo, tomorqada boshagan maydonlarga takroriy ekin ekish ishlarini tashkil etish zarur. Ayni paytda hududlarning iqlim sharoitidan kelib chiqib, avgust-sentyabr oylarida ekiladigan piyoz, sarimsoqpiyoz, kokatlar kabi toqsonbosti ekinlar xonadonma-xonadon joylashtirilib, oz vaqtida ekilishini taminlash lozim. Buning uchun Tomorqa xizmati korxonalari tomonidan uruglik, yoqilgi, mineral ogitlar yetkazib berilishini alohida nazoratga olish darkor.

Yigilishda mahalliy byudjetga qoshimcha daromad tushirish zaxiralarini safarbar qilish va ulardan samarali foydalanishni taminlash masalasi muhokama qilindi.

Iyul oyi yakuni boyicha soliq idoralari tomonidan qariyb 4,7 trillion som mablag undirilishi, rejadan tashqari byudjetga qoshimcha 889 milliard som tushishi qayd etilar ekan, ayrim hududlar asosan yirik soliq tolovchilar xisobiga rejani bajarayotgani takidlandi. Savdo, xizmat korsatish nuqtalari, kichik tadbirkorlik subyektlarini soliq bilan toliq qamrab olish, faoliyat korsatmayotgan subyektlar bilan ishlash hisobiga soliq bazasini kengaytirish yuzasidan ishlar yetarli darajada emas. Soliq tolovchilar sonida osish deyarli kuzatilmayapti. Hokimlar va ularning birinchi orinbosarlari bu boradagi vaziyatni chuqur tahlil qilishi, ishga yanada jiddiy yondashishi zarur. Shundagina masalani ijobiy tomonga ozgartirish mumkin.

Yigilishda mahsulot va xizmatlarni eksport qilish boyicha prognoz korsatkichlarni bajarish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ham korib chiqildi.

Joriy yilning yanvar-iyul oylari yakuniga kora, mamlakat boyicha jami 7,2 milliard dollarlik eksport amalga oshirilishi va reja korsatkichlari 104 foizga yoki otgan yilning shu davriga nisbatan kariyb 127 foizga bajarilishi kutilmoqda. Lekin bu raqam barcha sohalarda eksport oshishini nazarda tutmaydi, albatta. Masalan, ayrim viloyatlarda meva-sabzavot eksporti hajmi ortgani holda, sanoat mahsulotlari eksportining reja korsatkichlari bajarilmay qolishi mumkin. Reja korsatkichlariga toliq erishish uchun mutasaddilar masalani atroflicha organib, zarur choralarni korishi kerak.

Yigilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan Bosh vazir orinbosarlari, vazirlar va hokimlarning hisobotlari tinglandi.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018