2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Pokiston Islom Respublikasi Quruqlikdagi qoshinlar qomondonini qabul qildi

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-aprel kuni Pokiston Islom Respublikasining Quruqlikdagi qoshinlar qomondoni, general-leytenant Qamar Jovid Bajva boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, ushbu uchrashuv Ozbekiston bilan Pokiston ortasida songgi yillarda jadal rivojlanayotgan, dostlik, hamkorlik va ozaro qollab-quvvatlash tamoyillariga, shuningdek, umumiy tarix, din, anana va manaviy qadriyatlar mushtarakligiga asoslangan kop qirrali aloqalarning yana bir dalili ekanini alohida takidladi.

Turli darajadagi siyosiy muloqotlar faollashgani qayd etildi. Savdo-iqtisodiy hamkorlik kengayib, ozaro savdo hajmi ortmoqda. Ikki mamlakat kompaniyalari va tadbirkorlari tomonidan qishloq xojaligi mashinasozligi, farmatsevtika, toqimachilik, konchilik, oziq-ovqat va iqtisodiyotning boshqa sohalarida qoshma loyihalar tayyorlanmoqda va amalga oshirilmoqda. Ozbekiston Pokiston Ishbilarmonlar kengashi ish boshladi.

Otgan yil aprel oyidan boshlab "Ozbekiston havo yollari" milliy aviakompaniyasining Toshkent Lahor Toshkent yonalishi boyicha parvozlari qayta tiklandi.

Madaniy-ijtimoiy va turistik almashinuvlar, jumladan, mamlakatimizga ziyorat turizmi dasturi doirasidagi sayohatlar kengaymoqda.

Uchrashuvda ikki tomonlama ozaro manfaatli aloqalar, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va boshqa sohalarga oid hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Harbiy va harbiy-texnik sohalardagi hamkorlik istiqbollari, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikka tahdid solayotgan zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi kurashish, shuningdek, Afgonistondagi vaziyatni tinch yol bilan hal etish masalalari muhokama qilindi.

Mehmon davlatimiz rahbariga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirdi va Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husaynning salomini yetkazdi.

General Q.Bajva Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Qurolli Kuchlarni modernizatsiya qilish va mamlakat mudofaa salohiyatini mustahkamlash boyicha amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho berdi.

Joriy yil mart oyida Toshkentda bolib otgan Afgoniston boyicha xalqaro konferensiyaning amaliy natijalari toliq qollab-quvvatlandi.

Uchrashuv songgida Pokistonning Quruqlikdagi qoshinlar qomondoni Pokiston Ozbekiston bilan kop qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashga tayyor ekanini yana bir bor tasdiqladi.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018