2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Yangi goyalar va islohotlar samarasi amaliy ifodasini topmoqda

 

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-aprel kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida poytaxtimiz tumanlarida boldi.

Davlatimiz rahbari dastlab Ozbekiston Fanlar akademiyasining akademik Sobir Yunusov nomidagi Osimlik moddalari kimyosi institutiga tashrif buyurdi. Institutning asosiy yonalishlari, ilmiy va ishlab chiqarish salohiyati bilan tanishdi.

Ozbekiston Fanlar akademiyasi Osimlik moddalari kimyosi institutida tabiiy birikmalar kimyosi, biologiyasi va texnologiyasi sohasida katta ilmiy maktab shakllangan. Bugungi kunda ushbu muassasada 159 ilmiy xodim tabiiy birikmalar kimyosini organish, ular asosida tibbiyot va qishloq xojaligi sohalari uchun dori vositalari hamda kimyoviy preparatlar yaratish borasida fundamental va amaliy tadqiqotlar olib bormoqda.

Istiqlol yillarida bu yerda 500 dan ortiq turdagi osimlikning kimyoviy tarkibi organilib, ulardan 1 ming 200 dan ziyod modda ajratib olingan. 246 yangi alkaloid, 100 dan ortiq fenol birikmalari, 50 dan ziyod terpenoid birikmalarning kimyoviy tuzilishi isbotlangan. 5 mingdan ortiq geterosiklik birikma sintez qilinib, ularning faolligi organilgan.

Institut qoshidagi tajriba-ishlab chiqarish korxonasida 20 ga yaqin dori vositasi substansiyalari ishlab chiqarilmoqda, yiliga 100 tonna osimlik xom ashyosi qayta ishlanmoqda. 2017-yilda Rossiya Federatsiyasi, Fransiya, AQSh kabi davlatlarga 2,5 million dollardan ortiq miqdordagi biologik aktiv substansiyalar eksport qilingan. Shuningdek, mamlakatimiz farmatsevtika korxonalariga substansiyalar yetkazib berilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev mazkur dargoh ozining ilmiy salohiyati bilan nafaqat mamlakatimiz, balki Markaziy Osiyoda yetakchi orinlarda turishi, bu yerda yaratilayotgan yangiliklar farmatsevtika sanoatini rivojlantirishda muhim orin tutishini takidladi.

Davlatimiz rahbarining 2016-yil 16-sentabrdagi 2016-2020 yillarda respublika farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi togrisidagi qarorida farmatsevtika sohasini rivojlantirish, xorijdan keltiriladigan dori vositalarini mahalliy xom ashyodan ajratib olish texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni chuqur qayta ishlash asosida yangi dori vositalari yaratish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berilgan edi. Shunga muvofiq, Osimlik moddalari kimyosi institutida xalqaro talablarga javob beradigan GMP zavodi barpo etilmoqda.

Buning natijasida yiliga 500 tonnadan ziyod osimlik xom ashyosini chuqur qayta ishlash imkoniyati yaratiladi. Joriy yildan 30 dan ortiq tabiiy toza, import ornini bosuvchi va eksportbop dori vositalari ishlab chiqarish yolga qoyiladi.

Prezidentimiz mazkur korxona bilan tanishdi, olimlar tomonidan tayyorlangan biologik aktiv substansiyalarni kozdan kechirdi.

Dori substansiyalari farmatsevtika sanoatining asosiy omilidir. Buning uchun osimliklarni chuqur qayta ishlash, jahon ilmiy yutuqlarini organgan holda, bugungi kunda talab yuqori bolgan preparatlarni yaratish, mahalliylashtirish darajasini oshirish zarur, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari institut faollar zalida vazirlik va idoralar, oliy talim muassasalari va OzFA ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan muloqot qildi. Unda mamlakatimizda olimlar, akademiklar bilan muntazam uchrashib turish ananaga aylangani, Harakatlar strategiyasi asosida ilm-fanni rivojlantirishga qaratilayotgan katta etibor bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda sohani rivojlantirishda muhim omil bolayotgani qayd etildi.

Hamma sohaning kelajagi sizlarga, ilm-fanga bogliq. Bundan keyin mamlakatimizga kelayotgan har bir xorijiy investitsiyaning muayyan foizi ilm-fanni rivojlantirishga va ilmiy kadrlar tayyorlashga yonaltiriladi. Ilm-fan rivojlansagina ertangi kunimiz haqida tasavvur qila olamiz, dedi davlatimiz rahbari.

Uchrashuvda sozga chiqqan olimlar Prezidentimizning kuni kecha qabul qilingan Respublika oliy talim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarining mehnatiga haq tolash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori ularga katta xursandchilik, moddiy va manaviy ragbat berganini, bundan buyon bor bilim, kuch-gayrat va shijoatini ilm-fan rivojiga qaratishlarini alohida qayd etdilar.

Shundan song Prezidentimiz Yashnobod tumanidagi zamonaviy harbiylar shaharchasi qurilishi bilan tanishdi.

Mamlakatimiz mudofaa salohiyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida harbiy xizmatchilarni har tomonlama qollab-quvvatlash, ular uchun munosib turmush sharoiti yaratishga doimiy etibor qaratilmoqda.

Poytaxtimizning Yashnobod tumani Olmos mahalla fuqarolar yigini hududida bunyod etilayotgan kop qavatli yangi uylar ham onlab harbiy xizmatchilar oilasiga olam-olam quvonch bagishlashi shubhasiz.

Prezidentimizning 2017-yil 13-yanvardagi 2017-2020 yillarda shaharlarda arzon kop kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qaroriga muvofiq, bu yerda 48 ta besh qavatli uy qad rostlamoqda.

Loyihaga kora, birinchi bosqichda 540 xonadonga moljallangan 5 qavatli 18 ta uy qurilmoqda. Buyurtmachi Qishloq qurilish invest IK, loyihalashtirish ishlari bosh loyihachi Qishloq qurilish loyiha instituti tomonidan ishlab chiqilgan. Qurilish-montaj ishlari 12 ta pudrat tashkiloti tomonidan tasdiqlangan tarmoq jadvallari asosida amalga oshirilmoqda.

Bunyodkorlik ishlariga 30 dan ortiq texnika hamda 2000 ga yaqin malakali muhandis va ishchi xodim jalb qilingan. Bugungi kunga qadar gisht terish ishlari yakunlanib, santexnika, pardozlash ishlari bajarilmoqda.

Davlatimiz rahbari hududda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, uylarda yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.

Sarhadlarimiz daxlsizligini himoya qilayotgan harbiy xizmatchilarimiz turmush sharoitini yaxshilash borasidagi islohotlar bundan keyin ham izchil davom ettiriladi, dedi Prezidentimiz. Ularning farzandlari talim-tarbiyasi va ijtimoiy himoyasi doimiy etiborimizda boladi.

Ikkinchi bosqich doirasidagi 900 xonadonga moljallangan 5 qavatli 30 ta uy qurilishi ham qizgin davom etmoqda. Buyurtmachi Ozshahar qurilish invest IK, bosh loyihachi Qishloq qurilish loyiha instituti.

Zamonaviy harbiy shaharcha boladigan ushbu mavzeda bolalar bogchasi, maktab, poliklinika va boshqa ijtimoiy obyektlar ham barpo etiladi. Uylar Vatan himoyachilariga imtiyozli kredit asosida beriladi.

Shavkat Mirziyoyev uylarni oz vaqtida va sifatli qilib yakunlash yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi. Shu yerda huquqni muhofaza qilish organlari mutasaddilari bilan muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Yashnobod tumanidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yonalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oqitishga ixtisoslashtirilgan maktabning qurilish loyihasi bilan tanishdi. Maktab binosi Prezidentimizning 2017-yil 14-sentabrdagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yonalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oqitishga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish togrisidagi qaroriga muvofiq qurilmoqda.

Qurilish-montaj ishlari Yuksak parvoz qurilish masuliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan amalga oshiriladigan maktab 1 ming 470 oquvchiga moljallangan. Bundan tashqari, viloyatlardan kelib oqiydigan oquvchilar uchun 300 orinli yotoqxona ham quriladi. Maktabda oquvchilarning puxta bilim olishi uchun barcha sharoit yaratiladi. Jumladan, mustaqil ishlashi, qobiliyatini rivojlantirishi uchun maxsus uskunalar bilan jihozlangan qoshimcha xonalar, auditoriyalar, tabiiy fanlar laboratoriyalari, informatika xonalari, robototexnika ustaxonalari, sport maydonchalari hamda suzish havzasi barpo etiladi. Shuningdek, har biri 500 oringa moljallangan faollar zali, oshxona hamda 20 ming kitob fondiga ega kutubxona oquvchilar ixtiyorida boladi.

Mazkur ixtisoslashtirilgan maktabning tashkil etilishi mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash, yoshlarni buyuk ajdodlarimizga munosib vorislar etib tarbiyalash va zamon talablariga javob beradigan mutaxassislarga bolgan ehtiyojni qondirishga xizmat qiladi.

Eng yaxshi mutaxassislar tayyorlaydigan markaz shu yerda boladi. Ushbu maktabga viloyatdan iqtidorli bolalarni tanlov asosida qabul qilish lozim. Bu yerda shunday muhit yaratish kerakki, ular talimni asosan elektron vositalar orqali olsin, dedi Prezidentimiz.

Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning 28-oktabr kuni poytaxtimizning Yashnobod tumanida qurib bitkazilgan Ashxobod sayilgohini borib korgan, sayilgoh atrofi, unga tutash hududlarni yanada obodonlashtirish boyicha mutasaddilarga topshiriqlar bergan edi.

Davlatimiz rahbarining topshirigiga asosan bu yerda zamonaviy madaniyat va istirohat bogi majmuasining ikkinchi bosqich qurilish ishlari boshlab yuborildi. Umumiy maydoni 12 gektarlik sayilgoh ichida 26 ta attraksion bolgan 1 ta usti yopiq inshoot, ochiq tipdagi 31 ta oyin attraksionlari, nuroniylar maskani, sovgalar dokoni va boshqa savdo shoxobchalari qurildi.

Prezidentimiz Ashxobod sayilgohida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Sayilgohga kiraverishda turkman millatining mardlik va jasorat timsoli bolgan axalteke otlari aks etgan yaxlit kompozitsiya barpo etilgan. Bu yerdagi jihozlar turkman milliy memorlik ananalarini ozida mujassam etgan bolib, qaragay, qrim qaragayi, hind sireni, eman, kashtan, magnoliya, arizona kiparisi, salviya, moviy archalar ekilgan. Tashrif buyuruvchilarning kongilli hordiq chiqarishi uchun orindiqlar, veloyolaklar, favvoralar ornatilgan. Amfiteatr va kafe tashrif buyuruvchilarga muntazir.

Qurilish ishlariga 24 texnika va 500 ga yaqin malakali ishchi-muhandis jalb qilingan.

Ashxobod sayilgohi zamonaviy madaniyat va istirohat bogi majmuasida 180 ish orni yaratilishi kozda tutilgan bolib, bog yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

Davlatimiz rahbari Toshkent Sity xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida barpo etilayotgan zamonaviy inshootlar qurilishi bilan tanishdi.

Davr shiddat bilan ozgarib, zamonaviy texnologiyalar hayotimizga tobora chuqur qirib kelayotgan hozirgi kunda shaharsozlikda innovatsion loyihalar, yangi qurilish usullari va yondashuvlar paydo bolmoqda. Bunday yondashuvlar rivojlangan davlatlarda Kelajak shahri yoki Yangi shahar deb atalmoqda.

Poytaxtimizning Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat kochalari oraligidagi 80 gektar hududda barpo etilayotgan Toshkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi shunday zamonaviy markazlardan boladi. Loyihaga muvofiq, bu yerda biznes-markazlar, savdo majmualari, mehmonxonalar, ofislar, Kongress-xoll, korgazma zallari, kop qavatli zamonaviy uylar, ijtimoiy va boshqa obyektlar barpo etiladi.

Bugungi kunda Toshkent Sity hududida Kongress-xoll va zamonaviy mehmonxona qurilishi jadal suratlarda olib borilmoqda. Kongress-xoll oliy martabali mehmonlar ishtirokida xalqaro anjumanlarni otkazishga moljallangan bolib, hozirgi paytda xorijlik quruvchi-muhandislar tomonidan Jet grout texnologiyasi asosida qoziq qoqish va poydevor qoyish ishlari bajarilmoqda.

Yigirma qavatdan iborat besh yulduzli mehmonxona eng zamonaviy qulayliklarni ozida mujassam etadi. Ushbu mehmonxonada ham nufuzli anjumanlar otkazish uchun zallar, restoranlar, salonlar, basseynlar quriladi. Ikkala inshootdan bir-biriga maxsus koprik orqali otish mumkin boladi.

Prezidentimiz loyihalar bilan tanishar ekan, mazkur inshootlarni eng zamonaviy texnologiyalar va memorlik andozalari asosida barpo etish zarurligini takidladi.

Toshkent Sity shahar ichidagi yangi shahar bolishi kerak, bu shaharcha katta suratlar bilan rivojlanayotgan Ozbekistonimizning bor salohiyatini ozida tola namoyon etishi zarur, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qurilishni tezlashtirish, inshootlarni 2019-yil avgust oyida foydalanishga topshirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, roy berayotgan ozgarish va yangilanishlar Vatanimizning yuksak iqtisodiy salohiyatini namoyon etib, xalqimiz farovonligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018