2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Istiqbolli investitsiya loyihalari ijrosi muhokama qilindi

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 26 iyul kuni xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish, bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish, sarmoyalarni ozlashtirishni jadallashtirish masalalariga bagishlangan videoselektor yigilishi otkazildi.

Unda Bosh vazir va uning orinbosarlari, vazirlik va idoralar, kompaniya va uyushmalar rahbarlari, Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, Ozbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari ishtirok etdi.

Takidlanganidek, joriy yil investitsiya va infratuzilma loyihalari dasturlari doirasida barcha manbalar hisobidan 2 ming 612 loyiha amalga oshirilib, 6 milliard 850 million dollardan ziyod mablag ozlashtirish belgilangan. Shundan 4,9 milliard dollari xorijiy investitsiyalar bolib, uning 2,3 milliard dollarini xalqaro moliya institutlari kreditlari va 2,6 milliard dollarini togridan-togri investitsiyalar tashkil etadi.

Yigilishda ushbu mablaglarni ozlashtirish va loyihalarni amalga oshirish holati sustligi tanqid qilindi. Masalan, joriy yilda xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar ishtirokidagi 82 loyiha doirasida 2 milliard 283 million dollar ozlashtirish belgilangan. Lekin birinchi yarim yillikda bu mablagning atigi 26 foizi ozlashtirilgan, xolos.

Buning asosiy sabablaridan biri mablaglarning 70 foizgacha bolgan qismini ozlashtirishni yil oxiriga belgilash amaliyotidir. Xorijiy investorlar bunday holatlar boyicha asosli etirozlar bildirmoqda. Puxta ishlangan va hujjatlari tayyor loyihalar uchun emas, balki oldin mablag olaylik, keyin bir gap bolar qabilida ish tutish ham shunday salbiy holatlarga sabab bolmoqda. Takidlash kerakki, mablaglarni ozlashtirish qanchalik sust bolsa, kelajakdagi loyihalar ijrosi uchun investitsiya jalb qilish ham shunchalik mushkul boladi.

Shuni inobatga olgan holda, Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari rahbarlari investitsiyalarni ozlashtirish holatini chuqur organib, muammolarni, jumladan, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, tender otkazish, loyiha va shartnomalarni ekspertiza qilishdagi byurokratik tosiqlarni bartaraf etish choralarini korishi kerak.

Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir va uning orinbosarlariga xalqaro va xorijiy moliya tashkilotlari mablaglarining asosiy qismini avgust-oktyabr oylarida ozlashtirish va yil yakunida prognoz korsatkichlarini toliq bajarish boyicha yangi tarmoq jadvallarini tasdiqlash vazifasini topshirdi.

Investitsiya loyihalari ijrosi bilan bogliq jarayonlar murakkablashtirib yuborilgani, ortiqcha byurokratik tosiqlar paydo bolib, masul idoralar faoliyati lozim darajada tartibga solinmagani kabi muammolarni bartaraf etish, investitsiya loyihalari samaradorligini oshirish va mablaglarni oz vaqtida ozlashtirishni taminlash zarur. Shu maqsadda yaqinda xalqaro va xorijiy moliya tashkilotlari mablaglarini jalb etish va nazoratini yuritish, loyiha hujjatlarini tayyorlash va ekspertizadan otkazish boyicha Prezident qarori qabul qilindi. Endilikda xalqaro va xorijiy moliya tashkilotlari mablaglari ishtirokidagi loyihalar mutlaqo yangi tizim asosida amalga oshiriladi. Yani, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik strategiyasini ishlab chiqish tartibi belgilandi, ekspertiza uchun 60 emas, 14 kun talab etiladi, tender hujjatlari va tender asosida tuzilgan shartnomalar esa umuman ekspertizadan otmaydi, kvorum va talabgorlar soni boyicha talablar bekor qilindi.

Davlatimiz rahbari xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini sifatli amalga oshirish uchun Loyihalarni amalga oshirish guruhlari faoliyatini samarali tashkil qilish muhim ekanini takidladi. Guruhlar faoliyati samarali tashkil etilmagan, ayrim vazirlik va idoralar tizimida bir necha loyiha guruhlari mavjud. Bu guruhlar donor tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlamaydi, aksariyat xodimlarining malakasi past. Oqibatda koplab investitsiya loyihalari 5-6 yillab ishga tushirilmasdan, muammoli masalaga aylanib qolmoqda.

Shu bois joriy yil 21 iyun kuni qabul qilingan Prezident qaroriga binoan xalqaro va xorijiy moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni muvofiqlashtirish va nazorat qilish vakolati toliq Investitsiyalar boyicha davlat qomitasi zimmasiga yuklandi. Yigilishda qomita rahbariga Loyihalarni amalga oshirish guruhlari tarkibini qayta korib chiqish, ularni loyihalar kesimida emas, tarmoqlar yonalishida ixtisoslashtirish asosida qaytadan tashkil qilish, maxsus oquv kurslari tashkil etgan holda rahbar va mutaxassislar malakasini oshirish, xalqaro va xorijiy moliya tashkilotlari ishtirokidagi barcha loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari, tender hujjatlari, import shartnomalarini yangi tartib boyichajadal ekspertiza qilish yoki royxatga olish topshirildi.

Yigilishda tarmoq va hududlardagi loyihalar monitoringi ularning ijrosi qoniqarsiz ekanini korsatishi takidlandi. Shu sababli otgan hafta investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish boyicha Prezident qarori qabul qilinib, unda 2018-2019 yillarda umumiy qiymati 30 milliard dollarlik, jumladan, 26 milliard dollarlik togridan-togri investitsiyalar ishtirokidagi 580 loyihani amalga oshirish belgilandi. Bu loyihalarning 148 tasi xojalik birlashmalari va 432 tasi hududiy korxonalar tomonidan amalga oshiriladi. Shundan joriy yilda 456 ta loyiha doirasida 2,6 milliard dollarlik togridan-togri investitsiyalarni ozlashtirish talab etiladi.

Shu munosabat bilan Bosh vazir orinbosarlariga 2018-2019 yillarda xojalik birlashmalari 3,9 milliard dollarlik va hududiy korxonalar 3 milliard dollarlik togridan-togri investitsiyalarni toliq ozlashtirishini nazarda tutgan holda, mazkur loyihalarni oz muddatida va sifatli amalga oshirish boyicha tarmoq jadvallarini ishlab chiqish topshirildi. Ayni paytda xojalik birlashmalari, Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari 69 tarmoq va 189 hududiy istiqbolli investitsiya loyihasi boyicha investorlar topish, texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish va loyiha ijrosini jadallashtirishga qaratilgan Yol xaritalari"ni ishlab chiqishi kerak. Vazirlik va idoralar, xojalik birlashmalari va mahalliy hokimliklar investitsiya loyihalarini amalga oshirishda togridan-togri investitsiyalarni jalb qilishga etiborni kuchaytirishi zarur.

Yigilishda investitsiya loyihalari boyicha hujjatlar ishlab chiqish va kelishish jarayonlarini tezlashtirish maqsadida Prezident qarori bilan qator qulaylik va yengilliklar yaratilgani takidlandi. Jumladan, dastlabki texnik-iqtisodiy asoslar yoki hisob-kitoblarni majburiy ishlab chiqish boyicha talablar, shuningdek, qurilishlarning manzilli royxatini Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishish bekor qilindi. Xalqaro va xorijiy moliya tashkilotlari ishtirok etayotgan, togridan-togri xorijiy investitsiyalar ulushi 70 foizdan yuqori bolgan, mahsulotni taqsimlash bitimlariga muvofiq amalga oshirilayotgan loyihalar ham mazkur agentlik ekspertizasidan otkazilmaydi. Tender savdolari yakunida tuzilgan import shartnomalari Loyiha boshqaruvi milliy agentligida faqat tender hujjatlariga va milliy qonunchilikka mosligi, matnning togri tarjima qilingani boyicha ekspertizadan otkaziladi. Shuningdek, mazkur qarorga binoan umumiy qiymati 27 milliard dollar bolgan 37 yirik muhim investitsiya loyihasi boyicha qurilish-montaj ishlarini loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshirishga, bir bosqichli loyihalashtirish va moliyalashtirishni tezlashtirishga ruxsat berildi. Tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ana shu 37 loyihaning har biri boyicha maxsus ishchi guruhi tuzib, bajarilayotgan ishlarni jadallashtirish, obyektlarni sifatli va muddatida qurish, xarid narxlari asossiz oshirib yuborilmasligini taminlash, pudratchi va yetkazib beruvchilarni aniqlash boyicha zarur choralar korishi lozim.

Yigilishda yilning yarmidan kopi otgan bolsa-da, hanuzgacha barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 2019 yilda amalga oshiriladigan loyihalar royxati tayyor emasligi tanqid qilindi. Vaholanki, joriy yil 1 aprelgacha tarmoqlar va hududlarni uzoq muddatga moljallangan rivojlantirish konsepsiyalari, 15 iyulgacha Loyihalar portfeli, 10 oktyabrgacha Davlat rivojlanish dasturi loyihasini ishlab chiqish belgilangan, hozirgi kunda esa kelasi yil obyektlarining loyiha hujjatlarini tayyorlash ishlari boshlangan bolishi kerak edi.

Bu holatni onglash uchun Investitsiyalar boyicha davlat qomitasi tegishli vazirliklar, idoralar, xojalik birlashmalari va hokimliklar bilan birga barcha manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar boyicha takliflar asosida Investitsiya dasturi loyihasini shakllantirishi zarur.

Malumki, mahalliy hokimliklar rahbarlarining xizmat safari bilan xorijga chiqib, oz hududiga togridan-togri xorijiy investitsiyalar jalb qilish yuzasidan chet ellik hamkorlar bilan muzokara otkazishi uchun keng sharoit yaratildi. Takidlash kerakki, bunday amaliyot ilgari bolmagan. Hokimlar, ularning orinbosarlari, hududiy korxona va tashkilotlar rahbarlari xohlagan davlatiga borib, hamkorlar bilan bemalol muloqotga kirishayapti. Xususan, joriy yilning otgan davrida hokimliklarning 33 delegatsiyasi xorijiy xizmat safariga bordi. Natijada umumiy qiymati 5 milliard 290 million dollar bolgan 195 loyiha boyicha kelishuvlarga erishildi. Hozirgi kunda 1 milliard 500 million dollarlik 75 loyihaning ijrosi boshlangan.

Lekin hokimlik vakillarining xizmat safarlari asosan Xitoy, Rossiya, Turkiya, Janubiy Koreya va ayrim MDH mamlakatlari bilan cheklanib qolmoqda. AQSH, Yaponiya va Yevropa davlatlaridagi diplomatik vakolatxonalarimiz rahbarlari yurtimizdagi ozlariga biriktirilgan hududlarga investitsiya jalb qilishda faollik korsatmayapti.

Oz navbatida, hokimliklar elchixonalar bilan hamkorlikni yolga qoymagan. Bu esa xorijiy xizmat safarlarida erishilgan kelishuvlarning kopchiligi faqat qogozda qolib ketishiga sabab bolayapti. Masalan, Fargona viloyati hokimligi delegatsiyasi 1-4 fevral kunlari Latviyaga xizmat safari davomida 6 ta memorandum imzolagan, lekin bugungacha ularning birortasi boyicha aniq natijaga erishilmagan.

Yana bir etibor qaratish zarur bolgan jihat shuki, hokimliklar erishgan kelishuvlar asosan xomashyoni birlamchi qayta ishlash, toqimachilik va qurilish materiallari ishlab chiqarish, xizmat korsatish sohalariga yonaltirilgan. Yuqori texnologiyali ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish bilan bogliq loyihalar deyarli mavjud emas.

Bu boradagi ishlarni tanqidiy organgan Ishchi guruh hokimliklar delegatsiyalarini chet elga yuborish oldidan tayyorgarlik ishlari talab darajasida tashkil etilmayotgani, aksariyat holatlarda delegatsiya azolarining aniq ish rejasi mavjud emasligi, tegishli viloyatning iqtisodiy salohiyati va amalga oshirish mumkin bolgan loyihalar togrisida zarur va yetarli malumot beradigan materiallar, rolik va bukletlar tayyorlanmaganini aniqladi. Organish otkazilgan Andijon, Fargona va Namangan viloyatlari delegatsiyalari tarkibiga kiritilgan 40 tadbirkordan atigi 12 tasi aniq kelishuvga erishgan, xolos.

Xizmat safari davomida shartnomalarning quruq soni orqasidan quvish holatlari kuzatilayotgani ham tanqid qilindi. Imzolangan memorandum, kelishuv bitimlari, investitsiya va eksport shartnomalari aniq natijadorlikka qaratilmasdan, mavhum madaniy-gumanitar xarakterga ega bolib qolmoqda.

Ayrim rahbarlarning ishga masuliyatsiz yondashishi tufayli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan Yol xaritalari va tarmoq jadvallari ishlab chiqilmagan, ijro boyicha qatiy monitoring tizimi yoq. Loyihalar faqat tashabbuskorlar xususiy tadbirkorlarning say-harakatlari natijasida qiyinchilik bilan, mahalliy hokimliklarning zarur yordamisiz amalga oshirilmoqda.

Ishchi guruh barcha hududlarda mazkur masalalarni organib chiqish boyicha reja-grafik tayyorlab, shu asosda joylardagi vaziyatni korib chiqishi, mavjud muammolar va ularning sabablarini aniqlashi, tahlil qilishi, bartaraf etish choralarini korishi va ishlarni faollashtirish boyicha takliflar ishlab chiqishi kerak. Bundan tashqari, biriktirilgan diplomatik vakolatxonalar rahbarlari bilan birgalikda hududlarga togridan-togri investitsiyalarni jalb etish uchun qoshimcha loyihalarni shakllantirish, eksportni kopaytirish, investitsiya loyihalari boyicha tarmoq jadvallarini tasdiqlash va jadal amalga oshirish, yangi quvvatlarni oz vaqtida ishga tushirish yuzasidan zarur choralar belgilashi lozim.

Investitsiyalar boyicha davlat qomitasi va Tashqi ishlar vazirligiga hokimliklar delegatsiyalarining xorijiy xizmat safarlarida erishilgan kelishuvlar ijrosi yuzasidan tasirchan nazorat va muvofiqlashtirish tizimini joriy etish vazifasi topshirildi.

Yigilishda Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari, mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchilari va hokimlarning hisobotlari tinglandi. Xorijiy investitsiyalarni ozlashtirish va loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish boyicha chora-tadbirlar belgilandi.

Manba: OzA

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018