2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston Turkmaniston: hamkorlikning yangi bosqichi

 

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 23 aprel kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Ozbek va turkman xalqlari azaldan bir daryodan suv ichib, tinch-totuv, ahil-inoq yashab kelgan. Xalqlarimizni yagona tarix, mushtarak madaniyat va qadriyatlar, oxshash til va urf-odatlar birlashtirib turadi. Bu yaqinlik mamlakatlarimiz ortasidagi mustahkam hamkorlikka asos bolmoqda.

Alohida takidlash joiz, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida ilk xorijiy tashrifi 2017-yil 6-7 mart kunlari Turkmanistonga bolgan edi. Mazkur tarixiy tashrif Ozbekiston tashqi siyosatida yaxshi qoshnichilik munosabatlariga alohida ahamiyat qaratayotganining yorqin dalili, davlatimiz rahbarining qoshni mamlakatlar bilan dostlik va hamkorlikni mustahkamlashga intilishining ifodasi sifatida etirof etildi.

Dostona uchrashuv va muzokaralarning asosiy natijasi olaroq, ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatdan yangi bosqichga strategik sheriklik darajasiga kotarildi.

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedovning yaqin dostligi, ozaro samimiy hurmati va ishonchi mamlakatlarimiz hamkorligi rivojida muhim orin tutmoqda. Prezidentlarning har bir uchrashuvi ikki davlat munosabatlari kolamini yanada kengaytirish imkonini bermoqda. Prezidentimizning otgan yil may va sentyabr oylarida Turkmanistonga amaliy tashriflari chogida ikki davlat rahbarlari uchrashib, hamkorlikning keng qamrovli yonalishlari yuzasidan fikr almashdilar.

Ozbekiston va Turkmaniston Prezidentlarining bu galgi uchrashuvi ozaro manfaatli va faol muloqotning mantiqiy davomidir.

Tashrifning asosiy tadbirlari Koksaroy qarorgohida bolib otdi.

Rasmiy kutib olish marosimidan song davlat rahbarlari tor doirada uchrashuv otkazdilar.

Prezidentimiz Turkmaniston Prezidentini Ozbekiston zaminida samimiy qutlab, ushbu tashrif mamlakatlarimiz munosabatlari rivojida muhim siyosiy voqea, yaxshi qoshnichilikka asoslangan hamkorligimiz izchil rivojlanib borayotganining dalolati ekanini takidladi.

2017-yil mamlakatlarimiz hamkorligi rivojida tarixiy yil boldi. Ozbekiston Prezidenti Turkmanistonga uch marotaba tashrif bilan bordi. Bu mamlakatlarimizning strategik darajadagi munosabatlariga yangi surat baxsh etdi, erishilgan kelishuvlar amalga oshirilishiga jiddiy turtki berdi. Joriy yilning birinchi choragida mamlakatlarimiz ortasidagi tovar ayirboshlash hajmi 55 foiz osdi. Bu, albatta, otgan yilgi kelishuvlarimiz natijasidir. Oliy darajadagi bu galgi muzokaralar ushbu suratni yanada oshirish yolida jiddiy qadam boladi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Gurbanguli Berdimuhamedov davlatimiz rahbariga taklif uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatlarimiz ortasidagi hamkorlik barcha sohalarda muttasil taraqqiy etayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Turkmaniston va Ozbekiston tinchliksevar davlatlar, yaxshi qoshnilar sifatida tanilgan. Mamlakatlarimiz xalqaro maydonda ham, ozaro aloqalarda ham bir-birini qollab-quvvatlaydi. Bugungi muzokaralar ozaro aloqalarni yanada mustahkamlash uchun yaxshi imkoniyatdir. Turkmaniston Ozbekiston bilan hamkorlikni barcha sohalar boyicha kengaytirishga tayyor, dedi Gurbanguli Berdimuhamedov.

Mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash mamlakatlarimiz hamkorligida alohida ahamiyat kasb etadi. Ozbekiston va Turkmaniston Markaziy Osiyoda tinchlik va barqaror rivojlanishning samarali mexanizmlarini yaratish tarafdoridir. Mamlakatlarimiz Afgonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish boyicha yakdil fikrga ega.

Uchrashuvda terrorizm, ekstremizm, narkotiklarning noqonuniy aylanishi, transmilliy uyushgan jinoyatchilik hamda xalqaro xavfsizlikka tahdid soladigan boshqa xavf-xatarlarga qarshi kurashishdagi hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligi qayd etildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 15-mart kuni Qozogistonning Ostona shahrida otgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvini otkazish tashabbusini qollab-quvvatlagani uchun Gurbanguli Berdimuhamedovga minnatdorlik bildirdi.

Muloqotda Ozbekiston bilan Turkmaniston ortasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Muzokaralar ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda davom ettirildi. Unda mamlakatlarimiz ortasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, neft-kimyo, transport-kommunikatsiya, qishloq xojaligi, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Ozbekistondan Turkmanistonga qishloq xojaligi texnikasi, sarxil va qayta ishlangan meva-sabzavotlar, mineral ogitlar, qurilish materiallari, kimyo, tayyor tekstil mahsulotlari, turli sohadagi xizmatlar eksport qilinadi. Turkmanistondan yurtimizga neft va neft mahsulotlari, mexanik uskunalar, propilen polimerlari, boshqa kimyoviy tovarlar keltiriladi.

Ozbekiston va Turkmaniston iqtisodiyotida hali tola ishga solinmagan koplab imkoniyatlar mavjud. Ulardan foydalanib, ozaro savdo aylanmasini jadal oshirish va nomenklaturasini kengaytirish zarurligi takidlandi. Ikki mamlakat bozorlariga xaridorgir mahsulotlar yetkazib berish, hududlar ortasidagi hamkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi. 2020-yilga borib tovar ayirboshlash hajmini 500 million dollargacha yetkazish uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik boyicha hukumatlararo komissiya faoliyati bu borada aniq amaliy natijalarga erishishda muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi. Mazkur komissiyaning joriy yil 1-mart kuni Toshkentda otkazilgan uchrashuvi savdo-iqtisodiy aloqalar mustahkamlanishida yana bir qadam boldi.

Turli darajadagi samarali uchrashuvlar mamlakatlarimiz ortasidagi hamkorlikka yangi surat bagishlab, uni amaliy mazmun bilan boyitmoqda. Mart oyida Ashxobodda Ozbekiston milliy sanoat korgazmasi muvaffaqiyatli otkazildi. Shu kunlarda poytaxtimizda Turkmaniston milliy korgazmasi va ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining biznes-forumi bolib otmoqda.

Muzokaralarda bunday korgazmalarni muntazam otkazish, savdo, ishlab chiqarish kooperatsiyasi, energetika, transport, qishloq xojaligi va boshqa sohalarda yirik loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Mamlakatlarimiz mintaqada yirik energetik loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda. Yiliga 25 milliard kub metrgacha gaz yetkazish quvvatiga ega Turkmaniston Ozbekiston Qozogiston Xitoy gaz quvuri loyihasi shular jumlasidandir.

Transport sohasi hamkorlikning ustuvor yonalishlaridan hisoblanadi. Mamlakatlarimizning ozaro integratsiyalashgan avtomobil va temir yollari uchinchi davlatlar uchun ham tranzit vazifasini otamoqda. Amudaryo ustida qurilgan Turkmanobod Farab avtomobil va temir yol kopriklari buning tasdigidir. Mazkur kopriklar Prezidentimizning 2017 yil mart oyida Turkmanistonga davlat tashrifi chogida tantanali ravishda ochilgan edi.

Ozbek va turkman xalqlarini bir-biriga boglab turadigan tarix, madaniyat va urf-odatlar xalqlarimizning umumiy mulkiga aylangan. Bu yaqinlik madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik rivojida mustahkam asos bolmoqda.

Ozbekiston talim muassasalarida Turkmanistonning 720 fuqarosi tahsil olmoqda. Ozbekiston va Turkmaniston vakillari ikki mamlakatda tashkil etilayotgan turli madaniy tadbirlar, konsertlar, festivallar va tanlovlar, sport musobaqalarida faol ishtirok etmoqda.

Ozbekiston sport delegatsiyasi 2017-yilning sentyabr oyida Ashxobodda otgan V Yopiq inshootlarda va jang sanatlari boyicha Osiyo oyinlarida ishtirok etdi. Noyabr oyida Turkmanistonda Ozbekiston madaniyati kunlari otkazildi. Ushbu tadbir doirasida mamlakatimiz sanat ustalari va madaniyat arboblari ishtirokidagi konsert, badiiy asarlar korgazmasi tashkil etildi.

Ozbekistonda turkman millatiga mansub 192 ming aholi istiqomat qilmoqda. Ularning tili, madaniyati, urf-odatlarini rivojlantirish uchun barcha shart-sharoit yaratilgan.

Mamlakatimizda turkman tilida dars beriladigan 44 maktab faoliyat yuritmoqda. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida turkman filologiyasi yonalishida mutaxassislar, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida turkman tili oqituvchilari tayyorlanmoqda.

Muzokaralar davomida transport va tranzit sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, bu orqali mamlakatlarimizning ushbu yonalishdagi raqobatbardoshligini oshirish zarurligi qayd etildi. Qishloq xojaligi texnikasi, avtomobillar, elektr texnikasi uskunalarini hamkorlikda ishlab chiqarish, neft va neft mahsulotlari yetkazib berish, chegaraoldi hududlar ortasida savdo-sotiqni oshirish, xizmatlar korsatish va boshqa masalalar boyicha kelishuvlarga erishildi.Ozbekistonning Turkmaniston Afgoniston Pokiston Hindiston gaz quvuri qurilishi loyihasida ishtirok etishi qayd etildi.

Ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boldi. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Qoshma bayonotni imzoladilar.

Ikki tomonlama hamkorlikni siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, talim va sport sohalarida yanada mustahkamlashga va ozaro aloqalarni izchil rivojlantirishga doir 17 hujjat imzolandi.

Mintaqalararo hamkorlik togrisida hukumatlararo bitim, 2018-2020 yillarga moljallangan transport sohasida hamkorlik togrisida hamda 2019-2021 yillarga moljallangan ilmiy-texnikaviy hamkorlik togrisida hukumatlararo dasturlar, Ozbekiston va Turkmanistonda savdo uylarini tashkil etish, ikki mamlakat Savdo-sanoat palatalari ortasida ishbilarmonlar kengashini tashkil etish togrisida bitimlar, Ozbekiston va Turkmaniston Tashqi ishlar vazirliklari ortasida 2019-yilga moljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.

Ikki tomonlama hamkorlikni qishloq xojaligi, yoshlar, xotin-qizlar masalalari, fan-texnika, kasaba uyushmalari va boshqa sohalarda yanada mustahkamlashga doir hujjatlar qabul qilindi. Osimliklar karantini sohasida hamkorlik qilish togrisida bitim, ikki mamlakat kasaba uyushmalari va xotin-qizlar qomitalari ortasida Anglashuv memorandumlari, yoshlar tashkilotlari ortasida Anglashuv memorandumi shular jumlasidandir.

Shuningdek, tashrif doirasida oliy oquv yurtlari ortasida va axborot-kommunikatsiya sohalariga oid 15 hujjat imzolandi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda Prezidentlar muzokaralar ochiq, samimiy, ishchanlik ruhida otgani, imzolangan hujjatlar Ozbekiston va Turkmaniston xalqlari manfaatlari yolidagi serqirra va dostona munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini qayd etdilar.

Kunning ikkinchi yarmida Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bolgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qoydi.

Shundan song, Gurbanguli Berdimuhamedov Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qoyib, Buyuk Yolboshchimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

2017-yil may oyida ozbek va turkman xalqlari boqiy dostligi hamda qardoshligining ramzi sifatida Toshkent shahrida Maxtumquli nomidagi kocha va unga bagishlangan memoriy yodgorlik ochilgan edi.

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Maxtumquli kochasiga tashrif buyurdi. Prezidentlar mashhur turkman shoiri va mutafakkiri yodgorligi poyiga gul qoydi.

Yaxlit ansamblga aylangan bu xiyobon Gurbanguli Berdimuhamedovda katta taassurot qoldirdi. Turkman xalqi, adabiyoti va madaniyatiga korsatilayotgan hurmat-ehtirom uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.

Turkmaniston Prezidentining Ozbekistonga tashrifi sharafiga Maxtumquli kochasida Ashxobod saylgohi barpo etildi. Ikki davlat rahbarlari ushbu saylgohning ochilish marosimida qatnashdilar.

Prezidentlar bogda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Ikki davlat rahbarlari Turkmaniston va Ozbekiston ortasidagi dostlik va yaxshi qoshnichilik aloqalarining ramzi sifatida Ashxobod saylgohiga kochat otqazdi.

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning mamlakatimizga davlat tashrifi davom etmoqda.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018