2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Rossiya Federatsiyasi Prezidenti bilan telefon orqali muloqoti togrisida

 

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Prezident Vladimir Putinga samimiy qutlov hamda kuni kecha Buxoro viloyatida Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi yakunlangani va ishga tushirilgani munosabati bilan bolib otgan tantanali tadbirda Rossiyadan nufuzli delegatsiya ishtirok etgani uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

LUKOYL kompaniyasi bilan hamkorlikda tabiiy gazni chuqur qayta ishlash boyicha ishga tushirilgan yuqori texnologik ishlab chiqarish majmuasi mamlakatlarimiz ortasida tobora mustahkamlanib borayotgan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining yana bir yorqin namunasi ekani alohida takidlandi.

Muloqotda oliy darajadagi uchrashuvlar chogida erishilgan kelishuvlar doirasida Ozbekiston Rossiya kop qirrali aloqalarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari korib chiqildi.

Ozbekiston Prezidenti Rossiya Prezidentiga davlat tashrifi bilan mamlakatimizga kelishni yana bir bor taklif etdi. Taklif mamnuniyat bilan qabul qilindi. Tashrifning aniq muddati diplomatik kanallar orqali kelishib olinadi.

Muloqot songgida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin turli formatlarda ozaro aloqalarni faol davom ettirishga tayyor ekanliklarini takidladilar.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018