2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Xalqimizning ertangi kunga ishonchi, yaxshi yashashga intilishi va ishtiyoqi ortmoqda

 

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 2018-yilning 19-20-may kunlari Andijon viloyatida boldi.

Prezidentimiz 2017-yil 2-3 iyun kunlari viloyatga tashrifi chogida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayoni bilan tanishar ekan, bir qator istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar bergan edi. Otgan vaqt mobaynida ana shu yonalishda salmoqli ishlar amalga oshirildi.

Otgan yilgi tashrifdan song ishlab chiqilgan 2017-2018-yillarga moljallangan dasturga muvofiq, viloyatda 2017-yilda umumiy qiymati 1,5 trillion som bolgan 3 mingdan ziyod loyiha amalga oshirildi (OR MB kursi 22.05.2018 da, 1$= 7997.95 som). Buning natijasida iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda sezilarli osishga erishildi. Muhimi, odamlarning ertangi kunga ishonchi mustahkamlanib, yaxshi yashashga intilish va ishtiyoqi ortdi. Bu yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim samarasidir.

Davlatimiz rahbarining Andijonga bu galgi safari davomida avvalgi tashrif asnosida berilgan topshiriqlar ijrosiga alohida etibor qaratildi. Shuningdek, viloyatni yanada rivojlantirishga qaratilgan yirik loyihalar ijrosining borishi, aholining talab-ehtiyoji bilan bevosita tanishish va bu boradagi kelgusi rejalarni belgilash diqqat markazida boldi.

Prezidentimiz otgan yili Andijon tumani Xakan qishlogida Milana textile masuliyati cheklangan jamiyatining trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish loyihasi bilan tanishgan edi.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 23-fevraldagi Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada ragbatlantirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori asosida 9 milliard som investitsiya kiritish, 200 yangi ish orni yaratish sharti bilan korxonaga Xakan qishlogida bir gektar yer maydoni va foydalanilmay turgan bino nol qiymatda berildi.

Korxona Aloqabank viloyat filialidan olingan 2 milliard som kredit hamda 7 milliard som oz mablagi hisobidan uch qavatli bino qurib, zamonaviy jihozladi. Xorijdan keltirilgan tikuv dastgohlari ishlab chiqarish hajmini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Bu yerda ayollar va bolalar uchun ishlab chiqarilayotgan 20 dan ortiq turdagi trikotaj mahsulotlarining asosiy qismini eksport qilish rejalashtirilgan. Eng muhimi, fabrika ishga tushirilishi bilan tumandagi 200 nafardan ortiq xotin-qiz doimiy ish orniga ega boldi.

Shu yerda Har bir oila tadbirkor dasturining Andijon viloyati misolidagi konsepsiyasi namoyish qilindi. Ushbu dastur mehnat bilan band bolmagan aholini tadbirkorlik, hunarmandlik, fermerlik, kasanachilikka orgatish orqali ularga daromad manbai yaratib berishga qaratilgan.

Andijonda aholi zich joylashgan. Bir-ikkita zavod bir foiz aholiniyam ish bilan taminlay olmaydi. Bu yerda odamlarni faqat tadbirkorlik, hunarmandlik orqali boqish mumkin. Xonadonlarga mablag va zarur uskunalar berib, ish yuritishni orgatsak, odamlar ozini ozi boqadi. Oilasini oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa zarur mahsulotlar bilan taminlashga qiynalmaydi. Sarflagan pulimiz bir yildan keyin ikki hissa bolib qaytadi. Odamlarni qollab-quvvatlash, tadbirkorlikka orgatishning iqtisodiy mexanizmi mana shunday bolishi kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz Andijon viloyatiga otgan yilgi tashrifi chogida dori-darmon ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish boyicha ham topshiriqlar bergan edi. Ushbu korsatmalar ijrosini taminlash maqsadida Andijon tumanidagi Zamin Bio Health masuliyati cheklangan jamiyati insulin dori vositasi ishlab chiqarish korxonasini barpo etdi.

Tumanning Xartum qishlogida joylashgan bu zavod Markaziy Osiyoda yagona bolib, yiliga 10 million flakon dori vositasi ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Shu paytgacha insulin yurtimizga chetdan keltirilgan. Zavodning ishga tushirilishi bilan ushbu dori vositasi importi hajmi kamayadi, valyuta tejaladi, qolaversa, narx pasayadi. Masalan, hozirgi paytda bir flakon insulinning bozor narxi 36 ming som bolsa, mazkur korxona bu dorini 20 ming somdan yetkazib berishi mumkin.

Loyiha qiymati qariyb 28 milliard som bolgan zavodga Germaniya, Fransiya, Shveysariya, Xitoy, Hindistondan zamonaviy uskuna va texnologiyalar keltirib ornatildi.

Bu juda dolzarb ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha, dedi Shavkat Mirziyoyev zavod mutasaddilari bilan muloqotda. Insulinga ehtiyoji bor bemor dori topolmasa, hayoti xavf ostida qoladi, chorasini kormagan, deb bizdan norozi boladi.

Prezidentimiz mahalliy ishlab chiqaruvchilar bozorga kirib, raqobatbardosh bolguncha ularni davlat tomonidan qollab-quvvatlash, dori substansiyalarini royxatdan otkazishda komaklashish boyicha topshiriqlar berdi.

Shu yerda "Zamin Bio Health masuliyati cheklangan jamiyatida kukunli antibiotik ishlab chiqarish, viloyatda farmatsevtika sanoatini rivojlantirishga oid boshqa loyihalar taqdimoti bolib otdi.

19-may kuni Andijon tumanidagi Andijan Silk.Co Ozbekiston Xitoy qoshma korxonasi pillani qayta ishlab, undan tayyor mahsulot ishlab chiqarish boyicha yirik majmuani ishga tushirdi. Prezidentimiz korxona faoliyatiga start beruvchi ramziy tugmani bosdi. Bu yerda amalga oshirilgan ishlarni kozdan kechirdi.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 29-martdagi qarori asosida tashkil etilgan Ozbekipaksanoat uyushmasi tomonidan bugungi kunda tarmoqni jadal rivojlantirish, sohaga innovatsion texnologiyalarni jalb etish, ipak qurtini yangicha usulda parvarishlash, xorijiy davlatlarning ilgor tajribasini organish orqali pilla sifati va miqdorini oshirish, ayollar va yoshlarni doimiy ish bilan taminlashga alohida etibor qaratilmoqda.

Andijan Silk.Co qoshma korxonasining qurilish ishlariga 5 milliard som mablag sarflandi. Pillani qayta ishlashni tashkil etish uchun 2 million 100 ming dollar evaziga Xitoyda ishlab chiqarilgan ip yigiruv va tikuv mashinalari keltirib ornatildi. Natijada 150 kishi doimiy ish orniga ega boldi. Joriy yil oxirigacha ishchilar soni 300 taga yetkaziladi.

Korxona toliq quvvat bilan ishlay boshlagach, yiliga 300 tonna pilla qayta ishlanadi. 2018-yilning ozida 5,1 million dollarlik tayyor mahsulot eksport qilish imkoniyati yaratiladi.

Butun dunyoda sifatli ipak matolarga talab katta. Bundan yiliga uch marta daromad olsa boladi. Demak, pillachilikni rivojlantirish, koproq barg beradigan tut plantatsiyalarini kopaytirish kerak, dedi davlatimiz rahbari.

Shu yerda trikotaj, charm-payabzal, qurilish materiallari, ip-kalava va gazlama ishlab chiqarishga moljallangan loyihalar taqdimoti otkazildi.

Davlatimiz rahbari Andijon viloyatiga otgan yilgi tashrifi davomida Asaka tumanida zamonaviy issiqxona tashkil etish loyihasi bilan tanishgan edi. Asaka bankining tuman filialidan loyiha uchun 1,5 million dollar mablag ajratilib, Sabo hamkor MCHJ tomonidan 5,8 gektar maydonda gidroponika usulida banan va pomidoretishtiriladigan 2 ta issiqxona barpo etildi. Turkiyaning Asya Modern Serachilik kompaniyasi bilan tuzilgan shartnomaga asosan ushbu mablag evaziga xorijdan issiqxona uskunalari olib kelindi.

Sabo hamkor MCHJ tomonidan bu yerga qoshimcha 500 ming dollar mablag sarflanib, umumiy qiymati 2 million dollarlik loyiha joriy yil mart oyida toliq ishga tushirildi.

25 ming tup pomidor kochati ekilgan 1 gektarlik issiqxonada joriy yilda 300 tonnagacha hosil olish va qoshni davlatlarga eksport qilish moljallanmoqda. 2 gektarda tashkil etilgan issiqxonada tajriba tariqasida 5 ming tup banan kochati parvarishlanmoqda. Banandan birinchi mavsumda 250-300 tonna hosil olish kutilmoqda.

Prezidentimiz banan yetishtirilayotgan issiqxonani kozdan kechirdi. Uni kengaytirish, mahsulotni qayta ishlash va saqlash sharoitini yaratish, hosildorlikni oshirish yuzasidan tavsiyalar berdi.

Davlatimiz rahbariga issiqxonalarning kompyuter orqali boshqariladigan sovutish va motadil iqlim yaratuvchi tizimi haqida ham malumot berildi. Zamonaviy texnologiya asosida issiqxonalarga oz vaqtida kerakli harorat, mineral ogit va namlik beriladi.

Turkiyalik hamkorlar kochat parvarishidan to hosil yetishtirishgacha bolgan jarayonni nazorat qilib borish uchun agronomlar jalb qilgan. Shuning hisobiga 2-3 oyda yetiladigan pomidor hosilini 1-1,5 oyda olish, ikki yilda uch marta banan yetishtirish mumkin boladi.

Shavkat Mirziyoyev kam ish kuchi sarflab yuqori hosil olish imkonini beruvchi bunday issiqxonalarni kopaytirish kerakligini takidladi.

Mamlakatimizga import qilinadigan banan pishmasdan uziladi. Tabiiyki, bunday mevada vitamin va ozuqa moddalari kam boladi. Yurtimizda bunday tropik mevalarni yetishtirish har jihatdan foydali boladi, qolaversa, valyuta tejaladi, dedi Prezidentimiz.

Shu yerda 2018-2019 yillarda Andijon viloyatida agrar sohani rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalar taqdimoti otkazildi.

Davlatimiz rahbariga Andijon viloyatida chorvachilikni rivojlantirishga oid loyihalar togrisida malumot berildi. Joriy yilda mazkur yonalishdagi 40 loyiha ijrosi natijasida 32 ming tonnadan ziyod sut, 400 tonnadan ortiq gosht yetishtiriladi. Tarmoqda jami 649 ish orni yaratiladi.

Otgan yili viloyatga tashrifi davomida Prezidentimiz Ormon xojaligi ilmiy-tadqiqot institutining Andijon filialini tashkil etish boyicha topshiriq bergan edi. Hozirgi kunda filialda 9 ilmiy xodim faoliyat yuritmoqda. Viloyatda davlat ormon xojaligini rivojlantirish boyicha qator istiqbolli loyihalar ishlab chiqilmoqda. Agar 2016-yilda ormon xojaligi yerlarida atigi 8 gektarda qishloq xojaligi mahsulotlari yetishtirilgan bolsa, rejaga kora joriy va kelasi yilda bu korsatkich 830 gektarga yetkaziladi. Adir va togoldi hududlarida pista, yongoq, noxat, loviya yetishtirilib, koplab doimiy va mavsumiy ish orinlari yaratiladi.

Davlatimiz rahbari filialda innovatsiyalarni rivojlantirish boyicha fond tuzish, viloyatda zafaron va namatak kabi dorivor osimliklar yetishtirish boyicha iqtisodiy zona tashkil etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Ormon xojaligida innovatsiya qilmasak, daromad olish qiyin, dedi Shavkat Mirziyoyev. Shuning uchun Andijon viloyati ormon xojaligida innovatsiyalarni rivojlantirish va qollab-quvvatlash boyicha 3 yilga moljallangan maxsus qaror qabul qilish maqsadga muvofiqdir.

Joriy yilda 11 tumandagi 300 gektar maydonda yangi hovuzlar barpo etilib, baliq yetishtirish hajmi 450 tonnaga oshiriladi. Bundan tashqari, tomorqalarda hamda 1050 gektar sholi maydonida Xitoy va Vyetnam texnologiyalari asosida baliq yetishtirish yolga qoyiladi.

Prezidentimiz baliqchilik, parrandachilik hisobidan aholining goshtga ehtiyojini taminlash kerakligini takidladi. Shunga muvofiq, tarmoqda hosildorlikni kamida 12-15 ming tonnaga yetkazish vazifasi qoyildi.

Viloyatda meva-sabzavot eksportini oshirish, qishloq xojaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash, toqimachilik klasterini tashkil etish, ip yigiruv va toquv mahsulotlari ishlab chiqarishni yolga qoyish boyicha amalga oshiriladigan loyihalar ham muhokama qilindi. Bunday chora-tadbirlar qoshimcha ish orinlari yaratish, aholi daromad manbaini yanada oshirishda muhim omil bolishi takidlandi.

Prezidentimiz Ulugnor tumanidagi Shahriobod mahalla fuqarolar yiginida bolib, bu yerda Obod qishloq dasturi doirasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi, aholi bilan muloqot qildi.

Bugun Shahriobod mahallasi butunlay yangi qiyofa kasb etgan. 3 mingdan ziyod aholi istiqomat qilayotgan qishloqdagi 22 kop qavatli uyning tomlari yangilanib, atrofida qurilish-obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. 7,3 ming kvadrat metr maydonga bruschatka yotqizildi, yoritish chiroqlari, orindiqlar, 1 ming 570 metr masofaga lotoklar ornatildi. Uylar yonida tandirxonalar qurildi. Bundan tashqari, mahalla idorasi, toyxona, hammom, mini-marketlar barpo etildi.

Mahalla hududida joylashgan tuman Barkamol avlod markazi, 20-umumtalim maktabi, 3-maktabgacha talim muassasasi kapital tamirlandi.

Davlatimiz rahbari oqsoqollar bilan suhbatda mamlakatimizda keng kolamda boshlangan qishloqlarni obodonlashtirish dasturi odamlar hayotiga yangi mazmun olib kirayotgani, bundan odamlarning kongli togday kotarilib, ertangi kunga ishonchi ortayotganini takidladi.

Muborak Ramazon oyi kunlarida Andijon viloyatiga tashrif buyurib, tadbirkorlar va aholi bilan uchrashayotganimiz, viloyat kelajagi uchun katta-katta rejalar qilayotganimiz zamirida chuqur mano bor, dedi Shavkat Mirziyoyev. Shu ulug kunlarda amalga oshirayotgan ishlarimiz andijonliklar va butun xalqimizga xayr-baraka olib kelsin, obod qishloqlarimiz kopaysin.

Shu kuni Ulugnor tumani hokimligida viloyat faollari vamutasaddi rahbarlar ishtirokida yigilish bolib otdi.

Videoselektor shaklidagi yigilishda iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, qoshimcha manbalar topish hisobidan ish orinlari tashkil etish, talim, tibbiyot sohalarini takomillashtirish, aholi bandligini taminlash masalalari muhokama qilindi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qomondoni Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni Sharqiy harbiy okrugga qarashli qismda bolib, yangi Mudofaa doktrinasi ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Harbiy qismlarda bir qator tarkibiy-tashkiliy ozgarishlar amalga oshirildi oziq-ovqat taminoti boyicha autsorsing tizimi joriy qilindi, oquv binolari, yotoqxonalar, sport zali va maydonlari zamonaviy tamirlanmoqda. Bu harbiy xizmatchilarning butun kuch-gayratini professional malaka va jangovar shayligini oshirishga qaratish imkonini bermoqda.

Davlatimiz rahbari harbiy xizmatchilarning sport mashgulotlarida qatnashish jarayoni bilan qiziqdi.

Harbiylarimiz jismonan baquvvat, manan yuksak, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk sarkardalarimizga munosib bolishi kerak, dedi Prezidentimiz. Buning uchun ular jismoniy mashgulotlar bilan birga, har kuni kitob oqishi, til organishi, dunyoqarashini kengaytirishi zarur.

Harbiy qism xizmatchilarining manaviyatini yuksaltirish uchun dam olish kunlari bu yerda olimlar va sanatkorlar bilan uchrashuvlar otkaziladi, sahna asarlari namoyish etiladi.

Shavkat Mirziyoyev askarlar, ziyolilar bilan suhbatlashdi. Uchrashuvda shaxsiy tarkibning manaviy-ruhiy tayyorgarligiga yetarlicha etibor qaratish, buning uchun ziyolilar, manaviyat targibotchilari bilan hamkorlikni kuchaytirish lozimligi takidlandi. Harbiylarning yashash sharoitini yaxshilash, ularni uy-joy bilan taminlash ishlarini jadallashtirish, joylarda faoliyat yuritayotgan harbiy-mamuriy sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirish lozimligi qayd etildi.

Prezidentimiz viloyatga tashrifi davomida Andijon shahrida aholining turmush tarzini yaxshilash, uy-joyga ehtiyojini taminlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan qiziqdi.

Davlatimiz rahbari viloyatga otgan yilgi tashrifi doirasida Andijon shahrining Ozbegim mahalla fuqarolar yiginida barpo etilayotgan 7 qavatli 5 ta uy bilan tanishib, bu yerni zamonaviy massivga aylantirish boyicha tavsiyalar bergan edi.

Sobiq konserva zavodining orni bolgan bu yerlar qarovsiz, korimsiz joylar edi. Prezidentimizning topshirigidan song bu yerda 5 ta uy qurilib, 2017-yil dekabr oyida oz egalariga topshirildi. Uylar bilan birga hududga oroyish berib turgan zamonaviy infratuzilma barpo etildi, atrofga orindiqlar ornatilib, bolalar maydonchalari, mini-market, dokon, novvoyxona, avtoturargoh qurildi.

Ayni paytda davlatimiz rahbarining topshirigi asosida hududda yana 9 ta, shahar boyicha jami 14 ta kop qavatli uy qurilmoqda. Turar-joylarni joriy yil sentyabr oyida oz egalariga topshirish kozda tutilgan.

Mahallaning shimoliy qismidagi hovlilar orniga ham kop qavatli uylar, 1000 orinli maktab, 280 orinli bogcha, mehmonxona, maishiy xizmat korsatish shoxobchalari qurish rejalashtirilgan.

Prezidentimiz Andijonda aholini uy-joy bilan taminlash dolzarb ekanini inobatga olib, shu yilning ozida qoshimcha yana beshta 7 qavatli uy qurish boyicha topshiriq berdi.

Shu tariqa bu yil Andijon shahrida 19 ta, yaqin yillarda jami 50 ta kop qavatli uy bunyod etiladi. Yangi uylar Andijonda uy-joyga ehtiyojni taminlashga erishish imkonini beradi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu yerda Andijon shahrining 2035-yilgacha moljallangan Bosh rejasi va shaharda amalga oshiriladigan boshqa ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish-rekonstruksiya qilish loyihalari taqdimoti otkazildi.

Bugungi kunda Andijon shahrida 422 ming aholi 15 ming gektar joyda istiqomat qilmoqda. Prezidentimizning otgan yilgi topshirigi asosida OzshaharsozlikLITI DUK tomonidan shaharning yangi bosh rejasi loyihasi ishlab chiqilib, unda Andijon tumani va qisman Oltinkol tumani hududidan 6 ming 300 gektar maydonni Andijon shahriga qoshish kozda tutilgan.

Prezidentimiz Bosh rejada kozda tutilgan maqsadlarga etibor qaratdi. Andijon shahridagi Devonaboy masjidi hamda Yu.Otabekov kochasini kapital rekonstruksiya qilish loyihalari yuzasidan oz taklif va tavsiyalarini berdi. Mazkur kochadan oqib otuvchi kanal boyi obodonlashtirilib, atrofida odamlar dam oladigan sayilgoh barpo etilmoqda. Hozirgi kungacha kanalning 500 metr qismidagi ishlar bajarilgan, Mustaqillik bayramigacha 3,5 kilometrlik qismi toliq obod etiladi.

Shavkat Mirziyoyev barcha loyihalarni bajarishda sifat va muddatga etibor qaratish, uzoq kelajakni hisobga olish kerakligini takidladi.

 

Manba: OzA

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018