2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish jadal taraqqiyotga xizmat qiladi

 

 

Buxoro viloyatida 19-aprel kuni Qandim gazni qayta ishlash majmuasining ishga tushirilishiga bagishlangan marosim bolib otdi.

Ozbekiston uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirish imkonini beradigan boy uglevodorod zaxiralariga ega. Hisob-kitoblarga kora, Markaziy Osiyodagi barcha mineral zaxiralarning uchdan bir qismi Ozbekiston hududida joylashgan. Mamlakatimiz gaz qazib chiqarish boyicha dunyoning dastlabki yigirmataligiga kiradi.

Bugungi kunda Ozbekiston neft-gaz sanoati nafaqat yerosti boyliklarini qazib olish, balki qayta ishlash va mahsulot ishlab chiqaruvchi majmualar tizimiga aylandi. Bu tarmoqda sanoat yuksak darajada rivojlanib, ichki va tashqi bozorda talab yuqori bolgan mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish boyicha qator yirik korxonalarni birlashtirdi.

Hozirgi bosqichda tarmoqning asosiy iqtisodiy yonalishlaridan biri uglevodorod xomashyosini chuqur qayta ishlash va undan qoshimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda eksport geografiyasini kengaytirish hisoblanadi. Bu boradagi loyihalarni amalga oshirish uchun mamlakatimizga neft va gaz qazib chiqarishda yetakchi bolgan qator yirik chet el kompaniyalari jalb etilmoqda. Rossiyaning Lukoyl neft kompaniyasi bilan hamkorlikda Qandim Xauzak Shodi Kongirot mahsulot taqsimoti bitimi doirasida bunyod etilgan Qandim gazni qayta ishlash majmuasi ulardan biridir.

Takidlash joizki, Qandim gazni qayta ishlash majmuasi muddatidan 8 oy avval qurib bitkazildi. Bundan roppa-rosa ikki yil ilgari 2016-yil 19-aprelda Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi boshlanishiga bagishlangan marosim bolib otgan edi. Majmua va infratuzilma obyektlarini barpo etishda 10 mingga yaqin ishchi-mutaxassis qatnashdi. Korxona foydalanishga topshirilishi bilan 2 mingdan ortiq doimiy ish orni yaratildi.

Qandim gazni qayta ishlash majmuasi tarkibiga gaz qazib olish va yigish tizimi, ikkita gazni qayta ishlash texnologik tarmogi, mahsulotlarni ortish va tashish uchun terminallar, magistral gaz quvuri orqali tabiiy gazni eksport qilish hamda muhandislik va energoresurslar bilan taminlash qurilmalari kiradi. Bu yerga gaz ikkita tabiiy gaz yigish punktiga birlashtirilgan 114 quduqdan keladi.

Majmuaning ishga tushirilishiga bagishlangan marosimda Rossiya Federatsiyasi energetika vaziri Aleksandr Novak, Lukoyl kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperov, diplomatik korpus, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, zavod ishchi-muhandislari, yoshlar, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Marosimda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq sozladi.

Davlatimiz rahbari Harakatlar strategiyasiga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar sanoatning yetakchi yonalishlarini izchil rivojlantirishga xizmat qilayotgani samarasida yoqilgi-energetika tarmogiga togridan-togri xorijiy investitsiyalar faol jalb etilayotganini takidladi. Xususan, Qandim gazni qayta ishlash majmuasi Ozbekiston bilan Rossiya hamkorligi barcha sohalarda jadal rivojlanib borayotganining yorqin namunasi ekanini qayd etdi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning tabrigini ushbu mamlakatning energetika vaziri Aleksandr Novak oqib eshittirdi.

Lukoyl kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperov, Qandim gazni qayta ishlash majmuasi muhandisi Shahzod Qurbonov, neft-gaz sohasi faxriysi Komil Fozilov ushbu sana mamlakatimiz uchun tarixiy kun ekani, choldagi mojizaga aylangan mazkur majmua Ozbekistonda hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilayotgan islohotlarning natijasi ekanini takidladi.

Shundan song Qandim gazni qayta ishlash majmuasi faoliyatiga start beruvchi ramziy tugma bosildi.

Biz bugun juda muhim voqea guvohi boldik, dedi Rossiya Federatsiyasining Ozbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev. Men ikki yil avval mana shu majmua poydevoriga tamal toshi quyilgan kunni mamnuniyat bilan eslayman. Qandim loyihasi Ozbekiston iqtisodiyotida alohida orin tutadi. Zero, Prezident Shavkat Mirziyoyev takidlaganidek, Qandim majmuasi Ozbekistonga faqat tabiiy xomashyo bilan cheklanib qolmay, uni chuqur qayta ishlash borasida ham katta imkoniyat yaratadi.

Mazkur ulkan sanoat korxonasi Ozbekiston, Rossiya va Koreya Respublikasi muvaffaqiyatli hamkorligining yorqin namunasidir, dedi Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yong U. Qandim majmuasi Ozbekistonda gazdan unumli foydalanish, uni eksport qilish korsatkichlarini oshirishga salmoqli hissa qoshadi. Oylaymanki, muvaffaqiyatli amalga oshirilgan ushbu loyiha boshqa sohalarni modernizatsiya qilish va rivojlantirish jarayonida koreyalik investorlarning ishtiroki ortishiga katta turtki beradi.

Xulosa qilib aytganda, Qandim gazni qayta ishlash majmuasining ishga tushirilishi Ozbekistonda gaz konlarini ozlashtirishda yangi bosqichni boshlab berdi. Ozbekiston iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biri bolgan neft-gaz sohasi rivoji mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yanada oshishida muhim omil boladi.

Davlatimiz rahbari majmuaning texnologik jarayonini kozdan kechirdi. Laboratoriya va markaziy boshqaruv pultida boldi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrifi davomida viloyat va tumanlar hokimlari, xojalik birlashmalari rahbarlari, mutasaddilar bilan yigilish otkazdi.

Yigilishda davlatimiz rahbarining joriy yil 16-17 fevral kunlari viloyatga tashrifi asnosida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

* * *

Shu kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari dastlab viloyatdagi tort sektor rahbarlari, tashkilot va idoralar masullari bilan muloqot qildi. Unda Prezidentimizning joriy yil 2 mart kuni viloyatga tashrifi chogida belgilangan vazifalar ijrosining borishi korib chiqildi. Viloyat ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi.

Shavkat Mirziyoyev Navoiyazot aksiyadorlik jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

Navoiyazot aksiyadorlik jamiyati 1964-yilda ishga tushirilgan. Korxonada qishloq xojaligi, neft-gaz tarmogi, energetika va tog-kon sanoati ehtiyoji uchun 70 dan ortiq turdagi mahsulot ishlab chiqariladi. Vaqt otishi bilan texnologik uskuna hamda qurilmalar jismonan va manan eskirdi. Kop miqdorda elektr energiyasi va boshqa tabiiy resurslarni sarf qilish evaziga mahsulot ishlab chiqara boshladi. Yani foydali ish koeffitsenti bugungi davrga umuman mos kelmay qoldi. Bu jihatlar etiborga olinib, korxonada bosqichma-bosqich modernizatsiya ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, jamiyat hududida uchta yirik investitsion loyiha Polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish, Ammiak va karbamid ishlab chiqarish hamda Azot kislotasi ishlab chiqarish korxonalari qurilishi qizgin davom etmoqda. Ushbu korxonalarga zamonaviy, tejamkor texnologik uskunalar ornatiladi.

Prezidentimiz yangi obyektlardagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi, quruvchilar, xorijlik investorlar bilan muloqot qildi.

Polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish loyihasining umumiy qiymati 500 million AQSH dollaridan oshadi. Qurilish ishlarini Xitoyning China CAMC Engineering CO. LTD va HQC (Shanghai) kompaniyalari konsorsiumi hamda yurtimiz mutaxassislari amalga oshirmoqda.

Korxona foydalanishga topshirilgach, yiliga import ornini bosuvchi 100 ming tonna polivinilxlorid, 75 ming tonna kaustik soda, 300 ming tonna metanol tayyorlanadi. 900 dan ortiq ish orni yaratiladi. Mahsulotning 50 foizdan ziyodini eksport qilish kozda tutilgan.

Qurilish ishlarida 197 zamonaviy texnika, 1280 ishchi mehnat qilmoqda. Korxonani malakali xodimlar bilan taminlashga ham alohida etibor qaratilayotir. Bu yerga ornatiladigan zamonaviy uskunalarni boshqarish uchun mamlakatimizdagi oliy talim muassasalarida muhandis-texnolog, mexanik, energetik, iqtisodchi va dasturchilar tayyorlanyapti. Ishchilarning asosiy qismi Navoiy shahridagi kasb-hunar kollejlarida tayyorlanadi.

Davlatimiz rahbari bu kabi yirik ishlab chiqarish korxonalarining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi orni haqida toxtalib, qurilish ishlarini tez va sifatli yakunlash boyicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Navoiyazot aksiyadorlik jamiyatining mavjud energiya sarfi yuqori bolgan ammiak ishlab chiqarish 1-2 navbatlarini ekspluatatsiyadan chiqarish kozda tutilgan. Xususan, Ammiak va karbamid ishlab chiqarish boyicha umumiy qiymati 985 million dollar bolgan loyiha amalga oshirilmoqda. Qurilish ishlari yakunlangach, bu yerda yiliga 660 ming tonna ammiak, shuningdek, 577,5 ming tonna karbamid olish, ulardan tayyorlanadigan mineral ogitlar turini oshirish imkoniyati paydo boladi. 500 ga yaqin ish orni yaratiladi.

Yaponiyalik hamkorlar (Mitsubishi Heavy Industries, Ltd, Mitsubishi Corporation kompaniyalari) bilan birgalikda barpo etilayotgan majmuani 2020-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Aksiyadorlik jamiyatining azot ishlab chiqarish boyicha eski 1-2 navbatlari ham ekspluatatsiyadan chiqarilmoqda. Yani kelasi yili yana bir loyiha Azot kislotasi ishlab chiqarish majmuasi qurilishini nihoyasiga yetkazish rejalashtirilgan. Texnik iqtisodiy asoslarga muvofiq umumiy qiymati 216,6 million dollarga teng ushbu ishlab chiqarish obyekti Shveysariyaning CASALE SA kompaniyasi tomonidan bunyod etilmoqda. Bu yerda yiliga 500 ming tonna mahsulot tayyorlash mumkin boladi, 122 ta ish orni yaratiladi.

Bu kabi yirik ishlab chiqarish korxonalarida mehnat qiladigan tajribali muhandis va ishchi-xodimlarni tayyorlashga alohida etibor qaratish zarur. Kerak bolsa, ularni xorijdagi korxonalarga jonatib, tajriba almashish va malaka oshirishini yolga qoyishimiz lozim, dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018