2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Diniy bagʻrikenglik: Oʻzbekiston va AQSH tajribasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Diniy bagʻrikenglik: Oʻzbekiston va AQSH tajribasi mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbir AQSHning xalqaro diniy erkinliklar sohasidagi maxsus topshiriqlar boʻyicha elchisi Samuel Braunbek boshchiligidagi delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifi doirasida tashkil etildi. Unda delegatsiya aʼzolari, AQSHning Global hamkorlik instituti, mamlakatimizning qator vazirlik va idoralari mutasaddilari, fuqarolik jamiyati institutlari, diniy konfessiyalar vakillari ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S.Safoyev Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotgani, bu islohotlar negizida siyosiy va iqtisodiy modernizatsiya, yaʼni Oʻzbekistonni zamonaviy davlatga aylantirish gʻoyasi mujassam ekanini taʼkidladi.

Zamonaviy davlatga aylanish inson huquqlarini taʼminlashni nazarda tutadi. Aslida hech bir jamiyatda barqaror rivojlanishga diniy erkinlikni taʼminlamasdan erishib boʻlmaydi. Oʻzbekiston inson huquqlari va diniy erkinlikni taʼminlash borasida AQSH bilan tizimli ishlarni amalga oshirmoqda. Xususan, 2017-yilda BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining din va eʼtiqod erkinligi masalasi boʻyicha maxsus maʼruzachisi Ahmad Shahidning mamlakatimizga tashrifi doirasida diniy erkinlik sohasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Yoʻl xaritasi" ishlab chiqildi. Ushbu anjuman ham mazkur hujjatga muvofiq oʻtkazildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi J.Akramov, Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi direktori Sh.Minovarov, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Sh.Yovqochev va boshqalar mamlakatimizda vijdon erkinligi taʼminlanayotgani, milliy va diniy qadriyatlar eʼzozlanayotgani samarasida millatlararo va diniy konfessiyalararo bagʻrikenglik, ahillik muhiti qaror topganini alohida taʼkidladi. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonun yangi tahrirda ishlab chiqilayotgani, din va eʼtiqod erkinligini taʼminlash boʻyicha Yoʻl xaritasi ijrosi, ziyorat turizmi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

Davra suhbatida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy U.Alimov, Mitropolit Vikentiy, Oʻzbekistondagi Rim-katolik cherkovi yepiskopi Ye.Matsulevich, Yahudiylar diniy jamoasi rahbari A.Isaxarov, Bahoiylar jamoasi rahbari T.Klemenova, Krishnani anglash jamoasi ruhoniysi I.Zakirov yurtimizda barcha millat va elat vakillarining diniy ehtiyojlarini taʼminlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilgani, Oʻzbekistonda dinga eʼtiqod qiluvchilar Qurbon va Ramazon hayitlari va boshqa diniy bayramlarni emin-erkin nishonlayotganini, diniy erkinlik sohasida hech qanday cheklovlar va nizolar yoʻqligini qayd etdi.

Oʻzbekistonda bundan 17 yil avval boʻlganman, dedi AQSHning xalqaro diniy erkinliklar sohasidagi maxsus topshiriqlar boʻyicha elchisi Samuel Braunbek. Oʻtgan davrda mamlakatingiz erishgan yutuqlarga guvoh boʻldim. Tashrif davomida qator mutasaddilar bilan suhbatlashdim. Yurtingizdagi har bir yutuq AQSHda katta quvonch bilan qabul qilinmoqda. Biz Oʻzbekiston bilan diniy erkinlik sohasida hamkorlikni izchil rivojlantiramiz. Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQSHga tashrifi chogʻidagi uchrashuvlarning mantiqiy davomi boʻlgan muzokaralarimiz Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasida diniy erkinlikni taʼminlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilayotganidan dalolat beradi.

Tadbir yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti va AQSHning Global hamkorlik instituti oʻrtasida oʻzaro anglashuv toʻgʻrisida memorandum imzolandi.

AQSH delegatsiyasi shu kuni Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida ham uchrashuvlar oʻtkazdi.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018