2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

OZBEKISTON MADANIY MEROSI XALQLAR VA MAMLAKATLAR ORTASIDA MULOQOTGA YOL IKKINCHI XALQARO KONGRESSI

 

Sankt-Peterburg: Ozbekiston madaniy merosi xalqlar va mamlakatlar ortasida muloqotga yol

Avval xabar qilinganidek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida  Ozbekiston madaniy merosi xalqlar va mamlakatlar ortasida muloqotga yol ikkinchi xalqaro kongressi bolib otmoqda. 7 iyun Rossiya fanlar akademiyasining Maksim Gorkiy nomidagi Olimlar uyida anjumanning tantanali ochilishi bolib otdi.

Ikkinchi xalqaro kongress Ozbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Ozbekiston madaniyat vazirligi, bir qator davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda otkazilmoqda.

Kun davomida Madaniy merosni saqlash, organish va ommalashtirishning dolzarb yollari umumjahon muammosi sifatida: Ozbekiston tajribasi, Buyuk ipak yoli markazida Sharq va Garb madaniy ananalarining ozaro tasiri, Insonparvar va marifiy islom Ozbekiston madaniy merosida, Amaliy bezakli sanat: turmush, etiqod va gozallik uygunligi, Movarounnahr kitobat sanati singari yonalishlar boyicha Ozbekiston va dunyo olimlarining qiziqarli, rang-barang maruzalari tinglandi.

Maruzachilar oz chiqishlarida dunyoning turli hududlarida saqlanayotgan ozbek madaniyatining bebaho durdonalari, ularning tarixi, organilishi, oziga xos jihatlari togrisida qimmatli malumotlar berishdi.

Ikki yildan beri Ozbekiston madaniy merosi xalqlar va mamlakatlar ortasida muloqotga yol xalqaro kongressida ishtirok etib kelayapman, deydi Igor Savitskiy nomidagi Qoraqalpogiston davlat sanat muzeyi direktori Gulbahor Izentayeva. Loyiha doirasida bizning muzeyimizga bagishlangan kitob-albom ham chop etildi. Bunday ilmiy anjumanlar biz uchun juda katta tajriba maktabi vazifasini otaydi. Dunyoning yirik muzeylari vakillari bilan uchrashamiz, ular bilan tajriba almashamiz.

Shuningdek, anjumanda Ozbekiston madaniy merosi dunyo toplamlarida turkumida chop etilgan Ozbekiston madaniy merosi davlat din tarixi muzeyida, Ozbekiston gilamchiligi: asrlarga tengdosh ananalar, Ozbekiston madaniy merosi  Ozbekiston davlat sanat muzeyi toplamlarida, Ozbekiston madaniy merosi Germaniya muzeylarida kitob-albomlarining hamda ushbu mavzuda suratga olingan hujjatli filmlarning taqdimoti otkazildi.

Ayni paytga qadar Ozbekiston madaniy merosi dunyo toplamlarida turkumidan onta kitob chop etildi. Yana beshta kitob-albom chop etilish arafasida. Zamon press info nashriyot uyida nashrga tayyorlangan bu kitoblar zamonaviy poligrafiya imkoniyatlari doirasida chop etilmoqda.

Buyuk ozbek shoiri Erkin Vohidov Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon, ozbegim deganida naqadar haq edi, deydi Turkiyadagi Mega basin nashriyot uyining bosh direktori Selim Kondu. Chindan ozbek xalqining madaniy merosi turkiy xalqlar orasida noyob va betakrorligi bilan ajralib turadi. Bu ulkan xazinaning dunyo miqyosidagi targibotida oz hissamizni qoshayotganimizdan benihoya mamnunmiz. Mazkur kitob-albomlar ham eng ilgor matbaa texnologiyaari, ham qol mehnatidan foydalangan holda chop etilmoqda. Biz bunday keyin ham ushbu hamkorlikni davom ettirish niyatidamiz.

Ayni paytda Ozbekistonning Yaponiyadagi madaniy merosi durdonalariga bagishlangan kitob-albom ustidagi ishlarimizni tugatish arafasidamiz, deydi Yaponiyaning Sigaraki shahridagi Mixo muzeyi maxsus ilmiy xodimi Sergey Laptev. Biz mazkur albomni yaratish jarayonida Yaponiyaning onta muzeyidagi eksponatlarni organib chiqdik. Kunchiqar olkada saqlanayotgan Ozbekistonga oid eng qadimiy artefaktlar VIII asrga borib taqaladi. Bu nodir topilmalar ayni paytda imperator saroyida saqlanadi va yapon xalqining milliy xazinasidan orin olgan. Bu misollar Yaponiya va Ozbekiston orasidagi madaniy aloqalar juda uzoq tarixga egaligini isbotlaydi.

Eslatib otamiz, ikkinchi xalqaro kongress doirasida Sankt-Peterburgdagi Rossiya etnografiya muzeyi, Kunstkamera, Din tarixi davlat muzeyi, Rossiya milliy kutubxonasida Ozbekiston madaniy merosiga oid korgazmalar tashkil etilgan. Ozbekiston madaniy merosi xalqlar va mamlakatlar ortasida muloqotga yol ikkinchi xalqaro kongressi bugun, 8-iyun kuni oz ishini yakunlaydi.

 

 

 

(Manba: Xabar.uz)

 

 

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018