2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragbatlantirish togrisida

 

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimizda 9-may umumxalq bayrami Xotira va Qadrlash kuni otkazilishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok bolganlarning xotirasini abadiylashtirish, bugun ham saflarimizda turib Vatan obro-etiborini yuksaltirishga, yoshlarni manaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qoshayotgan faxriylarni ezozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan galabaning 73 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy ragbatlantirish maqsadida:

1. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 5 000 000 (besh million) som (OR MB kursi 17.04.2018 da, 1$= 8077,26 som) miqdorida biryola pul mukofoti belgilansin.

2. Mazkur Farmonni bajarish bilan bogliq sarf-xarajatlar Ozbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablaglari hisobidan amalga oshirilsin.

3. Ozbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofotining tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini taminlasinlar.

4. Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Ozbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Xotin-qizlar qomitasi, Ozbekiston yoshlar ittifoqi, Ozbekiston Badiiy akademiyasi, Respublika Manaviyat va marifat markazi, Nuroniy jamgarmasi va Mahalla xayriya jamoat fondi, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda Vatanimiz ozodligi va shani-sharafi himoyachilariga bagishlangan maxsus uchrashuvlar va marifiy-badiiy kechalar otkazsinlar.

5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

 

Toshkent shahri, 2018-yil 16-aprel

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018