2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston AQSH: strategik sheriklikning yangi davri

 

Avval xabar qilinganidek, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qoshma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 2018-yil 15-17 may kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boldi.

16 may kuni Oq uy qarorgohida davlat rahbarlarining uchrashuvi bolib otdi. Muzokaralarda Ozbekiston AQSH hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Ozbekiston va Amerika Qoshma Shtatlari: strategik sheriklik yangi davrining boshlanishi deb nomlangan Qoshma bayonoti qabul qilindi. Turli sohalardagi ozaro munosabatlarni yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar toplami imzolandi.

Jumladan, energetika, ikki tomonlama savdo munosabatlarini kengaytirish, oliy talim va akademik tadqiqotlar, qishloq xojaligi sohasida hamkorlik boyicha ahdlashuv protokollari qabul qilindi. Ozbekistonning Jahon savdo tashkilotiga azo bolishi hamda 2018 yilda Toshkentda Markaziy Osiyo savdo forumini otkazishda hamkorlik togrisidagi anglashuv memorandumlari imzolandi. Shuningdek, Ozbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan AQSH Eksport-import banki ortasida qoshma loyihalarni moliyalashtirish togrisida memorandum qabul qilindi.

Bu kelishuvlar ikki mamlakat ortasidagi aloqalarning tarixiy ahamiyatga molik yangi davrini boshlab berishi shubhasiz.

Ozbekiston delegatsiyasining AQSHga tashrifi munosabati bilan Villard interkontinental mehmonxonasida tashkil etilgan qabul marosimida Shavkat Mirziyoyev Donald Tramp bilan muloqot ozaro ishonch va hurmat, bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillari asosida otganini alohida takidladi. Biz bu tarixiy tashrifni keyingi ikki yilda misli korilmagan suratlar bilan rivojlanib borayotgan Ozbekiston AQSH hamkorligining mantiqiy davomi, deb bilamiz. Garchi mamlakatlarimiz geografik nuqtai nazardan bir-biridan olis bolsa-da, mehnatsevarlik, bagrikenglik va vatanparvarlik kabi qadriyatlar xalqlarimizni birlashtirib turadi, dedi davlatimiz rahbari.

Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston tarixi va madaniyatini chuqur organib, butun dunyoda keng targib etayotgan Frederik Starr va boshqa amerikalik olimlarga tashakkur izhor etdi.

Tadbirda ozbek maqom sanatini rivojlantirish, xalqimizning boy madaniy merosini dunyoda targib etishga qoshgan hissasi uchun maqom ansamblining sobiq xonandasi Izro Malakovga Ozbekiston Respublikasi xalq artisti unvoni berilgani elon qilindi. Izro Malakov bunday yuksak etibor uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.

Tashrifning uchinchi kuni ham uchrashuv, muzokara va tadbirlarga boy boldi.

Davlatimiz rahbari AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Ozbekiston Prezidentining rasmiy tashrifi ikki mamlakat manfaatlariga xizmat qilishi qayd etildi. Mamlakatlarimiz ortasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash, tashqi siyosat mahkamalari aloqalarini faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Pentagonda AQSH mudofaa vaziri Jeyms Mettis bilan muzokara olib bordi.

Prezidentimiz tashqi siyosatimizdagi ochiqlik va yaxshi qoshnichilik prinsiplariga asoslanib, Vatanimiz suvereniteti va mustaqilligini mustahkamlash maqsadida mamlakatimizning yangi Mudofaa doktrinasi qabul qilingani, harbiy okruglarning tarkibiy tuzilishi va vazifalari tubdan qayta korib chiqilib, harbiy bilim yurtlari isloh qilinganini takidladi.

Ozbekiston bu sohada Amerika Qoshma Shtatlari bilan tajriba almashish, harbiy, harbiy-texnikaviy, mudofaa va xavfsizlik yonalishlarida hamkorlik qilishdan manfaatdor, dedi Shavkat Mirziyoyev.

AQSH mudofaa vaziri Ozbekiston mintaqada muhim geostrategik ahamiyatga ega davlat ekanini takidladi.

Ozbekistonning ochiq va konstruktiv tashqi siyosati natijasida Markaziy Osiyoda yaxshi qoshnichilik muhiti yaratildi. Afgoniston Prezidenti Ashraf Gani bilan muloqotlaringiz, Afgoniston ishlari boyicha maxsus vakil tayinlaganingiz muhim ahamiyatga ega. Rasmiy tashrifingiz doirasida qabul qilingan besh yilga moljallangan harbiy hamkorlik rejasi mintaqada tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi, dedi Jeyms Mettis.

Uchrashuvda mudofaa va xavfsizlik, harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik sohalaridagi munosabatlarni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Davlatimiz rahbari Kapitoliyda AQSH Kongressi Vakillar palatasi azosi Trent Kelli boshchiligidagi kongressmenlar bilan uchrashdi. Muloqotda ikki mamlakat ortasida ozaro ishonch va manfaatdorlikka asoslangan munosabatlar qaror topgani qayd etildi. Parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Prezidentimiz parlament va hukumat darajasidagi ikki tomonlama tashriflar faollashgani siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilayotganini takidladi.

Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSH Senati Raisi orinbosari, moliya boyicha qomitasi raisi Orrin Xetch boshchiligidagi senatorlar bilan muloqot qildi. Suhbatda parlamentlararo aloqalar, shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Mamlakatimiz rahbarining AQSHga rasmiy tashrifi dasturidan orin olgan mazkur uchrashuv strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, ikki mamlakat parlamentlari ortasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu kuni Jahon banki prezidenti Jim Yong Kim bilan uchrashdi.

Davlatimiz rahbari uzoq yillardan buyon Jahon bankida ishlayotgan yurtdoshlarimiz bilan korishdi.

Bugungi kunda Ozbekiston bilan mazkur bank ortasidagi hamkorlik energetika, irrigatsiya va kommunal tarmoqlarni modernizatsiya qilish, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xojaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohalarini qamrab olgan. 2020 yilgacha hamkorlik boyicha qoshma dasturga 27 ta muhim loyiha kiritilgan. Ularning umumiy qiymati 4 milliard dollardan iborat bolib, uning 3 milliard dollari Jahon banki kreditlaridir.

Davlatimiz rahbari Ozbekistonda amalga oshirilayotgan yirik iqtisodiy loyihalarda Jahon banki bilan hamkorlik yuksak samara berayotganini qayd etdi. Ozbekiston Jahon banki bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish tarafdori ekanini takidladi.

Uchrashuvda istiqbolli loyihalar korib chiqilib, amaliy aloqalarni yanada kengaytirish boyicha aniq takliflar bildirildi. Bogdorchilikni rivojlantirish, shoshilinch tibbiy yordam tizimini takomillashtirish, sanoat korxonalarining energiya tejamkorligini oshirish, isitish tarmoqlarini modernizatsiya qilish, moliyaviy konsultativ xizmat korsatish kabi sohalarga oid bitimlar imzolandi.

Shu bilan Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQSHga rasmiy tashrifi yakuniga yetdi. Ozaro munosabatlardagi tarixiy voqea bolgan ushbu tashrif hamkorlikni yangi pogonaga kotarishi shubhasiz.

 

Manba: OzA

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018