2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Oʻzbek ipak matolari, milliy qadriyatlari namoyishi

Margʻilondagi milliy hunarmandchilikni rivojlantirish markazida Atlas bayrami anʼanaviy toʻqimachilik festivaliningtantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Fargʻona viloyati hokimi Sh.Gʻaniyev, YUNSKOning Oʻzbekistondagi vakili D.Badarch va boshqalar mamlakatimizda nomoddiy madaniy merosni asrab-avaylash, milliy hunarmandlikni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida eʼtibor yuksak samaralar berayotganini taʼkidladi.

Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish, yurtimizga kelayotgan xorijlik sayyohlar oqimini yanada koʻpaytirish, atlas, adras, zardoʻzlik va kashtachilik singari milliy mahsulotlarimizni keng targʻib etishda ushbu anʼanaviy festivalning alohida oʻrni bor. YUNSKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Hunarmand uyushmasi, YUNSKOning mamlakatimizdagi vakolatxonasi va Fargʻona viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda bu yanada yaqqol namoyon boʻldi.

Ayniqsa, keyingi yillarda usta-hunarmandlarning har tomonlama qoʻllab-quvvatlanayotgani, ularga turli imtiyoz va imkoniyatlar berilayotgani milliy hunarmandlikning ajralmas qismi boʻlgan atlaschilikda ham yangi davrni boshlab berdi. Hunarmandlar faoliyatini ragʻbatlantirish, ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish va kengaytirish orqali koʻplab yangi ish oʻrinlari yaratilmoqda.

Atlas bayrami festivalida Xitoy, Janubiy Koreya, Fransiya, Germaniya kabi 30 dan ortiq davlatdan mehmonlar ishtirok etayotgani uning nufuzi tobora oshib borayotganidan dalolatdir.

Hunarmandchilikni rivojlantirish markazida oʻtkazilgan mahorat saboqlarida 60 dan ortiq ishtirokchi hunarmandchilikning turli yoʻnalishlarida bilim va koʻnikmasini oshirdi. Mashgʻulotlarda faol ishtirok etgan qatnashchilarga tashkilotchilar tomonidan guvohnomalar topshirildi.

Ispaniya va Oʻzbekistonni koʻplab xalqaro masalalarda nafaqatfikr va pozitsiyalar yakdilligi, balki madaniyatlar umumiyligi ham birlashtirib turadi, deydi ispaniyalik Annik Zebia-Melsan. Ispaniyada ham tarixiy anʼanalarga hurmat bilan qaraladi va qadrlanadi. Bu yerda rang-barang matolarni kuzatib, juda hayratlandim. Yurtingizda boʻlib turganimdan nihoyatda xursandman. Ushbu festivalda keyingi yil ham albatta qatnashaman.

Oʻzbekistonning dunyo sari ochiqlik siyosati xorijiy investitsiyalar jalb etish, turistlar oqimini koʻpaytirish uchun noyob imkoniyat taqdim etadi. Yurtimiz tabiiy resurslarga, qadimiy meʼmoriy yodgorliklarga, eng muhimi, intellektual salohiyatga boy mamlakatdir. Ayni shu jihatlar tufayli ham bu yilgi milliy matolar bayramida ishtirokchi davlatlar soni keskin ortdi.

Oʻzbek va Xitoy ipaklari bir-biriga oʻxshash, deydi Xitoy milliy ipak muzeyi xodimi Yang Chou. Buyuk ipak yoʻli esa ikki xalqning qadriyatlarini ham oʻzida mujassam etgan. Yurtingizda ipak matolarni dunyoga tanitishda salmoqli ishlar olib borilayotgani nafaqat hunarmandlarning, balki oʻzining mehnatsevarligi va mehmondoʻstligi bilan nom qozongan xalqingizning xizmatidir. Bu festivalning eʼtirofga arzirli yana bir jihati shuki, anjuman doʻstlik va hamkorlik rishtalarining mustahkam boʻlishi, oʻzaro aloqalar rivojida muhim rol oʻynaydi.

Bayram shukuhi ijodkorlar bogʻida davom etdi. Yurtimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan hunarmand-ustalar oʻzlarining sara mahsulotlaridan tayyorlangan koʻrgazmani namoyish etdi. Kulolchilik, kashtachilik, zardoʻzlik, tikuvchilik va boshqa hunar turlarining yorqin namunalari mehmonlarda katta qiziqish uygʻotdi.

Tadbir doirasida osh tanlovi ham oʻtkazildi. Unda Margʻilondagi barcha mahalla fuqarolar yigʻinlari oshpazlari guruhlarga boʻlingan holda bahslashdi. Tansiq va oʻziga xos palovlar mehmonlarga tortiq qilinib, shu orqali gʻoliblar aniqlandi. Unga koʻra, mutloq gʻoliblik Kosibchilik guruhiga nasib etdi. Ikkinchi oʻringa Ariqboʻyi va Charogʻon, uchinchi oʻringa Pichoqchi, Vatan, Miltiqsoz guruhlari sazovor boʻldi.

Fargʻona palovlari juda mazali ekan, deydi qoraqalpogʻistonlik yosh dizayner Guldona Ahmedova. Mahorat darslarida qoraqalpoq va oʻzbek naqshlari uygʻunligida liboslar yaratish boʻyicha saboq oldim. Sohaning yetuk vakillaridan tajriba oʻrgandim. Faol ishtirok uchun sertifikat bilan taqdirlandim.

Buyuk ipak yoʻlida Sharq va Gʻarb madaniyatining oʻzaro taʼsiri: Xanchjou, Margʻilon, Valensiya mavzusida oʻtkazilgan ilmiy konferensiyada xorijlik mutaxassislarning abrli matolarni tiklash va tayyorlash, xalq amaliy sanʼatini rivojlantirishga oid maʼruzalari tinglandi.

Yosh dizaynerlar tomonidan tayyorlangan liboslar namoyishi hamishtirokchilarda unutilmas taassurot qoldirdi. Margʻilon hunarmandchiliknirivojlantirish markaziga YUNSKOning maxsus sertifikati topshirildi.

Oʻzbek ipak matolari atlas va adras toʻqish texnologiyasi YUNSKOning insoniyat nomoddiy madaniy merosi roʻyxatiga, oʻzbek shoyi matolari atlas va adrasni tayyorlash Margʻilon qadimiy texnologiyasi YUNSKO tomonidan Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish boʻyicha ilgʻor tajribalar reyestriga kiritildi.

Festival yakunida yosh dizaynerlarni taqdirlash marosimi boʻladi va gala-konsert tashkil etiladi.

 

Manba: OzA

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018