2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Prezidentlarning qo'shma bayonoti: Ozbekiston va Amerika Qoshma Shtatlari: Strategik sheriklikning yangi davri

 

2018-yilning 16-may kuni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Amerika Qoshma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp qabul qildi. Prezident Sh.Mirziyoyevning Oq uyga ilk tarixiy tashrifi Ozbekiston bilan AQSh ortasidagi strategik sheriklikning yangi davrini boshlab berdi.
Muzokaralar davomida Prezident D.Tramp Ozbekistonning mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va suverenitetiga qatiy sodiqligini takidladi. Shuningdek, u Prezident Sh.Mirziyoyev rahbarligida Ozbekistonda muhim siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishda erishilayotgan ulkan yutuqlarni etirof etdi. Prezidentlar keng jabhadagi ozaro ustuvor yonalishlardan kelib chiqqan holda, Ozbekiston Respublikasi bilan Amerika Qoshma Shtatlari ortasida 2002-yilda imzolangan strategik sheriklik togrisidagi Deklaratsiyaga yangicha surat bagishlash maqsadida ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga kelishib oldilar.
Prezident Sh.Mirziyoyev Ozbekistonda islohotlarni amalga oshirishda erishilayotgan progress orqaga qaytmaslik xususiyatiga ega ekanligini takidladi. U davlat organlari xalq manfaatlarini hamma narsadan ustun qoyishlari lozimligini qayd etdi. Ozbekistonning besh yilga moljallangan Harakatlar strategiyasi davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini taminlash va sud-huquq tizimini isloh qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoy sohani rivojlantirish hamda ochiq va konstruktiv tashqi siyosat olib borishga xizmat qilishini takidladi.
Prezident D.Tramp terrorizmga qarshi kurashishda Qoshma Shtatlarning Ozbekiston bilan azaliy sherikligini qayd etib otdi. 2001-yil 11-sentabrdagi mudhish voqealardan song, Ozbekiston AQShga ota muhim logistik imkoniyatni taqdim etganligi hamda Al-Qoida terrorchilarini Afgonistondan siqib chiqarishda komak korsatganligini takidladi. Prezident Sh.Mirziyoyev tashrif davomida AQSh Prezidentining Janubiy Osiyo boyicha strategiyasini toliq qollab-quvvatlashini tasdiqladi. Muloqot chogida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, masuliyatni taqsimlash va mintaqaviy xavfsizlik masalalarini hal etish, shu jumladan, Afgonistonda barqarorlikni taminlash boyicha Ozbekiston tashabbuslari muhokama etildi.
Prezident D.Tramp kuchli va mustaqil Markaziy Osiyoning muhimligini qayd etdi hamda Prezident Sh. Mirziyoyevning 2017-yil noyabrda Samarqandda bolib otgan konferensiyada ilgari surgan Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlarining hamkorlik muloqoti yigilishini otkazish boyicha say-harakatlarini mamnuniyat bilan qarshi oldi.
Prezident Sh.Mirziyoyev joriy yil mart oyida Qozogistonning Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvida ishtirok etganligi, bu mintaqalararo savdoni rivojlantirish va xavfsizlikka oid tahdidlar boyicha birgalikdagi yondashuvlarni ishlab chiqish uchun yangi imkoniyatlar ochib berganligi qayd etildi. Prezident D.Tramp ushbu muhim muloqotda Ozbekiston asosiy rol oynashini etirof etdi hamda Qoshma Shtatlar S5+1 mintaqaviy formati orqali hamkorlik va taraqqiyotni qollab-quvvatlashini bildirdi. Prezidentlar Afgonistonning Markaziy Osiyodagi kop tomonlama hamkorlik formatlarida ishtirok etishini qollab-quvvatladilar.
Mintaqaviy hamkorlik
Prezident D.Tramp Prezident Sh.Mirziyoyevni uning xalqaro hamjamiyatning Tolibon afgon hukumati bilan tinch muzokaralarni boshlashi lozimligi togrisidagi yagona pozitsiyasi tasdiqlangan Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik mavzusidagi Toshkent xalqaro konferensiyasi muvaffaqiyatli otkazilgani bilan qutladi. Prezident Sh.Mirziyoyev va Prezident D.Tramp Afgoniston xavfsizlik kuchlari va tinch aholisiga qarshi qaratilgan jirkanch terrorchilik hujumlarini qattiq qoraladilar hamda Afgoniston duch kelayotgan xavf-xatarlarga barham berish boyicha muloqotni kengaytirishga sodiq ekanliklarini bildirdilar.
Prezident Sh.Mirziyoyev Afgoniston hukumatini toliq siyosiy qollab-quvvatlashini qayd etdi hamda 2017-yil dekabrda Afgoniston Prezidenti Ashraf Ganining Ozbekistonga tashrifi, uning yakuni boyicha ikki hukumat ortasida savdo aylanmasini kopaytirish va ota muhim infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish yuzasidan bir qator bitimlar imzolanganiga etibor qaratdi. Prezident D.Tramp Ozbekistonning mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarda muhim rol oynayotganligini etirof etib, mamlakatning Afgoniston bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan say-harakatlarini olqishladi. U Ozbekiston tomonidan rejalashtirilayotgan Afgonistondagi temir yol va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishga siyosiy va konsultativ komak korsatishga tayyorligini bildirdi.
Prezident Sh.Mirziyoyev Afgonistonda tinchlik va barqarorlikka erishishga hissa qoshayotgan Shimoliy taminot tarmogini qollab-quvvatlashda davom etishini tasdiqladi. Ozbekiston va AQSh Afgoniston bilan chegaralar xavfsizligini taminlash hamda giyohvandlik vositalari noqonuniy muomalasining oldini olishda yaqindan hamkorlik qilishlari etirof etildi.
Ikki davlat rahbarlari ekstremizm va xalqaro terrorizmni qoraladilar hamda umumiy tahdidlarga qarshi kurashish boyicha hamkorlikni kengaytirishga intilishlarini qayd etdilar. Ular, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va mintaqaviy xavfsizlikni taminlashga qaratilgan kelishuvlarni amalga oshirishga sodiq ekanliklarini bildirdilar hamda besh yilga moljallangan ilk harbiy hamkorlik Rejasini amalga tatbiq qilish orqali mudofaa sohasidagi aloqalarni mustahkash muhimligini takidladilar.
Islohotlar va xalqlar ortasidagi aloqalarni mustahkamlash
Prezident D.Tramp vijdon mahbuslarining ozod qilinganligi, bolalar mehnatidan muntazam foydalanishning tugatilganligi va majburiy mehnat kolamini qisqartirishda erishilgan sezilarli yutuqlarni qayd etgan holda, Prezident Sh.Mirziyoyevning Ozbekistonda inson huquqlari bilan bogliq holatni yaxshilashga oid keng islohotlar dasturini mamnuniyat bilan qarshi oldi. Ushbu yutuqlar iqtisodiy, siyosiy va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish uchun shart-sharoitlar yaratishi takidlandi. Prezident D.Tramp davlat boshqaruv tizimini takomillashtirish va ichki barqarorlikni taminlashning asosiy omili sifatida davlatning xalq oldidagi oshkoraligi va hisobdorligini oshirish boyicha Ozbekiston Prezidentining tashabbusini qollab-quvvatladi. Davlat rahbarlari inson erkinliklarini himoya qilish, shu jumladan, diniy erkinlikni ilgari surish boyicha konstruktiv hamkorlikni faollashtirish tarafdoridirlar. Prezident Sh.Mirziyoyev diniy etiqod erkinligini taminlash boyicha keng qamrovli yol xaritasini hayotga tatbiq qilishga qatiy tayyor ekanligini aytib otdi.
Prezidentlar ikki mamlakat ortasida talim sohasidagi hamkorlikka oz hissasini qoshadigan Xalqaro talim boyicha Amerika kengashlarining Ozbekistonda akkreditatsiya qilinishini olqishladilar. Prezident D.Tramp AQSh Ozbekistonda ingliz tili boyicha talim dasturlarini amalga oshirishda komak korsatishga tayyor ekanligini takidladi hamda Amerika ovozining Ozbekistonda akkreditatsiya qilinganligi va uning Amerika ommaviy axborot vositalari uchun ushbu mamlakatda keng imkoniyatlar yaratishini yuqori baholadi.
Iqtisodiy hamkorlik
Prezident Sh.Mirziyoyev va Prezident D.Tramp ozaro savdo hajmini oshirish va har ikki mamlakatda ish orinlarini yaratishga komaklashadigan iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish imkoniyatlarini organishga qatiy tayyor ekanliklarini takidladilar. Prezident Sh.Mirziyoyev Ozbekistonda oshkoralik va hisobdorlik xalqaro standartlarini joriy qilish va qonun ustuvorligini taminlash orqali tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish hamda AQSh kompaniyalari va investorlariga mamlakat bozoriga kirish imkoniyatini taqdim qilishga tayyor ekanligini bildirdi. Davlat rahbarlari, shu jumladan, qishloq xojaligi, energetika, kimyo, moliya, turizm, toqimachilik sanoati, sogliqni saqlash va raqamli texnologiyalar sohalarida yanada yaqinroq hamkorlik qilish uchun mavjud imkoniyatlarni organishga kelishib oldilar. Tashrif davomida Ozbekiston va AQSh kompaniyalari ortasida 20 dan ortiq yirik shartnomalar imzolanganligi va ular hayotga tolaqonli tatbiq qilingan taqdirda, 4,8 milliard dollar miqdorida baholanishi va AQShda 10 ming ish orinlarini saqlab qolishi hamda kelgusida bir necha milliard dollar miqdoridagi shartnomalar uchun imkoniyatlar yaratishi mumkinligi etirof etildi.
D.Tramp Prezident Sh.Mirziyoyevning islohotlar dasturini qollab-quvvatladi va Ozbekistonning iqtisodiy lider sifatida osib borayotgan rolini etirof etdi. U joriy yilda mamlakatda Markaziy Osiyo savdo forumini va Markaziy Osiyo davlatlari bilan AQSh ortasida savdo va investitsiyalarga oid hadli Bitim boyicha Kengash yigilishini otkazishga doir Ozbekiston taklifi bundan dalolat berishini takidladi. Prezident Sh.Mirziyoyev Ozbekistonning Jahon savdo tashkilotiga azo bolishga intilayotganini qayd etdi, Prezident D.Tramp Ozbekiston oz savdo rejimini tashkilot normalariga muvofiq liberallashtirish boyicha kun tartibidagi islohotlarni amalga oshirgani sayin AQSh unga texnik komak korsatishini takidladi. Ozbekiston Fonogramma ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini, ularning fonogrammalarini qonunsiz ishlab chiqarishdan himoya qilish togrisida Jeneva konvensiyasi va Butunjahon intellektual mulk tashkilotining internet boyicha shartnomalariga qoshilish orqali intellektual mulk huquqlarini himoya qilishga sodiq ekanligini bildirdi. Ushbu tashabbuslarni amalga oshirish ikki tomonlama savdo, iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish boyicha yangi imkoniyatlarni ochish uchun mustahkam asos yaratishga xizmat qilishi qayd etildi.


Manba: Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018