2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Sherzod Kudbiyev bandlik va mehnat munosabatlari vaziri boldi

 

Poytaxtning Mirzo Ulugbek tumani hokimi bolib ishlab kelayotgan Sherzod Kudbiyev bandlik va mehnat munosabatlari vaziri boldi.

2016 yil sentyabridan poytaxtning Mirzo Ulugbek tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Sherzod Davlatovich Kudbiyev bandlik va mehnat munosabatlari vaziri etib tayinlandi. Bu haqda vazirlikdan Gazeta.uz"ga malum qilindi.

Sherzod Kudbiyev (1981 yilda tugilgan) Fargona politexnika institutini tamomlagan (mutaxassisligi moliya va kredit).

Hokim lavozimiga tayinlangunga qadar 2015 yildan Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy ozgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yigma axborot-tahlil departamenti mudiri orinbosari bolib ishlagan.

Avvalroq 2012−2015 yillarda Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi (hozirgi Bandlik va mehnat munosabat lari vazirligi) Aholi bandligi, mehnat muhofazasi va aholini ijtimoiy himoya qilish respublika ilmiy markazi direktori lavozimida ishlagan.

2010−2012 yillarda Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi departamentida yetakchi va bosh mutaxassis, 2007−2010 yillarda Mehnat vazirligida turli lavozimlarda ishlagan.

Bir kun avval sobiq bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Aktam Haitov Ozbekiston Fermer, dehqon xojaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani xabar qilingan edi.

 

Manba: Gazeta.uz

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018