2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Mintaqaviy muloqotda yangi davr

 

Umumiy muammolarga birgalikda javob

22-iyun kuni BMT Bosh Assambleyasi Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taminlash boyicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash rezolyutsiyasini qabul qildi. Loyihasi Ozbekiston tomonidan Markaziy Osiyodagi qoshni mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan ushbu hujjatni BMTga azo barcha davlatlar bir ovozdan qollab-quvvatladi.

Bu voqea nafaqat mintaqa uchun, balki xalqaro miqyosda ham ulkan tarixiy ahamiyatga ega. Mohiyatan, rezolyutsiyaning qabul qilinishi aniq maqsadlar yolida birlashgan mintaqaga aylanayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berdi.

Ozbekiston manfaati

Ushbu rezolyutsiyani qabul qilish tashabbusi ilk bor Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yil sentyabr oyida Nyu-Yorkda bolib otgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgandi. Ozbekiston rahbari oz chiqishida 2017 yil noyabr oyida Samarqandda Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Markaziy Osiyo boyicha yuqori darajadagi xalqaro anjuman otkazilishini malum qilib, uning yakunlari boyicha Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlikni taminlash va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi say-harakatlarini qollab-quvvatlashga doir maxsus rezolyutsiyasini qabul qilishni taklif etdi.

Hujjatning maqullanishi rasmiy Toshkent tomonidan olib borilayotgan yangicha tashqi siyosatning xalqaro miqyosda etirof etilganini anglatadi. Bu siyosat mohiyatida esa Shavkat Mirziyoyev takidlaganidek, Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan hududga aylantirish maqsadi yotibdi.

Mushtarak maqsadlar

Qirgiziston, Qozogiston, Tojikiston va Turkmaniston mamlakatlari Ozbekiston tashabbusini olqishlab, BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasida hammuallif sifatida qatnashdi. Unda mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash va barqaror rivojlanishni taminlashga katta hissa qoshgan tashabbuslarni birgalashib ilgari surish istagi aks etgan.

Xususan, rezolyutsiyada 2018 yil yanvarda, Qozogistonning BMT Xavfsizlik Kengashiga raislik qilgan davrida Xavfsizlik Kengashida Afgoniston boyicha tashkil qilingan munozaralar yakunlari, shuningdek, Qirgizistonda Butunjahon kochmanchilar oyinlari muntazam ravishda otkazilayotgani qayd etildi. 2018 yil mayda Tojikistonda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash muammolari boyicha otkazilgan xalqaro anjuman natijalari takidlandi. Mintaqa respublikalari 2018 yilda Orolni qutqarish xalqaro jamgarmasi mamlakatlari rahbarlarining sammitini otkazish goyasini olqishladi. Har yili Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahatlashuv uchrashuvlarini chaqirish boyicha Ozbekiston tashabbusi qollab-quvvatlandi.

Oz mohiyatiga kora, rezolyutsiya Orta Osiyo mamlakatlarining ham umummintaqa muammolariga, ham globallashuv tahdidlariga bir yoqadan bosh chiqarib bergan javobi boldi. Mazkur respublikalar hududning buguni va kelajagi uchun masuliyatni yelkama-yelka turib zimmasiga ola biladigan, xalqaro munosabatlar tizimining mustaqil subyektlari sifatidagi oz ornini kuchaytirdi.

Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizlikka yangi tahdidlar yuzaga kelishi, geosiyosiy raqobatning kuchayishi, qoshni mamlakatlarda qurolli toqnashuvlar avj olishi bilan kuzatilgan ikki qutbli dunyo tartibotining qulashi davrida mustaqillikka erishdilar. Mintaqadagi xavfsizlik masalasi 90-yillar va undan song Markaziy Osiyo davlatlari duch kelgan ichki siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, mafkuraviy va boshqa muammolarning ogir yuki bilan yanada murakkablashdi.

Amerikalik ekspert S. Kornellning fikricha, songgi 25 yil davomida Ozbekiston Markaziy Osiyoda juda muhim orin tutdi. Yani, avvalboshdanoq, mutaassiblik va ekstremistik goyalarga nisbatan qatiy pozitsiyada turdi, bu goyalarning mintaqada tarqalishiga yol qoymaslikka qaratilgan kuchli siyosat olib bordi.

Markaziy Osiyo davlatlarida siyosiy tizimlar va davlat hokimiyati institutlari shakllandi va mustahkamlandi, milliy taraqqiyotning oziga xos modellari va konsepsiyalari royobga chiqarilmoqda. Xalqaro munosabatlar tizimiga integratsiyalashib borar ekan, bu mamlakatlar tashqi siyosat olib borish boyicha tajriba topladi va bu siyosat globallashuv sharoitida strategik istiqbollarga yangicha qarashni, mintaqaviy hamkorlikka ustunlik berishni talab qiladi.

Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining Markaziy Osiyo va Afgoniston muammolarini tadqiq etish markazi direktori Andrey Kazansevning qayd etishicha, Ozbekiston mintaqaviy ziddiyatlarni hal qilishda jiddiy salohiyatga ega ekanini namoyon etdi. Oxirgi ikki yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyoda hukm surgan barcha muammolarni bir chekkadan bartaraf qilib bormoqda. Shu tariqa, mintaqaviy darajadagi masalalarni yechish uchun asos qoyildi.

Hozirgi paytda Markaziy Osiyo davlatlari ikki va kop tomonlama munosabatlarda tub ozgarishlarga qatiy xohish bildirmoqda.

Xalqaro hamjamiyat etirofi

Markaziy Osiyo boyicha BMT rezolyutsiyasining qabul qilinishi mintaqa tarixida misli korilmagan voqeadir. Chunki uni dunyoning barcha qitalari Avstraliya, Shimoliy va Janubiy Amerika, Afrika va Yevropaning deyarli barcha davlatlari bir ovozdan maqulladi. Ozbekiston Tashqi ishlar vazirligining malumot berishicha, mazkur hujjatni ishlab chiqish jarayonidagi maslahatlashuvlarda Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik qiluvchi barcha yetakchi mamlakatlar, xususan, Rossiya, XXR, AQSH hamda YEI faol va samarali ishtirok etdi.

Sirasini aytganda, xalqaro hamjamiyat Markaziy Osiyo davlatlarining barqarorlik va taraqqiyotning eng muhim omili sanalmish mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish yolidagi harakatlarini sozsiz qollab-quvvatlashini namoyish qildi. Bugun Orta Osiyodagi osoyishtalik dunyo xavfsizligining ajralmas qismi ekanligiga hech kim shubha qilmayapti. Dunyoning qator mintaqalarida taranglik va ziddiyatlar saqlanib qolayotgan bir sharoitda mintaqaviy hamkorlikning strategik istiqbollari xalqaro xavfsizlikni taminlashda hayotiy ahamiyat kasb etmoqda. Global iqtisodiyotda oshib borayotgan mavhumlik, turgunlik va nomutanosiblik mintaqa davlatlaridan birgalikda rivojlanishga qaratilgan umumiy loyihalarni izlab topish va royobga chiqarish uchun yanada yaqinroq, muvofiqlashtirilgan harakatlarni talab qilyapti. Barqaror, izchil rivojlanayotgan Markaziy Osiyo davlatlarigina xalqaro hamjamiyat uchun jozibador, konstruktiv va uzoq muddatli hamkor bolishi mumkin. Mintaqa va uning tashqarisidagilar bu haqiqatni allaqachon anglab yetdilar. Bu isbot talab qilmaydigan qoida! Agar hudud davlatlari bu yonalishda muvaffaqiyat qozonsa, Markaziy Osiyo Yevrosiyoda barqarorlik va tinchlikning geosiyosiy laboratoriyasiga aylanishi mumkin.

 

Botir TURSUNOV, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi

Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori orinbosari

 

Manba: Xalq sozi gazetasi

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018