2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Frederik Starr: Ozbekiston qancha qudratli bolsa, mintaqa ham shuncha qudratli boladi

Amerika tashqi siyosati kengashi huzuridagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti asoschisi hamda raisi, professor Frederik Starr navbatdagi kitobini Ozbekistonning yangi qiyofasi deb nomladi.

Frederik Starr amerikalik taniqli ekspert, professor. Markaziy Osiyo, Rossiya va MDH mamlakatlari boyicha mutaxassis. Ozbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlardan yaxshi xabardor, AQSh ilmiy va siyosiy doiralarida katta hurmatga ega. U Yevrosiyo mintaqasi davlatlari siyosati hamda tarixiga oid 20 dan ortiq kitob muallifi. Xususan, orta asrlarda yashab ijod qilgan allomalarimiz haqidagi ilmiy-ommabop maqola va risolalari Garb mamlakatlari jamoatchiligi orasida ancha mashhur. 

Starr Ozbekistonga kop bora tashrif buyurgan. Jumladan, 2014 yil may oyida bolib otgan Orta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati mavzusidagi xalqaro konferensiyada qatnashgan, 2016 yil dekabr oyidagi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan. Otgan yili noyabr oyida Samarqandda BMT shafeligida bolib otgan Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yolidagi hamkorlik mavzuidagi xalqaro anjumanning moderatorlaridan biri bolgan. Nufuzli tadbirda ekspert Ozbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari tufayli Markaziy Osiyoning birlashtiruvchi markaziga aylanayotganini qayd etgan edi.

Starr mamlakatimizda kechayotgan jarayonlarga xolis yondashadi. Uning konseptual qarashlari tub zamirida Ozbekiston Markaziy Osiyo mintaqasining geostrategik markazi va yuragi degan goya mujassam. Ekspert AQSh va Ozbekiston hamkorlik aloqalarini har tomonlama rivojlantirishi hamda mustahkamlashining qatiy tarafdori bolib kelgan. Buni uning navbatdagi kitobi aynan mamlakatimizning yangi tarixiga bagishlangani ham tasdiqlaydi. Prezidentimizning AQShga ilk rasmiy tashrifi arafasida taqdimoti otkaziladigan Ozbekistonning yangi qiyofasi asari xususida maxsus muxbirimiz muallifdan qisqacha gapirib berishini soradi.

2017 yil Ozbekiston uchun turli voqealarga boy, barcha sohada jadal rivojlanish davri boldi, deydi F.Starr. Ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy sohalardagi, xalqaro munosabatlardagi ulkan ijobiy ozgarishlardan xorijda kopchilik hayratga tushmoqda. Lekin chet elda hamma ham ana shu islohotlar mohiyatini toliq tushunib yetayapti, deb bolmaydi. 

Shu bois biz 6-7 oy oldin barcha voqealar aks etgan materiallarni toplab, tarixga muhrlashga qaror qildik. Kitobda bu ozgarishlarga baho bermadik, aksincha faqatgina ularni xolis bayon qildik. Mazkur jarayonda yuzlab huquqiy hujjatlarni, Prezident farmon va qarorlarini organib chiqishga togri keldi. Ochigi, bu oson kechmadi. Toshkentdagi hamkasblarimiz bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yolga qoyganimiz ayni mana shu jarayonda ancha asqotdi. Ular bizga barcha malumotlarni toliq taqdim qilishdi. Keyin biz Ozbekistonning parlament faoliyati, xalqaro munosabatlar, iqtisodiy-ijtimoiy, huquqiy sohalardagi islohotlarini xolis tahlil qilib berishlarini sorab, dunyodagi eng taniqli ekspertlarga murojaat etdik. Song ushbu tahliliy materiallarni bir joyga jamladik. Natijada Ozbekistonda qonun ijodkorligi sohasidagi yangilanishlarni aks ettiradigan yaxlit kitob yaratildi.

Islohotlarning natijalarini aniq va xolis baholash uchun aslida yillar lozim boladi. Kitobdagi malumotlar esa, jahondagi har bir insonning Ozbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida tasavvurga ega bolishiga imkon beradi.

Shu orinda aytish joizki, Ozbekiston suveren davlat sifatida ancha yosh mamlakat. Ammo uning davlatchilik tarixi tort ming yillikka borib taqaladi. Nazarimda, bugun biz Ozbekistonda ikkita muhim jihatga guvoh bolayapmiz. Avvalambor, yurtingiz suveren davlat, yirik iqtisodiyot sifatida yangi qadamlarni tashlamoqda. Jadal suratdagi islohotlar muhim natijalarga olib kelishi muqarrar. Biroq bunga yolgiz erishib bolmaydi, mintaqa bilan hamjihatlikda katta muvaffaqiyatlarni qolga kiritish mumkin. Shuning uchun ham Ozbekiston diplomatiyasini, ayniqsa, Prezident Shavkat Mirziyoyev barcha qoshni davlatlar bilan umumiy til topganini etirof etish lozim. Ikkinchi muhim jihat shundaki, Ozbekiston tarixiy taraqqiyot silsilasida, yani umumiy tarix, madaniyat va fan-talim uzviy bolgan mintaqaviy taraqqiyotni qayta uygotmoqda. Bu jarayon u yoki bu davlatda emas, balki birgalikda, yani mntaqadagi har bir mamlakat, jumladan, Afgoniston ham bunda muhim rol oynamoqda. Aynan mana shu ikki omil uzviy kechmoqda. Binobarin, Ozbekiston qancha qudratli bolsa, mintaqa ham shuncha qudratli boladi. Bu say-harakatlar kimgadir qarshi qaratilmagan, balki hamma uchun ezgu maqsadni kozlagan. 

Shavkat Mirziyoyev sharofati bilan Ozbekistonda chuqur bilim va malakaga ega yoshlar, hokimiyat idoralarida boladimi, boshqa sohalarda boladimi, mamlakatda islohotlar jarayonida faol ishtirok etayotgani, ayniqsa, diqqatga sazovordir.

Umuman, songgi yillarda yurtingiz evolyutsion ozgarishlar sari yuz burdi. Ozbekistondagi yangilanishlar, hech mubolagasiz, har birimizni tolqinlantirmoqda. Yaqin kelajakda mamlakatning taraqqiy etgan davlatlar qatoridan orin olishiga ishonamiz.

 

Manba: Xalq sozi gazetasi

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018