2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Bojxona xizmati isloh qilinadi

 

 

Prezident davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish togrisidagi farmonni imzoladi.

Ozbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 aprel kuni davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish togrisidagi farmonni imzoladi.

Hujjat umumetirof etilgan xalqaro norma va standartlar asosida bojxona organlari faoliyatini hamda bojxona mamuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, tadbirkorlik va turizmni faol va jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.

Hujjatda qayd etilishicha, bojxona nazorati va rasmiylashtiruvining murakkab tartib-taomillari va uzoq muddatlari, bojxona organlari xodimlari ortasidagi korrupsiyaviy huquqbuzarlik va xizmat vakolatlarini suiistemol qilish holatlarining saqlanib qolayotganligi islohotlarning toliq amalga oshirilishiga tosqinlik qilmoqda.

Bundan tashqari, tashqi savdo operatsiyalarini monitoring qilish sohasida idoralararo va xalqaro hamkorlikning sust tashkil etilganligi kontrabanda va kontrafakt mahsulotlarni olib kirishning oldini olish vazifalarini samarali bajarish, bojxona tolovlarini tolashdan boyin tovlash sxemalarini aniqlash imkonini bermayapti.

Ozbekiston 24 telekanali Axborot 24 dasturining aniqlik kiritishicha, ustav kapitalida davlat ulushi bolgan davlat korxonalari va tashkilotlari import qilayotgan tovarlar narxlari oshirib yozilgan faktlar oshkor bolgan. 2016−2017 yillarda oshirib yozilgan narxlar qiymati 416 mln AQSH dollarini tashkil etgan.

Farmonda bojxona organlarini isloh qilishning muhim yonalishlari belgilab berildi. Birinchidan, bojxona organlarining barcha darajadagi tuzilmalari vazifa va funksiyalarini aniq belgilash hamda taqsimlash. Ikkinchidan, ikkinchidan, bojxona organlari tizimida korrupsiya korinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish, xalqning ishonchini mustahkamlash va davlat bojxona xizmati obrosini oshirish, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragbatlantirish mexanizmlarini takomillashtirish.

Yalpi bojxona nazoratini otkazishdan har tomonlama tahlil asosida bojxona nazorati obektlarini aniqlash, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun mamuriy tosiqlarni kamaytirish imkonini beruvchi xavfni boshqarish tizimiga otish belgilangan. Navbatdagi yonalish bojxona nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllari, uslublari va texnik vositalarini tatbiq etish hisobiga Davlat chegara otkazish punktlarida bojxona tartib-taomillarini amalga oshirishning davomiyligini qisqartirishdan iborat.

Farmon bilan 2018 yil 1 iyuldan tovarlarni bojxona rejimlariga joylashtirishda, shuningdek, xorijiy avtotashuvchilarning Ozbekiston hududi boylab harakatlanish marshrutlarini ozgartirishga bojxona organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bekor qilinadi.

Xuddi shu sanadan boshlab bir tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida aynan bir xil tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi (jismoniy xususiyati, sifati, ishlab chiqaruvchisi, tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklatura kodi boyicha) davriy deklaratsiyalarni taqdim etish orqali amalga oshiriladi.

Aynan bir xil tovarlarga bir tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida karantin ruxsatnomalar, osimlik va hayvonot dunyosi obektlarini, ozon yemiruvchi moddalar va ulardan tashkil topgan mahsulotlarni olib kirish hamda olib chiqish uchun ruxsatnomalar, muvofiqlik sertifikati, veterinar, gigiyenik va ekologik sertifikatlar bir kalendar yilidan oshmagan muddatga bir marotaba taqdim etiladi.

Iyuldan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari bojxona brokerlariga murojaat qilmasdan bojxona yuk deklaratsiyalarini Internet tarmogi orqali real vaqt rejimida toldirish va bojxona organlariga taqdim etish huquqiga ega boladi.

Import tovarlari amalda Ozbekiston bojxona hududiga yetib kelishidan oldin, jumladan, tovarlarni bevosita chegara otkazish punktlarida erkin muomalaga chiqarish orqali insofli tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini ragbatlantirish maqsadida ushbu tovarlarni dastlabki deklaratsiyalash amaliyoti joriy etiladi.

Bojxona organlari soliq organlari va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti organlari bilan birgalikda ustav kapitalida davlat ulushi bolgan davlat korxonalari va tashkilotlari tomonidan import qilinayotgan tovarlarning narxini oshirib korsatish holatlari boyicha muntazam ravishda monitoring otkazadi.

Bojxona omborlarida uch yildan ortiq saqlanib kelinayotgan mol-mulklar bojxona organlari tomonidan ushlab qolinadi va ular uch oy davomida talab qilib olinmagan hollarda sud qarori asosida davlat foydasiga undiriladi, keyinchalik belgilangan tartibda Ozbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan sotiladi yoki yoq qilinadi.

Bojxona organlari tadbirkorlik subektlari tomonidan taqdim etilgan malumotlarning togriligi va ularning tashqi savdo faoliyati qonuniyligini tekshirish maqsadida tovarlar va transport vositalari erkin muomalaga chiqarilgandan song ularning bojxona nazoratini amalga oshiradi.

DBQga 1 sentyabrga qadar muddatda tovarlarning bojxona nazoratini tanlov asosida otkazishni nazarda tutuvchi xavfni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi ishlab chiqish vazifasi topshirildi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti va Toshkent-tovar bojxona postlarida bojxona tartib-taomillarini maksimal darajada soddalashtirish, bojxona tolovlarining toliq va oz vaqtida tolanishini taminlash, tovarlarning noqonuniy importi va kontrabandani aniqlashga qaratilgan bojxona mamuriyatchiligining zamonaviy uslublarini qollash boyicha dastlabki loyihalarni amalga oshirish ishlarini tezlashtirish hamda ijobiy tajribani boshqa bojxona postlarida qollash topshirildi.

DBQ raisiga yuqori professional mahorat, axloqiy va manaviy sifatlarga ega, har tomonlama yetuk va vatanparvar yoshlarni bojxona organlariga jalb etishga yonaltirilgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoyishning prinsipial jihatdan yangi tizimini yaratish topshirildi.

Farmonda hududlarda yagona darcha tamoyili asosida bojxona, bank, logistik, tezkor-laboratoriya, fitosanitar, veterinar, sanitar-epidemiologik, ekologik, sertifikatlashtirish, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida boshqa xizmatlar korsatadigan zamonaviy logistik markazlarni tashkil etish rejalashtirilgan.

Davlat chegarasi orqali otkazish punktlaridagi chegara bojxona postlarini zamonaviy inspeksion-korik majmualari va boshqa bojxona nazoratining texnik vositalari bilan jihozlash belgilandi.

Temir yol chegara bojxona postlari davlat chegarasida temir yol sostavlari kesishish joylariga kochirilib, ushbu joylarda bojxona va boshqa turdagi davlat nazoratini amalga oshirish uchun zarur infratuzilma tashkil etiladi.

26 yanvar Ozbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni etib belgilandi.

1 noyabrga qadar Ozbekiston Bojxona kodeksining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Unda asosiy etibor bojxona qonunchiligini liberallashtirish, bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va shaffofligini taminlash, normalarni qabul qilishda barcha uchun tushunarli va turlicha talqin qilish imkoniyatini istisno etishga qaratiladi.

 

Manba: Gazeta.uz

 

 

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018