2018        ,                                 27                                            

 

Yangiliklar

News






































 

GISMETEO:   .
GISMETEO:   .

 

 Y a n g i l i k l a r

Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ShHTga azo davlatlar rahbarlari kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisidagi nutqi
(Sindao shahri, XXR, 2018 yil 10 iyun)

 

Muhtaram janob Si Szinpin!

Hurmatli davlat rahbarlari!

Majlis ishtirokchilari!

Ozbekiston Respublikasi delegatsiyasi nomidan Sammitning barcha ishtirokchilarini qutlayman, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi janob Si Szinpinga samimiy qabul va uchrashuvimiz yuksak darajada tashkil etilgani uchun minnatdorlik bildiraman.

Bizning xitoylik sheriklarimiz Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislik davrida juda samarali va muvaffaqiyatli ishlarni amalga oshirdi.

Bugun qabul qilinadigan ShHTga azo davlatlar ortasidagi Uzoq muddatli yaxshi qoshnichilik, dostlik va hamkorlik togrisidagi shartnomani amalga oshirish boyicha Harakatlar rejasi mazkur ishlarning muhim natijalaridan biridir.

Gozal Sindao shahridagi Sammitimiz Shanxay sakkizligi rahbarlarining birinchi uchrashuvi sifatida tarixda qoladi.

Bu chuqur ramziy manoga ega bolib, aynan 8 raqami xitoy xalqida omad va taraqqiyotni ifodalaydi.

Tashkilotimiz aholisi birdaniga bir yarim milliardga kopaydi, uning iqtisodiy va intellektual salohiyati sezilarli darajada kengaydi.

Shuni alohida takidlamoqchimanki, Hindiston va Pokistondek davlatlarning ShHT faoliyatida tola huquqli azo sifatida ishtirok etishi keng kolamli hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash uchun mutlaqo yangi imkoniyatlar yaratadi.

Ayni paytda Tashkilotimizning mintaqaviy va global siyosatni shakllantirish, Yevroosiyo qitasi xavfsizligi va barqaror taraqqiyotini taminlashning muhim mexanizmi sifatidagi roli kuchayib bormoqda.

ShHT yanada muvaffaqiyatli rivojlanib boraverishiga qatiy ishonamiz.

 

Hurmatli majlis ishtirokchilari!

Markaziy Osiyo barqarorligi va taraqqiyotini taminlash Tashkilotimizning asosiy maqsadlariga erishish, uning oldida turgan vazifalarni hal etishda muhim omillardan biridir.

Shu munosabat bilan mintaqada mutlaqo yangi siyosiy muhit shakllanganini katta mamnuniyat bilan takidlamoqchiman.

Biz qisqa vaqt ichida mintaqadagi otkir muammolar, jumladan, chegara, savdo, transport va suvdan foydalanish masalalarini amaliy hal qilish yolida ancha katta marralarni bosib otishga erishdik.

Shu bilan birga, Afgonistonda tinchlikka erishish, uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga komaklashish mintaqaviy xavfsizlikni taminlashning muhim sharti bolib qolmoqda.

Barcha tomonlarning oldindan hech qanday shart qoymasdan tinchlik muzokaralarini tez fursatda boshlashni bir ovozdan maqullagani Sizlarning qollab-quvvatlashingiz bilan yaqinda Toshkentda otgan Afgoniston boyicha xalqaro konferensiyaning asosiy natijasi boldi.

Ishonchim komil, ShHT Afgoniston muloqot guruhi doirasida biz Afgonistonning tinch taraqqiyotini taminlashga salmoqli hissa qosha olamiz.

 

Muhtaram delegatsiyalar rahbarlari!

Biz ShHT doirasida koplab natijalarga erishdik. Shu bilan birga, Tashkilot doirasidagi sheriklikni yanada rivojlantirish uchun hali ishga solinmagan ulkan imkoniyatlar mavjud.

Shu munosabat bilan barchamiz quyidagi masalalarga etibor qaratishimiz lozim.

Birinchidan va eng asosiysi aholi, ayniqsa, yosh avlodda terrorizm va ekstremizm mafkurasiga qarshi qatiy va barqaror immunitetni shakllantirish.

ShHTga azo davlatlar rahbarlarining Yoshlarga murojaati va uni amalga oshirish boyicha Harakatlar dasturining qabul qilinishi mana shu ezgu maqsadga xizmat qiladi. Ushbu tashabbusni qollab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga minnatdorlik bildiraman.

Ishonamizki, ushbu Dasturni amalga oshirishda ShHT Yoshlar kengashi haqiqiy lokomotiv vazifasini otaydi. Ozbekiston ushbu tuzilma faoliyatida faol ishtirok etadi.

BMTning Yoshlar huquqlari togrisidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish va qabul qilish yolidagi hamkorligimizni yanada kuchaytirishni taklif etaman.

Ikkinchidan, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va kooperatsiyani kuchaytirish.

Joriy yil boshidan buyon Ozbekistonning ShHTga azo davlatlar, uning kuzatuvchilari va sheriklari bilan savdo hajmi ottiz foizdan ziyod oshdi.

Bizning fikrimizcha, tovar ayirboshlash hajmi yanada oshishini taminlash uchun eksport-import tartib-taomillarini soddalashtirish zarur.

Biz, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida agrosanoat klasterlarini shakllantirish tarafdorimiz.

Uchinchidan, ShHT makonining transport-tranzit salohiyatidan samarali foydalanish  strategik vazifamizdir.

Bir makon, bir yol tashabbusi doirasida mintaqalararo transport loyihalarini amalga oshirish dolzarb ahamiyatga ega, deb hisoblaymiz. Bizga jahonning eng yirik bozorlariga eltadigan yangi va eng qisqa yonalishlar kerak.

Ozbekiston Mozori Sharif Hirot, Xitoy Qirgiziston Ozbekiston temir yol liniyalarini qurish tarafdori.

Aynan shu maqsadda Ozbekistonda ShHTga azo davlatlarning temir yol boyicha idoralari rahbarlarining birinchi uchrashuvini otkazish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, ShHTning Xalqaro transport-logistika assotsiatsiyasini tasis etish imkoniyatini korib chiqishni taklif etamiz.

Tortinchidan, Innovatsiya dasturlari va loyihalarini hamkorlikda amalga oshirish uchun barcha say-harakatlarni birlashtirishga davat etamiz.

Bizning sherikligimiz yuqori texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot, muqobil energetika va zamonaviy tibbiyotni rivojlantirishi va keng joriy etishga qaratilishi lozim.

Har yili ShHT mamlakatlari hukumatlari va ishbilarmon doiralari ishtirokida Axborot texnologiyalari va innovatsion rivojlanish forumini otkazishni taklif etamiz

Beshinchidan, Jahon sayyohlik tashkiloti bilan amaliy hamkorlikni yolga qoyishni maqsadga muvofiq va goyat dolzarb ahamiyatga ega, deb hisoblaymiz.

Ozbekiston birgalikdagi say-harakatlar bilan tamaddunlar chorrahasi  Samarqand shahrida Ipak yoli turizm universiteti tashkil etishni taklif qiladi.

Mazkur oquv muassasasida turizm sohasining eng yaxshi mutaxassislari dars berishi, barcha azo mamlakatlardan talabalar tahsil olishi mumkin boladi.

 

Muhtaram dostlar!

ShHT Bosh kotibi lavozimiga Vladimir Imomovich Norov nomzodini qollab-quvvatlaganingiz uchun Sizlarga samimiy minnatdorlik bildiraman.

Sozim yakunida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi janob Si Szinpinga Sindaodagi tarixiy Sammitning muvaffaqiyatli otkazilishiga shaxsan katta hissa qoshgani uchun yana bir bor chin qalbimdan minnatdorlik bildirishga ijozat bergaysiz.

Qirgiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Sharipovich Jeenbekovni ShHTga raislikni qabul qilgani bilan tabriklayman hamda ushbu sharafli va masuliyatli missiyani bajarishda unga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Etiboringiz uchun rahmat.

 

Manba: OzA

 

 

 

27


2018 ,




























 

www.uzbekistan.kg  2018